Kontent qismiga oʻtish

Orujeynaya palata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orujeynaya palata (Qurolaslaha palatasi) — Moskva Kremlidagi qad. rus muzeyi. 16-asrda aslahaxona sifatida tashkil qilingan; maxsus qurilgan binoda joylashgan (1844—51, meʼmori K. Ton). 16-asr 2-yarmi —18-asr boshlarida qurol, qimmatbaho taqinchoqpar, saroy roʻzgʻor buyumlari tayyorlash, sotib olish, saqlash markazlari tarzida shakllangan. 1960-yildan Moskva Kremli Davlat muzeylari tarkibida. Orujeynaya palatada Rossiya, Gʻarbiy Yevropa, Old Osiyodagi bir qator mamlakatlarda 5—20-asr boshlarida yaratilgan amaliy bezak sanʼa-ti namunalari, qurol-aslahalar, oʻyma naqshli, emal. qimmatbaho toshlar va boshqa bilan bezatilgan oltin va kumush idishlar, taqinchoklar, zar va dur tikib bezatilgan badiiy buyumlar, mato, hokimlik ramzi boʻlgan narsalar, serhasham ot abzallari va boshqa saqianadi. Orujeynaya palatada Oʻzbekiston hududida tayyorlangan badiiy hunarmandlik asarlari namunalari (baxmal, zandonachi kabi mato; zarbof liboslar, zardoʻzi buyumlar, Buxoro amirining taxti va boshqalar) ham saqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil