Ostona bosh masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Shahar | Ostona |
Yoʻnalishi | Sunniylik |
Meʼmor | Dewan Architects & Engineers |
Binokorlik tashabbuschisi | Nursulton Nazarboyev |
Binokorlik | 2019—2022 |
Soʻngi imom | Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi |
Umumiy maydoni | 68 062 |
Hajmi | 30 000 |
Gumbaz balandligi | 83.2 m |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 62 m |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar balandligi | 130 m |
Ostona bosh masjidi Vikiomborda |
Ostona shahrining bosh masjidi — Qozogʻistonning Ostona shahridagi masjid. Bu Qozogʻiston va Markaziy Osiyodagi sigʻim boʻyicha eng yirik masjidlardan biri hisoblanadi.
Qurilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilgi 18-martda Nursulton Nazarboyev qurilishning tashabbuskori sifatida yangi masjidning qurilish maydoniga birinchi g‘ishtni qo‘ydi. Qurilishni xususiy investorlar qoʻllab-quvvatladi, natijada bino barpo etilishida davlat byudjeti mablagʻlaridan foydalanilmadi[1]. 2022-yilning 12-avgustida Nazarboyevning ishtirokida masjidning ochilishi marosimi bo'lib oʻtdi[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 10 gektarlik yer maydonida qurilgan. Uning umumiy maydoni 68 062 m² ga teng. Masjidning sig‘imi 235 ming kishini tashkil etadi. Uning ichida ochiq maydonda taxminan 200 ming kishi, aniqroq aytganda minbar yaqinida 30 ming kishi va sahna maydonida 170 ming kishi bir paytda namoz o‘qiy oladi.
Masjidda balandligi 130 metrlik to‘rt minora bor. Har bir minora islomning besh ustunin ifodalaydigan 5 qismdan iborat. Chap qanotdagi minoralarning biri tashrif buyuruvchilar uchun ochiq, sayyohlar minoraga lift orqali koʻtarilib, shaharni balandlikdan tomosha qila oladi.
Katta gumbazning balandligi — 83,2 metr, diametri — 62 metrni tashkil etadi. Masjidning kirish eshigi dunyodagi eng baland yogʻoch eshiklarning biri hisoblanadi. Afrikada oʻsadigan iroko nomli qattiq daraxtdan qoʻl mehnati bilan ishlangan. Uning balandligi — 12,40 metr, ogʻirligi — 1,5 tonnaga teng. Eshiklar asosan qozoq naqshlari bilan bezatilgan.
Qibla tomonidagi devorda oltin rang bilan Allohning 99 ismi yozilgan. Mozaik devorining uzunligi 100 metr, balandligi 22,4 metr. Mozaika turli rangdagi 25 million dona oynadan iborat[3].
Masjidning katta zali va ayollar namoz o‘qiydigan qismi to‘liq gilam bilan qoplangan. Bu dunyodagi qoʻl bilan toʻqilgan eng katta gilam hisoblanadi. Uning umumiy maydoni — 15 525 kvadrat metr. Ogʻirligi — 4,700 kg. Qalinligi — 15 mm. Gilam Yangi Zelandiyada sof (100%) jundan toʻqilgan. Gilamning oʻrtasidagi medalyonning diametri 70 metr. Shuningdek, u dunyodagi eng katta gilam medalyoni hisoblanadi. Gilam naqshlari qozoq naqshlari bilan bezatilgan.
Masjidning katta zaliga osilgan shaffof shisha (kristall) osmashami dunyodagi eng katta osmashamlarning biri hisoblanadi. Uning diametri — 27 metr, ogʻirligi 20 tonna. U ham turli oʻlchamdagi kristall panellardan tayyorlangan. Butun kristall yetti rangdagi 3 614 833 donadan iborat. Katta qandil 1 360 890 kristall boʻlakdan iborat. Masjidning to‘rt burchagida diametri 8 metr to‘rt osmaham osilgan.
Shu bilan qator, masjidning yerosti qavatida 440 o‘rinli ziyofat zali, 405 o‘rinli yopiq avtoturargoh, qabulxona, hojatxona, texnik, marosim xizmat ko‘rsatish oʻrni, qurbonlik so‘yiladigan joyi va boshqa xonalar joylashgan. Birinchi va ikkinchi qavatlarda namoz oʻqiladigan joydan tashqari darsxonalar, majlislar zali, nikoh qiyish saroyi, Qurʼon oʻqiydigan xona, telestudiya, idoralar, xizmat xonalari, doʻkonlar, muzey va texnik xonalar bor.[4]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qozogʻiston masjidlari
- Qozogʻistondagi islom
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Н. Назарбаев принял участие в закладке камня на месте строительства мечети“. khabar.kz (18 наурыз 2019).
- ↑ „Самую большую мечеть в Центральной Азии открыл Назарбаев“. ru.sputnik.kz (12 тамыз 2022).
- ↑ „В Нур-Султане открылась самая большая мечеть в Центральной Азии“. ktk.kz (12 тамыз 2022).
- ↑ „Астанадағы Республикалық бас мешіт жайлы не білеміз“. inform.kz (12 тамыз 2022).
Havola
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Arxitektura marvaridlari“ hujjatli filmi . Prezident matbuot xizmati, 2022-yil 13-avgust.