Kontent qismiga oʻtish

Oʻtror (tuman)

Koordinatalari: 42°46′36″N 68°22′9″E / 42.77667°N 68.36917°E / 42.77667; 68.36917
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Otirar tumanidan yoʻnaltirildi)
Oʻtror tumani
Отырар ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Shavildir
Asos solingan sanasi 1935-yil
Akim Sizdiqov Beybit Shaldarovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 56,540[1]
Zichligi 3,1 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 18 100 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72544[2]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Xaritada
Oʻtror tumani xaritada
42°46′36″N 68°22′9″E / 42.77667°N 68.36917°E / 42.77667; 68.36917

Oʻtiror tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan. 1935-yili Qizilqum tumani nomi bilan tashkil topgan va 1991-yili 18-yanvarda — Oʻtror tumani deb qayta nomlangan. Aholi soni 56,540 kishi (2013). Maydoni 18,1 ming km² , (viloyatning 15,4 %). Tuman markazi — Shavildir qishlogʻi.

Tuman aholisining soni 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 56,540 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar (99,7 %) tashkil qiladi. Jinsiy tarkibi boʻyicha: erkaklar 49,8 % ni, ayollar 50,2 % ni tashkil qiladi.

Oʻtrar tumanining iqlimi keskin kontinental. Qishi iliq va qor kam yogʻadi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati tumanning shimoliy qismida −5—7 °C, janubida −3—5 °C, yoz oylari barcha hududida 26— 28 °C. Qish oylaridagi eng sovuq daraja −38 °C, yozda esa 52 °C. Quyosh radiatsiyasining yillik miqdori 3200— 3400 soat/yil. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 170 milimetrdan 300 milimetrgacha. Qishdagi shamolning asosiysi (45 %) shimoli-sharqqa, yozda shimolga (45 %) keladi[3].

Gʻarbiy tarafidan Qiziloʻrda viloyati bilan, sharqiy tarafidan Ordabasi tumani, janubiy sharqida Sariagʻash tumani bilan, janubiy, janubi-gʻarbida Shardara tumani bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻli oʻtadi. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 361 kilometr. Tuman markazi — Shavildir qishlogʻidan Chimkent shahrigacha oraliq masofa 145 kilometr.

Katta qishloqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shavildir (8,8 ming kishi)
  • Temir (4,3)
  • Koʻksaray (4,2),
  • Oris (3,0),
  • Baltakoʻl (2,9),
  • Mayaqum (2,6),

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda birinchi maktab 1926-yili „Temir“ temir yoʻl stansiyasida tashkil etilgan. 2003-yilgi maʼlumot boʻyicha tumanda aholiga bilim berish mahkamlarining soni 49 ga yetti. Ularning ichida 1 kasbiy-texnik maktab bor. Shuningdek tumanda madaniyat oʻchoqlaridan: 18 klub, 1 madaniyat uyi, 1 muzey, 1 litsey-internat, 15 kutubxona roʻyxatdan oʻtgan. Shunigdek har bir maktablarda kichik muzeylar tashkillashtirilgan. Hozirgi kunda tumanda aholiga tibbiy hizmat koʻrsatadigan 46 davolash-profilaktikalik mahkamasi faoliyat yuritadi. Ularning safida 1 markaziy kasalxona, 1 oʻpka kasalliklari dispanseri, 7 ta qishloq oilaviy ambulatoriya, 6 ta qishloq shifokorlik shifoxona, tuman SES mahkamasi faoliyat yuritmoqda.