Kontent qismiga oʻtish

Ossillyator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ossillyator (lot. oscillare — tebranish) — mexanik, elektromagnit va boshqa tebranishlar hosil qiladigan fizik tizim. Tizim holatini ifodalovchi kattaliklar vaqt boʻyicha davriy oʻzgaradigan tizimlar uchun O. atamasidan foydalaniladi. Tizimni muvozanat holatidan chiqaruvchi kuch uni muvozanat holatiga qaytaruvchi kuchga mutanosib boʻlsa, bunday O. garmonik (uygʻunlashgan) O. deyiladi. Bunda O. chastotasi tizim parametrlariga bogʻliq boʻlib, garmonik tarzda tebranadi. Mas, kichik tebranishlar bilan harakatlanayotgan mayatnik garmonik O. hisoblanadi. Elektromagnit maydon nazariyasida O. dipol deb ataladi. Bunday O.ning toʻlqin tarqatishi elektrodinamika masalalarini hal qilishda juda muhim. Molekula va kattiq jismdagi ionlar, atomlar, radikallar va boshqalarning tebranishi ham O. deb qarash mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil