Kontent qismiga oʻtish

Osma vodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osma vodiy — boshqa vodiyga, dengiz yoki koʻl qirgʻogʻiga jarlik hosil qilib tik tushgan vodiy. Osma vodiy suv oqimi yoki muzlikning chuqurlatish eroziyasi boshqa vodiydagi chuqurlatish eroziyasidan yoki koʻl va dengizlardagi toʻlqin eroziyasidan sekin roʻy berganda hosil boʻladi, shuningdek, eroziya bazasining yoki dengiz va koʻl suv sathining keskin oʻzgarishi, tektonik harakatlar yemirilayotgan togʻ jinslari litologik tarkibining har xilligi natijasida ham vujudga keladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil