Kontent qismiga oʻtish

Ortiq Fayzullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayzullayev Ortiq

Haqiqiy ismiFayzullayev Ortiq
Tavalludi 1-may 1933-yil
Toshkent
Vafoti 31-may 2023-yil(2023-05-31)
(90 yoshda)
Mashhur suratlari „Choʻpon“, „Lazgi oʻyini“, „Kurant“, „Navoiy haykali“, „Paxta oʻyini“
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq rassomi,
Oʻzbekiston BA Oltin medali

Ortiq Fayzullayev (1933-yil 1-may, Toshkent — 2023-yil 31-may) — yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston BA akad. (1999). Oʻzbekiston xalq rassomi (1997). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1957) va Toshkent pedagogika institutining rasmchizmachilik boʻlimini (1969) tugatgan. 1962-yildan Pavel Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida pedagog. Fayzullayev ning asarlari badiiy yetukligi, mazmunan teranligi, usulining yuksakligi bilan ajralib turadi, yogʻoch oʻymakorligi anʼanalaridan keng foydalanib zamon ruhiga monand oʻziga xos yangi jilo va bezaklar yaratdi. Kursi, xontaxta, stollarni oʻyma naqshlar bilan jozibador bezagan, namoyon panjaralari bejirim, nafisligi bilan ajralib turadi. Fayzullayev — oʻzbek ustalari orasida suyak oʻymakorligi bilan shugʻullangan yagona usta. „Choʻpon“, „Lazgi oʻyini“, „Kurant“, „Navoiy haykali“, „Paxta oʻyini“ va boshqa asarlari koʻrgazmalarda namoyish etilgan, sovrinlar bilan takdirlangan. Fayzullayev Toshkent shahridagi Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1968), „Moviy gumbazlar“ choyxonasi (1970), Navoiy nomidagi Sanʼat saroyi (1981), Kislovodskdagi Oʻzbekiston sanatoriysi (1982), „Oʻzbekiston“ mehmonxonasi (1983) va boshqa binolarni anʼanaviy bezashda faol qatnashgan. Oʻzbekiston BA Oltin medali bilan mukofotlangan (2003).

Fazullayev 2023-yilning 31-may sanasida 90 yoshida vafot etdi[1].