Kontent qismiga oʻtish

Oshiq Ilohiy Bulandshahriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oshiq Ilohiy Bulandshahriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1925
Vafoti 2002 (yoshi 76–77)
Al-Boqiy
Dini Islom
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiy
Oqim Devbandiylik
Asosiy qiziqish(lar)i Tafsir, Hadis
Mashhur ish(lar)i Anwar-ul-Bayan, Zaadut Talibin
Alma mater Mazohir ulum Saharanpur

Muḥammad ‘Āshiq Ilāhī Bulandshahrī Muhājir Madanī hindistonlik mashhur islom ulamosi. Muhammad Zakariyo Qandhlaviyning shogirdi boʻlgan.

Oshiq Ilohiy 1924 yoki 1925-yilda (hijriy 1343-yil) Britaniya Hindistonining Bulandshahr shahrida tug‘ilgan[manba kerak]. Hijriy 1363-yilda Mazohir ulumni bitirgan[1]. Oshiq Ilohiy taʼlimni tamomlagach, turli hind madrasalarida dars berdi va hijriy 1384-yilda Muhammad Shofiy Devbandiy iltimosi bilan Pokistonga koʻchib oʻtdi[1]. Dorul ulum Karachida o‘n ikki yil davomida tafsir va hadis ilmidan dars bergan[1]. Hijriy 1396-yilda Madinaga koʻchib oʻtgan va 2002-yilda shu shaharda vafot etgan[1]. Al Boqiy qabristoniga dafn etilgan[manba kerak].

Oshiq Ilohiy quyidagi asarlarni muallifi hisoblanadi:

  • Tohfa-e-Khawateen.
  • Marne Ke Baad Kya Hōga?
  • Islami Adab.
  • Huququl Walidayn.
  • Anwar Ul Bayan (Muftiy Afzal Xusen Elias tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan Qur'onning 5 jildli urducha tafsiri)[2].
  • Zadut Talibin (Abdur Rahmon ibn Yusuf Mangera tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan, asar sharhini ham yozgan)[3].
  • Al Fawa’idul Saniyya fi Sharhul Arba'een un Nawawiyya.
  • At Tashil ud Daruri fi Masa’ilul Quduri.
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Shāhid Sahāranpuri (2005), Ulama e Mazahir Uloom aur unki Ilmi wa tasnīfi khidmāt (urdu), 1-jild (2005-nashr), Saharanpur: Maktaba Yādgār-e-Shaykh, 318-bet
  2. „Illuminating Discourses on The Noble Quran (5 Vol. Set) Arabic/English by Maulana Ashiq Elahi (Rah)“. idarastore.com. Islamic Book Service. 2019-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
  3. „Provisions for the Seekers“. WhiteThreadPress.com. White Thread Press. 2019-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.