Kontent qismiga oʻtish

Oxunboboyev nomidagi kanal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oxunboboyev nomidagi kanalNamangan viloyatidagi magistral kanali. Uzunligi 48 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s. Sirdaryodan toʻgʻonsiz suv oladi, suvning oʻzi oqib oʻtadi. Qoradaryodan suv oluvchi Oʻrolamin, Mahman va Eshonbobo kanallari birlashtirilib, rekonstruksiya qilingach, 1930-yilda ishga tushirilgan. Uning yangi bosh inshooti Sirdaryoning Mingbuloqburni yaqinida barpo etilgan (1964). Kanal trassasi bosh qismida Sariqsuv kollektorini kesib oʻtadi. Mazgil oʻzani orqali, soʻngra qoʻriq yerdan oqadi. Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Pop, Uychi, Namangan tumanlaridagi 40 ming gektarga yaqin yer sugʻoriladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil