Oshiq Erkin
Oshiq Erkin | |
---|---|
Asl ismi | Erkin Madrahimov |
Tavalludi |
7-may 1937-yil [Xiva]], Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
24-fevral 2023-yil (85 yoshda) |
Taxallusi | Oshiq Erkin |
Fuqaroligi | → |
Yoʻnalish | Jurnalist, yozuvchi, shoir |
Faoliyat yillari | 1956—2023 |
Mukofotlari |
Oshiq Erkin (Erkin Madrahimov) (1937-yil 7-may, Xiva, Xorazm, UzSSR – 2023-yil 24-fevral Xorazm, Oʻzbekiston[1]) – oʻzbek shoiri, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1937-yilning 7-may kuni Xorazm viloyatining koʻhna Xiva shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]U oʻrta maktabni tugallagach, mehnat faoliyatining 1956-yilning birinchi yanvaridan „Xorazm haqiqati“ roʻznomasi tahririyatida musahhih yordamchisi maqomida boshlagan. Shu yili Toshkent Davlat universiteti (sobiq Oʻrta Osiyo universiteti)ning filologiya fakultetiga jurnalistika yoʻnalishida oʻqishga kirdi. Uchinchi kurs talabasi paytida (1959-yil) oʻqishdan ajralmagan holda „Oʻrta Osiyo universiteti“ – keyinchalik „Toshkent universiteti“ deb nom olgan qoʻp nus’hali gazetasi maʼsul kotibi vazifasida ham mehnat qildi. Gazeta muharriri ustozi, taniqli adabiyotshunos olim, keyinchalik mustaqillik sharofati bilan „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻlgan Ozod aka Sharafiddinov edi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻqishni tugallaganidan keyin u 1961—1962-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ (hozirgi „Oʻzbekiston ovozi“) gazetasi taxririyatida adabiy xodim, 1962 yilning oktabr’ oyidan boshlab 1971-yilgacha Oʻzbekiston radiosining Xorazm viloyati boʻyicha maxsus muxbiri, 1972—1974-yillar davomida Xorazm viloyatining Bogʻot tumani roʻznomasi muharriri, Oʻzbeksiton radiosining „Yoshlik“ redaksiyasi katta muharriri, 1974—1986-yillar maboynida „Qishloq haqiqati“ (hozirgi „Qishloq hayoti“) va „Sel’skaya pravda“ gazetalarining Qoraqalpogʻiston respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha maxsus muhbiri, 1986-yil iyunidan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyati boʻlimi rahbari vazifasida mehnat qildi[2].
Ijodiy faoliati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oshiq Erkinning turli yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat, „Yosh gvardiya“ – hozirgi „Yangi asr avlodi“, „Sanʼat“, „Oʻzbekiston“, „Xorazm“ va „Xorazm yoshlari“ nashriyotlarida „Iqbol“, „Ohular“, „Yilga tatigan bir kun“, „Chaqmoq“, „Koʻngil gavhari“, „Qoʻymadingiz-qoʻymadingiz“, „Tuyamoʻyin tongi“, „Yolgʻonning umri qisqa“, „Poʻlat va uning bobosi hikoyalari“, „Tilla qush“, „Bir hikmat bor muhabbatda“, "Ishqingda yondim, " „Olmahon Hayitova“, „Hizr chashmasi“, „Azim daryo“, „Jayhun jilovdori“, „Oʻlguncha sizni derman“, „Mujgoningga sallamno“, „Mehring tushdi yurakka“, „Yuragimdan joy beraman“, „Ishqingda yondim“, „Bunyodkor“, „Shunqor“, „Qoraqalpoq qasidasi“, „Oʻn sakkiz yoshindadir“ (Hazrat Navoiy gʻazallariga muhammaslar) „Iftixor“ va boshqa sheʼr, doston va nasriy kitoblari nashr etilgan[1].
Oshiq Erkinning ona-Vatan, mustaqillik, doʻstlik va qardoshlik, umuman ijtimoiy hayot haqidagi sheʼr va gʻazallari 4 ta kitobda jamlanib „Xorazm“ va „Xorazm yoshlari“ nashriyotlarida umumiy nomda „Yurakdagi Vatan“ deya atalib, ularning birinchi jildi 2014-yilda, qolgan jildlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga sovgʻa maqomida chop etilganligini alohida qayd etish kerak. „Yurakdagi Vatan“ning beshinchi kitobi ham nashrga tayyor boʻlib turibdi[3].
Oshiq Erkin 1985-yildayoq yana bir xayrli ishga – hazrat Alisher Navoiy gʻazallariga bir necha mumtoz shoirlarimizning ham turli yillarda bogʻlagan muhammaslarini toʻplashga kirishgan edi. Nihoyat, bu toʻplamning yangi muhammaslar tanlab olinib, bir necha yangi nomlar qoʻshilgan holda 2021 yilda „Yangi asr avlodi“ nashriyotida, ikkinchi kitobi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat jamgʻarmasi (rahbari taniqli adabiyotshunos Olimjon Davlatov) tomonidan „Avvalgilarga oʻxshamas“ nomi ostida bu kitob ham 2021-yilda „Yosh kuch“ nashriyotida chop qilindi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oshiq Erkinning ayrim ijod namunalari, jumladan ishchilar sinfi mavzusida yozilgan eng yaxshi ocherklar tanlovida 1972 yilda oʻtkazilgan tadbirda „Tuyamoʻyin tonggi“ deb nomlangan ocherki Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Respublika Kengashining uchinchi darajali mukofotiga, „Opa-singillar“ nomli bir pardali pesasi esa 1978-yilda Yozuvchilar uyushmasi hamda respublika Yoshlar Ittifoqi oʻtkazgan koʻrik-tanlovda ragʻbatlantiruvchi mukofotga sazovor boʻlgan.
Oshiq Erkin qoʻshiqnavis shoir, muhabbat va sadoqat, mehru vafo, sehrgar ishq kuychisi. Uning mingdan ortiq sheʼr va gʻazallariga kuylar bastalangan. Qoʻshiqlarini mashhur sanʼatkorlardan Otajon Xudoyshukurov, Ortiq Otajonov, Olmaxon Hayitova, Bobomurod Hamdamov, Gʻulomjon Yoqubov, Ogʻabek Sobirov, aka-uka Gʻofur va Gʻulom Eshjanovlar, Farhod Davlatov, Rahmatjon Qurbonov, Sobirjon Moʻminov, Ravshan Matyoqubov, Bunyod Saidov, Karimboy Rahmonov, Bobojon Safoev, Roʻza Odamboeva, Aziza Niyozmetova, jahonga mashhur sanʼatkorlardan ozarboyjonlik Zaynab Xonlarova, tojikistonlik Joʻrabek Murodov, Joʻrabek Nabiev va boshqalar necha oʻnlab taniqli artistlar ijro qilishgan. Birgina Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tatariston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Davlat mukofoti sohibi Otajon Xudoyshukurov uning 50 ga yaqin, Oʻzbekiston xalq artisti Ogʻabek Sobirov esa 100 ga yaqin qoʻshiqlarini sanʼat shinavandalari eʼtiboriga havola qilishgan.
Oshiq Erkin talabalik davrida 1957-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida yuksak mehnat namunalarini koʻrsatgani uchun sobiq Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumining „Fahriy yorligʻi“ bilan mukofotlangan.
Oshiq Erkinning ijodiy faoliyati mustaqillik yillarida yuqori baholandi. U 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan „Shuhrat“ medali, 2003-yilda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi kengashining qaroriga binoan „Qoraqalpogʻiston respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat hodimi“, 2012-yilda esa „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoir 2023-yil 24-fevral kuni Xorazmda vafot etdi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Taniqli shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi“ (oʻzb). daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
- ↑ „Скончался поэт Ошик Эркин“ (oʻzb). gazeta.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
- ↑ ???