Kontent qismiga oʻtish

Otaqoʻzi madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Otaqo`zi madrasasidan yoʻnaltirildi)
Madrasa
Otaqoʻzi madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon viloyati
Tuman Paxtaobod tumani
Manzil Toʻquvchi aholi punkti
Qoʻrgʻoncha MFY
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Andijon viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat boʻlimi tekin foydalanish shartnomasi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokor Usta Qirgʻizboy
Usta Mamajon
Binokorlik tashabbuschisi Otaqoʻzi
Homiylar Otaqoʻzi
Asosiy sana:
Maqomi davlat himoyasida[1]
Qurilish materiali Pishiq g'isht


Otaqoʻzi madrasasi — Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (20-asr boshlari). Madrasani mahalliy boy Otaqoʻzi qurdirgan. Qurilishda Usta Qirgʻizboy va Mamajonlar qatnashgan. Otaqoʻzi madrasasi tarhi koʻp bur-chakli, peshtoq — gumbazli darvozaxo-na, masjid — ayvon, 2 qavatli huj-ralardan iborat. Binoning umumiy koʻlami va tarh tuzilishi oʻziga xos. Hovli boʻylab hujralar va gumbazli darsxona joylashgan. Otaqoʻzi madrasasi qurilishida ustalar oddiy pishiq gʻishtning bezak imkoniyatlari naqadar kengligini namoyish etganlar. Ravokli, mezanali va qubbali ustungoʻshalar binodan birmuncha balandroq koʻtarilgan. Ustungoʻshalarga ishlov berishda turli shaklda gʻisht terish yoʻli bilan oʻziga xos bezak hosil qilingan. Ular orasidagi devor sirtiga yuza ravoklar ishlangan. Masjidning gul solingan shifti alohida badiiy qimmatga ega, unda girih va islomiy naqshlar Qurʼon suralaridan olingan yozuvlar bilan oʻzaro uygʻunlashib ketgan (bezagida mahalliy usta Saydullo qatnashgan). Madrasa qurilishida Xorazmcha muqarnas, sharafa va kungura qoʻllangan. Otaqoʻzi madrasasi Qoʻqon xonligining soʻnggi davr meʼmoriy yodgorligi hisoblanadi. 1971—75 yillarda taʼmirlanib, oʻlkashunoslik muzeyi joylashgan.[2]