Kontent qismiga oʻtish

Oxota dengizi

Koordinatalari: 55°N 150°E / 55°N 150°E / 55; 150
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oxota Dengizidan yoʻnaltirildi)
Oxota dengizi
Koordinatalari 55°N 150°E / 55°N 150°E / 55; 150
Yuzasi 1 583 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 859 m
Suv hajmi 1 316 000 km3

Oxota dengiziTinch okeandagi yarim berk dengiz, Osiyo materigining sharqiy sohili bilan chegaradosh. Okeandan Kamchatka yarim orol, Kuril orollari va Xokkaydo orollari ajratib turadi. Nevelskiy, Tatar va Laperuz boʻgʻozlari orqali Yapon dengizi, Kuril boʻgʻozi orqali Tinch okean bilan tutashgan. Maydoni 1603 ming km². Eng chuqur joyi 3521 m. Shimoliy dan janubga 2445 km choʻzilgan, eng keng joyi 1407 km. Qirgʻoqlari kam parchalangan. Shimoli-sharqida Shelixov, janubiy qismida Aniva, Saxalin va boshqa qoʻltiqlar joylashgan. Dengizga Amur daryosi qoʻyiladi. Suvining temperaturasi qishda 1,8— 2°, yezda 1,5 dan 15° gacha, shoʻrligi 32,8— 33,8°/OO. Baliq ovlanib kelinadi. Asosiy portlari: Magadan, Oxotsk, Korsakov, Se-vero-Kurilsk.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil