Kontent qismiga oʻtish

Orsha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orsha — Belorussiyaning Vitebsk viloyatidagi shahar. Dnepr daryosi boʻyida. Yirik temir yoʻl tuguni. Aholisi 125,7 ming kishi (1998). Zigʻir tola kombinati, stanoksozlik, asbobsozlik, "Legmash" va boshqa zavodlar; qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. O. dastlab (Rsha shaklida) 1067-yilda tilga olingan. 1359-yildan Litva va Polsha tarkibida, 1772-yildan Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan. Shaharda Bogoyavleniye monastiri (17-asr boshlari), barokko cherkovi bilan uniat monastiri (18 a.) saqlanib qolgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil