Kontent qismiga oʻtish

Sariq dengiz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sariqdengizdan yoʻnaltirildi)

Sariqdengiz, Xuanxay - Tinch okeanning yarim berk dengizi, Osiyoning sharqiy qirgʻoqlari yonida, Koreya yarim orolning gʻarbida. Maydoni 416 ming km². Eng chuqur joyi 106 m. Yirik qoʻltiqlari: Boxayvan, Lyaodun, Gʻarbiy Koreya. Sariqdengizga Xuanxe, Xayxe, Lyaoxe, Yalutszyan daryolari quyiladi. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli iqlim, Kishda sovuq va quruq shamollar esadi. Dengizning shim.gʻarbiy qismi noyabrdan martgacha muzlaydi. Suvining temperaturasi fevralda shim.gʻarbida 0° dan past, janubida 6—8°, avgustda shimolida 24° dan 28° gacha. Suvining shoʻrligi 26— 34°/00. Suv koʻtarilishi yarim sutkali (3–4 m dan 9 m gacha). Sariqdengizda ilonbaliq, treska, seld va boshqa yashaydi. Dengizning baliq ovlash va transport ahamiyati katta. Yirik portlari: Xitoyda — Sindao, Inkou, Lyuyshun, Dalyan, Koreyada — Inchxon.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil