Otabek Sattoriy
Otabek Sattoriy — oʻzbekistonlik mustaqil bloger va jurnalist[1]. 2021-yil 29-yanvarda tovlamachilik va tuhmatda ayblanib hibsga olingan va olti yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etilgan[2]. Biroq, bu ayblovlar Sattoriyning 2020-yilgi gaz taqchilligi davridagi hukumat korrupsiyasini yoritishi ortidan yuzaga kelgan boʻlishi mumkin[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda Islom Karimov vafotidan soʻng Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan cheklovlar biroz yumshatilgan[4]. Natijada, koʻplab mustaqil bloggerlar va jurnalistlar turli ijtimoiy media platformalarida, masalan, Telegramda oʻz maqolalarini yozishni boshladilar[4].
Sattoriy „Xalq fikri“ deb nomlangan blog yuritgan[1]. Ushbu blogda ko‘pincha mahalliy amaldorlar qilganligi iddao qilingan korrupsion holatlarni yoritib turardi[5].
Hibsga olish va sud
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil dekabr oyida Sattoriy bozordagi qimmat narxlar haqida suratga olish chogʻida „suratga olishga xalaqit bermoqchi boʻlib, telefonni zoʻrlik bilan tortib olib, soʻng yaroqsiz holatda qaytarib bergan“ shaxsga duch keladi[5]. „U shaxs Sattoriyga yangi telefon berayotganida, militsiya bloggerni hibsga oldi. Blogger telefonni olish uchun tovlamachilikda ayblandi“[5]. Bloggerning advokati ayblovlarni „soxta“ deb taʼrifladi[6].
2021-yil 15-iyul kuni apellyatsiya sudi Sattoriyga nisbatan hukm chiqardi va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdi[7].
2022-yil 5-aprelda Oliy sud ham hukm va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdi[7].
Xalqaro javob
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi „Oʻzbekiston hukumati jurnalist Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod etishi, uning murojaatiga eʼtiroz bildirmasligi, barcha jurnalistlarga repressiyadan qoʻrqmasdan, erkin ishlashiga imkon berishi kerak“, deb yozgan edi[5].
AQShda joylashgan "Freedom Now" nodavlat tashkiloti BMTning asossiz hibsga olish boʻyicha ishchi guruhiga ushbu ish yuzasidan petisiya topshirdi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Journalism Watchdog Calls On Uzbek Authorities To Release Jailed Anti-Corruption Blogger https://www.rferl.org/a/cpj-uzbekistan-blogger-journalism-corruption-/31093150.html Radio Free Europe/Radio Liberty Radio Free Europe/Radio Liberty 09 February 2021. Retrieved 13 September 2022
- ↑ Putz. „Uzbek Blogger Otabek Sattoriy Sentenced to 6.5 Years“. The Diplomat (11-may 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Uzbekistan: Opposition Activists Face Pressure Ahead Of Presidential Elections, Bloggers Targeted – Analysis“. Eurasia Review. Eurasia Review (1-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Harrison, Fred. „COMMENT: Media freedom hits a rough patch in Uzbekistan despite presidential support“. Newsbase. BNE intellinews (23-mart 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Uzbek blogger Otabek Sattoriy detained, charged with extortion“. Committee to Protect Journalists (8-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.„Uzbek blogger Otabek Sattoriy detained, charged with extortion“. Committee to Protect Journalists. 8 February 2021. Retrieved 13 September 2022.
- ↑ „В Сурхандарье задержан блогер. Адвокат считает дело сфабрикованным“ (ruscha). Gazeta.uz (8-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
- ↑ 7,0 7,1 Rittmann. „Blogger Jailed for 6.5 Years on Dubious Charges in Uzbekistan“. Human Rights Watch (11-may 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.Rittmann, Mihra (11 May 2021). „Blogger Jailed for 6.5 Years on Dubious Charges in Uzbekistan“. Human Rights Watch. Retrieved 13 September 2022.
- ↑ „PETITION TO: UNITED NATIONS WORKING GROUP ON ARBITRARY DETENTION: In the Matter of Otabek Sattoriy Citizen of Uzbekistan v. Government of the Republic of Uzbekistan“. Freedom Now. Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.