Kontent qismiga oʻtish

Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi — xalqaro iqtisodiy tashkilot. Osiyo-Tinch okeanning 12 davlati — Avstraliya, Bruney, Indoneziya, AQSH, Kanada, Malayziya, Tailand, Singapur, Filippin, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Yangi Zelandiya tashqi ishlar va savdo vazirlarining Kanberra shahrida (Avstraliya) boʻlib oʻtgan 1-konferensiyasida asos solingan (1989-yil noyabr). Tashkilotning aso-siy maqsadi Osiyo-Tinch okean mintaqasida ochiq va erkin savdo hamda investitsiyalar uchun sharoit yaratib berish, atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan kuchgʻayratlarni muvofiqlashtirish. Bunda umuman mintaqada, va, xususan, tashkilot doirasida integratsiya jarayonlariga muhim eʼtibor beriladi. O.-Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligii.h.da integratsiya jarayonlari mintaqada sanoati rivojlangan davlatlar uchun 2010-yilgacha va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 2020-yilgacha ochiq va erkin savdoni taʼminlash va qoʻllab-quvvatlashni, O.Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligii.h. tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning izchil surʼatda oʻsishi, bir tekis rivojlanishi va milliy barqarorligiga erishish uchun yaqin hamkorlik qilishni nazarda tutadi. Bu bayonot O.-Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligii.h. davlat boshlikdarining 1994-yilgi Bogor deklaratsiyasi nomini olgan.

Hamkorlik tashkiloti oʻz faoliyatini, asosan, 2 sohada olib bormoqsa. Birinchidan, xalqaro savdoni erkinlashtirish va miqyosini kengaytirish maqsadida savdo sohasida hamkorlik qilish, ikkinchidan, Osiyo-Tinch okean mintaqasining texnologik rivojlanishi va yuksak taraqqiy etgan mintaqaviy infratuzilmani (bunda axbo-rot va aloqa industriyasi, transport, xodimlar tayyorlash va boshqa ham nazarda tutiladi) vujudga keltirishga harakat qilinmokda.

O.-Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligii.h. mamlakatlari Oʻzbekiston bozorini birmuncha istiqbolli deb biladi, ayni chogʻda Oʻzbekiston OsiyoTinch okean mintaqasi mamlakatlari bilan siyosiy-iqtisodiy va ilmiy-madaniy hamkorlikni kuchaytirishga intiladi.

O.-Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligii.h. tashkilotining doimiy ishchi organi — Kotibiyat. U 1993-yil tashkil qilingan. Qarorgohi Singapur shahrida.

Sayfiddin Joʻrayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil