Kontent qismiga oʻtish

Orzu Iso

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Orzu Iso
Asl ismi tojikcha: Орзу Исо
Tavalludi 1976-yil, 14-oktabr
Koʻlob, Koʻlob viloyati, Tojikiston SSR
Taxallusi Orzu
Fuqaroligi Tojikiston

Orzu Iso (tojikcha: Орзу Исо; 14-oktabr 1976-yilda tugʻilgan) — tojikistonlik boshlovchi, tele va radio jurnalisti, qoʻshiqnavis.[1] va blogger[2]

Orzu Iso 1976-yil 14-oktyabrda Koʻlob shahrida tugʻilgan va Qoʻrgʻontepa shahrida oʻsgan[3]. U toʻrt yoshga toʻlganda, ota-onasi ajrashishdi[4]. 2013-yilda Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat sanʼat institutining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Orzu sheʼrni aruz tizimiga koʻra, erkin sheʼr shaklida tuzgan[5]. U sheʼr yozishni taxminan 30 yil avval, hali Qoʻrgʻontepa shahridagi oʻrta maktabda oʻqib yurgan kezlarida boshlagan. Kambagʻal oiladan chiqqan yosh shoir bola sheʼriyatga boʻlgan muhabbat unga mashhurlik va pul olib kelishini, musiqa olamining yulduzlari bilan uchratishini hali tasavvur qilmagandi[5].

Orzu Iso sheʼrlariga yozilgan qoʻshiqlarni taniqli tojik va oʻzbek ijrochilari — Sadriddini Najmiddin, Shabnami Surayo, Mexrnigori Rustam, Baxoduri Gʻafurzod, Zulaykho Maxmadshoeva, Nigina Amonqulova, Yulduz Usmonova[6], Ozoda Nursaidovalar ijro etishmoqda.

  • Orzu Iso. Dar pardahoi atlasii nuri oftob (şeʼrho), — Dushanbe: „Ejod“, 2009. — 52 b. — ISBN 998-99947-39-83-7
  • Orzu Iso. Taronai tanhoi (Majmū'ai ash’or), — Dushanbe: „Adib“, 2012. — 64 b. — ISBN 998-99947-2-2 53-2 (tg.)
  • Orzu Iso. On suyi jodho, — Dushanbe: „Er-graf“, 2015. — 220 b. — ISBN 998-99975-46-38-8 (tg.)