Ortit
Qiyofa
Ortit (yun. orthok — toʻgʻri) — silikatlar sinfiga mansub mineral. Monoklin singoniyali. Qattikligi 5,5-6; zichligi 4100 kg/m3. Rangi qoʻngir, qora, sargʻish-qoʻngʻir. Shishasimon yaltiroq. Kristall shakllari kalin prizmatik ustunsimon, baʼzan nayzasimon. Koʻproq xol-xol donalar, baʼzan yaxlit massalar holida boʻladi. Radioaktiv. Oʻzbekistonda granit, granit-pegmatit, siyenit tarkibida aksessor mineral sifatida, nordon intruziv va effuziv jinslarda mavjud. Ortit togʻ jinslarining yoshini aniklashda, siyrak yer elementlari (seriy, ittriy va boshqalar)ni olishda qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Sinonimlari: allanit, uralortit, bodenit (eskirganlari: muromonit, trinorit).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |