Kontent qismiga oʻtish

Otxona

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Otxonaotlar uchun moʻljallangan bino. Maxsus ot fermalari va ot zavodlarida quriladi. Nasldor otlar O.sida nayel olinadigan biyalar, aygʻirlar, 1,5 yoshgacha va mashq qildirilayotgan 1,5 yoshdan katta toylar boqiladi. Nasldor otlar ogʻillarda bogʻlamay, toylar esa ogʻillarda yoki umumiy binolarda saqlanadi. Nasl olinadigan biyalar, aygʻirlar va mashq qildirilayotgan toylar uchun ogʻillar hajmi 3,5×3,5 m, 1,5 yoshgacha boʻlgan toylar uchun 3×2,5 m dan boʻladi. Ish otlari ogʻillarda bogʻlab boqiladi. Qulunli biyalar va toylar ogʻillarda alohida saqlanadi. Ogʻillar hajmi zotli katta otlar uchun 1,75×3 m, maydalari uchun esa 1,6×2,85 m qilinadi. Umumiy bino (seksiya)larda 1 toy uchun 4,5—7 m2 joy ajratiladi. O.ning ichi ikki qatorli, oʻrtasida 2–3 m kenglikdagi yoʻl, yoʻlning ikki tomonida ogʻillar va umumiy binolar boʻladi. Ogʻillar bilan umumiy binolarga oxurlar quriladi, vodoprovod oʻtkaziladi. O.da ot mashq qildiriladigan, yem-xashak, asbob-uskuna saqlanadigan joylar, goʻngxona, navbatchi xonasi, aygʻirlar urugʻi tekshiriladigan xona va boshqa qoʻshimcha xonalar boʻladi. O. 40— 100 otga moʻljallab quriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil