Kontent qismiga oʻtish

Otolitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otolitlar (oto... va yun. lithos — tosh), statolitlar — bir qancha umurtqasizlar va barcha umurtqali hayvonlar muvozanat organlarida joylashgan qattiq hosilalar. Hayvonlarda O.ning kelib chiqishi, oʻlchami va tuzilishi turlicha. Odatda, tolitlarhujayralar ishlab chiqaradigan mineral moddalar (koʻpincha kalsiy karbonat) va organik moddalardan iborat; baʼzan tashqi muhitdan olinadi (mas, daryo qisqichbaqalarida qum zarralari tolitlarvazifasini bajaradi). Otolitlar mayda donachalar yoki yirik hosilalar shaklida boʻlishi mumkin. Umurtqasizlarda Otolitlar statotsistlar, umurtqalilarda vestibulyar apparat ichida joylashgan. Gavda holati oʻzgarganida yoki tezlanish taʼsirida Otolitlar oʻrnining oʻzgarishi tukli retseptor hujayralarning mexanik qoʻzgʻalishiga va miyaga yoʻnaluvchi elektr signallarining paydo boʻlishiga olib keladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil