Kontent qismiga oʻtish

Oydin Norboyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oydin Abdulhaqovna Norboyeva (1944.1.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1964). 1964—90 yillar Hamza teatrida, 1990—94 yillar "Ilhom" teatrida aktrisa. "Qonli sarob" (S. Azimov) spektaklidagi Aqiqa uning sahnadagi ilk obrazi. Norboyeva ijodiga chuqur psixologik talqin, tiniq va ravon nutq, qahramonlarini romantik va yorqin boʻyoqlarda noziklik bilan ifodalash xos. Aso-sky rollari: Asal (Ch. Aytmatov, "Sarvqomat dilbarim"), Unsin, Nuri (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Kordeliya, Dezdemona (U. Shekspir, "Qirol Lir", "Otello"), Umida (Abdulla Qahhor, "Ayajonlarim"), Sayyora (Uygʻun, "Abu Rayhon Beruniy"), Gerda (Ye. Shvars, "Qor malikasi"), Anvara (Oʻ. Umarbekov, "Qiyomat qarz"), Kamola (R. Tagor, "Gang daryosining qizi"), Masha (L. Tolstoy, "Tirik murda"), Mariya Styuart (F. Shiller, "Mariya Styuart"), Antigona (Sofokl, "Antigona"), Shakuntala (Kalidasa, "Yoʻqolgan uzuk"), Milli (A. Fugort, "Bu yerda odamlar yashaydi"), Norboyeva "Oʻzbekfilm" va "Tojikfilm" ki-nolarida ham oʻziga xos obrazlar yarat-di (Surayyo, "Surayyo"; Nodiya, "26-otilmasin"; Zamira, "Fidoyi"; Xadicha, "Qalbingda quyosh"; Malohat, "Senga intilaman"; Taxmina, "Rustam haqida doston", "Rustam va Suhrob"; Xayri, "Yurak amri bilan" va boshqalar). Videofilmlarda ham suratga tushgan (Xadichabegim, "Bobur" va boshqalar)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil