Kontent qismiga oʻtish

Osteomalyasiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Osteomalyasiya (yumshoqlik) — odam va hayvonlar (asosan, qoramollar)da uchraydigan kasallik. Bunda moddalar almashinuvi (ayniqsa, mineral moddalar almashinuvi) buzilib, koʻproq suyak toʻqimasi zararlanadi (suyak yumshab qoladi) va deformatsiyalanadi. Kasallikda suyak toʻqimalarida ishqorlik fosfatazalar faolligi oshib, vitamin D metabolitining hosil boʻlishi toʻxtab qoladi va bu skelet suyaklarida qayta qurilish roʻy berishiga olib keladi. Ayollarda, ayniqsa, homiladorlik davrida kuzatiladi. Bemorga servitamin ovqatlar buyuriladi. Hayvonlarda ozuqa ratsionida kalsiy, fosfor tuzlari, vitamin D yetishmasligi, oftobdan bahra oldirmaslik, yosh davrida qochirish Osteomalyasiyaga sabab boʻladi. Belgilari: hayvon boʻshashadi, koʻp yotadi, qaltiraydi, suyaklari yumshab moʻrtlashadi, chanoq, oyoq suyaklari qiyshayadi, tishi qimirlaydi, ishtahasi boʻgʻiladi, suyak va boʻgʻimlari ogʻriydi. Davosi: vitaminlarga, mineral moddalarga boy yem-xashak beriladi. Ratsionga suyak uni, fosforin, monokalsiy fosfat, bor, osh tuzi, baliq moyi kerakli miqdorda qoʻshiladi. Hayvonga sunʼiy ultrabinafsha nur tushiriladi. Kasallikning oldini olish uchun hayvonlarni toʻyimli va sifatli yem-xashak bilan boqish kerak[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil