Kontent qismiga oʻtish

Oxur

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oxur – chorva mollari (qoʻy, echki, sigir, ot)ga yem-xashak (pichan, silos, aralash ozuqa) beriladigan moslama (idish). Katta-kichikligi, yuza-chuqurligi mollarning soniga, yoshiga, turiga, boqilish usuliga qarab belgila-nadi. Asosan yogʻochdan yasaladi, baʼzan metall, plastmassa, betondan ham qurilishi mumkin. Oxurning bir tomonlama (mollar faqat bir tomondan ovqatlanadigan), ikki tomonlama, umumiy va aloqida-alohida, muqim (statsionar) va koʻchma xillari boʻladi. Yilqichilik fermarlarida devorga osib qoʻyiladigan oxur ham boʻlishi mumkin. Zamonaviy fermalarda, asosan, avtomat oxur qoʻllanadi. Parrandachilik fermerlarida don-dun va suv tushib turishiga moslangan avtomat-oxurdan foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil