Kontent qismiga oʻtish

Otoskopiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Otoskopiya (oto... va yun. skopeo — koʻraman, koʻzdan kechiraman) — tashqi eshituv yoʻli va quloq pardasini koʻzdan kechirish usuli. O.da quloqqa kiritiladigan maxsus voronkalar, peshonaga tutiladigan reflektor (oʻrtasi teshik koʻzgu) va yorugʻlik manbaidan foydalaniladi. Diagnostika maqsadida muolajalar va operatsiyalar qilishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil