Ovoskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovoskop (lot. ovum — tuxum va yun. skopeo — qarayman) — tuxumning si-fati tekshiriladigan asbob. U ichiga elektr lampochka oʻrnatilgan, tuxum shaklidagi teshikli gʻilofdan iborat. Tuxum shu teshikka oʻrnatilib tekshiriladi. Novlarga qator terib qoʻyilgan tuxumlarni tekshirish uchun yorituvchi blokli O.-stoldan foydalaniladi. Yangi, sogʻlom tuxum sarigʻi uning mar-kazida joylashgan boʻladi. Inkubatorda ochiltiriladigan tuxumlarni tanlashda, ularni biologik jixatdan nazorat qilishda ham O.dan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil