Kontent qismiga oʻtish

Otabek Joʻraboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Otabek Joʻraboyev — (1973, Fargʻona viloyati) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (2003).

Otabek Joʻraboyev
Tavalludi 1973-yil 20-iyun
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri
Yoʻnalish Adabiyotshunoslik
Mukofotlari “Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining maxsus mukofoti” (2000) va “Yilning eng yaxshi ilmiy ma’ruzasi uchun” (2004)

Qoʻqon Davlat pedagogika institutini tugatgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzey aspiranti (1998—2001), Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti doktaranti (2007—2009). Keyinchalik Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi.

Uning „Haziniy toʻra. Hayoti va ijodi“ (2007), „Zahiriddin Muhammad Bobur va XVI asr oʻzbek adabiyoti“ (2008), „Navoiy va tarix“ (2016), „Mumtoz adabiyot tugʻanniynoma“ (2016), „Matn va tadqiq“ (hammuallif, 2016), Abdulqodir Gʻiyloniy „Sirr ul-asror. Maktubot“ (2005) kabi tarjima, monografiya, risola kitoblari nashr etilgan.

„Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining maxsus mukofoti“ (2000) va „Yilning eng yaxshi ilmiy maʼruzasi uchun“ (2004) mukofotlari bilan taqdirlangan[1].

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 525-bet.