Otayorov Qozoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otayorov Qozoq — 1890-yili Gulyakandoz qishlog‘ida tug‘ilgan, quloq, paxta ekish haqida yolg‘on ma’lumot bergani uchun sudlangan. 1932 yili quloqqa tortilib maxsus posyolkaga surgun qilingan. Aksilinqilobiy kayfiyatda bo‘lib doimiy ravishda maxsus ko‘chirilganlar va sovxozning erkin yollangan ishchilari orasida targ‘ibot olib borgan, sovet hokimiyatini ag‘darishga chaqirgan, SSSRdagi ochlik haqida ig‘vo mish-mishlar tarqatgan. Maxsus ko‘chirilganlarni maxsus posyolkadan qochib ketishga chaqirgan, partiya va hukumatga nisbatan terrorchilik kayfiyat bildirgan, SSSRning Yangi Konstitutsiyasiga bo‘hton qilgan, maxsus posyolka komendaturasi xodimlariga qarshi terakt tayyorlaganlikda ayblangan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409 bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.