Kontent qismiga oʻtish

Oshibori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kichik bambuk stendda taqdim etilgan Oshibori

Oshibori (oshibori yoki oshihori) yoki inglizcha issiq sochiqrestoran yoki bar kabi hududlarda mijozlarga taqdim etiladigan nam qoʻl sochiq boʻlib, ovqatdan oldin qoʻllarini tozalash uchun foydalaniladi. Oshibori uzoq vaqtdan beri Yaponiyada mehmondo'stlik madaniyatining ajralmas qismi bo'lib kelgan: Gendzi haqidagi ertakda u tashrif buyuruvchilarga taqdim etilgan; Edo davrida xatogoda ishlatilgan; keyinchalik u ko'plab restoranlarda foydalanila boshlaydi.[1] Natijada esa butun dunyo bo'ylab foydalanuvchilar soni keng tarqaldi. Yozda sovuq oshibori, qishda esa issiq oshibori taqdim etiladi. Yaponiyada 29-oktyabr 2004- yildan beri oshibori kuni sifatida nishonlanadi.[2]

Oshibori so'zi yapon tilidagi shiboru (yaponcha: 絞る?) fe'lidan kelib chiqqan bo'lib, o - shaxsiy prefiksi bilan " Faxriy prefiks " degan ma'noni anglatadi. Yapon tilida oshibori so'zi odatda hiragana (おしぼり) alifbosida yoziladii va kamdan-kam holatlarda kanji ( お絞り ) ya'ni iyeroglif holatidaifoydalaniladi ( 御絞り ).

Oshibori ham o-tefuki sifatida tanilgan; tefuki bu oddiy ro'molchalarni anglatadi va ular yapon tilidagi (yaponcha: te?) (qo'l) va (yaponcha: 拭く fuku?) kelib chiqqan, artish uchun -,degan ma'nolarni anglatadi.

Mah -jong zallarida yapon tilidagi (yaponcha: 熱い atsui?) (ya'ni , issiq va (yaponcha: 冷たい tsumetai?) sovuq sifatlaridan olingan atsushibo va tsumeshibo so'zlari ba'zan yaqin holatda issiq va sovuq oshibori uchun foydalaniladi.

Oddiy oshibori

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya Oshibori

Odatdagi oshibori matodan tayyorlangan bo'ladi va suv bilan namlanadi va siqiladi. Keyin u ovqatdan oldin yoki ovqat paytida mijozlar qo'llarini tozalashlari uchun ovqat stoliga qo'yiladi. Oshibori dumaloq tarzda o'raladi yoki buklanadi va mijozga o'zgacha patnisda beriladi. Idish ishlatilmasa ham, u odatda uzun va ingichka shaklga keltiriladi , shuning bu, bento qutilari masalan, oshxona qutilaridagi oshiboriga bog'liq emas.

Ko'pgina muassasalar odatda bir marta ishlatiladigan va keyin steril qilinadigan to'qilmagan mato yoki qog'ozdan ishlangan sochiqlarni ham taqdim etadi. Qog'ozlar, ba'zida spirtli ichimliklar yoki me'yorlashtirilgan xlor dioksidi kabi sterilizatsiya qiluvchi vositani o'z ichiga oladi. Qog'oz oshibori, shuningdek, mato oshibori ko'pincha do'konlardagi bento tushlik qutilari kabi qadoqlangan mahsulotlarga qo'shimcha tarzda solinishi yoki to'ylar, korporativ tadbirlar yoki mehmondo'stlik bilan bog'liq hududlarda o' ko'pincha buklangan va plastik o'ramga muhrlangan ko'rinishda bo'ladi.

Issiq va sovuq oshibori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Issiq oshibori tayyorlash uchun maxsus haroratda yoki bug'da matolarni issiq suv bilan namlanash yoki yozda foydalanishga yaroqli sovuq oshibori tayyorlash uchun muzlatgichga nam holatda qo'yish kerak bo'ladi. Restoranlar odatda, buning uchun isitish shkaflari yoki muzlatgich kabi elektr buyumlaridan foydalanadilar. i

Ijaraga olingan oshibori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko'pgina muassasalar oshiboridan ko'p miqdorda foydalanishgani sababli, ko'pincha ularni o'zlari tayyorlamaydilar, aksincha, ularni yuvib, odatdagi silindrsimon shaklga keltirib ,oldindan nam holatda yetkazib beradigan ijara xizmatidan foydalanadilar. Ushbu ijaraga xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar tez-tez murojaat qilishadi. Ular har bir oshiborini tiniq, yengil plastik plomba ( polietilen plyonka) bilan alohida o'rashadi, uni ishlatishdan oldin mijoz oson sindirishi va olib tashlashi mumkin bo'ladi.

Oshibori dispenserlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ba'zi go'zallik salonlari va stomatologiya klinikalari mustaqil oshibori dispenseridan foydalanishni ma'qul ko'radi, bunday holatda , mijozning iltimosiga binoan yangi holatdagi sochiq tayyorlanadi. Bunday vaziyatlar uchun, sochiqlar ko'pincha to'qilmagan toladan maxsus tayyorlanadi.

Dunyo bo'ylab

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kichik issiq sochiqlar ko'pincha aviakompaniyaning biznes-klass yo'lovchilariga taqdim etiladi . Tayyorgarlikdan oldin bu yerdagi bir martalik sochiqlar.

Oshibori odatda "issiq sochiq" deb tarjima qilinadi. Aksariyat aviakompaniyalar birinchi va biznes klass yo'lovchilariga uzoq masofali reyslarda birinchi ovqatdan oldin issiq sochiqni taqdim etadilar. Sartaroshxonalarda teri yoki soqolni namlash uchun va soqol olishni osonlashtirish uchun ishlatiladigan isitiladigan sochiqni ham oshiborining bir turi sifatida tasavvur qilish mumkin. Oshibori sochiqlari turli mamlakatlardagi mehmondo'stlik bayramlarida tobora ko'proq tarqalmoqda, chunki mehmonlar (va mezbonlar) yapon mehmondo'stligining bu tuyg'usi o'z mehmonlari bilan bog'lanishini va ularga g'amxo'rlik qilishlarini ko'rsatishni xohlaydigan har qanday joyda mos kelishini bilishadi. 

  • Nam ro'molcha

Ma'lumotnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 東日本おしぼり共同組合 (Wayback Machine saytida 2022-07-03 sanasida arxivlangan) (East Japan Oshibori Cooperative Association)
  2. 全国おしぼり共同組合連合会 (National Oshibori Cooperative Association)