Kontent qismiga oʻtish

Oydoʻstbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oydoʻstbiy (? - 1828) - Qoraqalpoqlarning qongʻirot urugʻidan boʻlgan aslzoda. Muhammad Rahimxon I ning qoraqalpoqlarini Xiva xonligi tarikiga kiritish siyosatini qoʻllab-quvvatlagan qoraqalpoq biylarining eng taniqlisi Oydoʻstbiy.

Caption text
Oydoʻstbiy

Oydoʻstbiy Xiva xonligi bilan qoraqalpoqlar munosabatlarini yuqori darajaga koʻtara olgan inson, Muhammad Rahimxon I qoraqalpoqlarga taluqli masalalarda Oydoʻstbiy bilan maslahatlashgan va unga qoraqalpoq ulusidan soliqlar yigʻish, urugʻlarning nizolarini hal qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotini barqarorlashtirish kabi masʼuliyatli vazifalarni topshirgan. Muhammad Rahimxon I davrida Oydoʻstbiy katta obroʻga erishdi, xon saroyida ham unga hurmat katta boʻlgan, u Xiva shahriga kelganida saroyda uni "biybobo" deya kutib olishgan va har gal ortga sovgʻa-salomlar bilan joʻnatishgan. Xiva taxtiga Olloqulixon kelgandan soʻng davlatning siyosiy hayotida tushkinliklar boshladi. Soliqlardan norozi boʻlgan xalq isyon koʻtardi, Oydoʻstbiy yangi xon bilan chiqisha olmasligi sabab isyonga oʻzi boshchilik qildi. Oydoʻstbiy askarlari Qongʻirot shaxrini egallay olmadi, xonlik qoʻshinlari harbiy tarafdan ustun keldi. Harakatlari besamar ketgan Oydoʻstbiy oʻz yaqinlari bilan xonlik hududini tark etishga qaror qildi va shimoliy sharqiy tarafga yoʻl oldi, yoʻlda ular eski Shirik-Rabot qoʻrgʻonida tunab qoldi, ularni ortidan xon yasavullari ham yetib keldi, Oydoʻstbiyga taslim boʻlish taklif etildi, lekin u jangni tanladi. Ikki oradagi toʻqnashuvda yosh jihatdan ulugʻ boʻlgan Oydoʻstbiy vafot etdi, uning yaqinlari xonlikga qaytarildi. Shu tariqa oʻzining mashhurligi va olgʻir siyosati bilan tanilgan biyning hayot yoʻli barham topdi.

.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

[1] S.K Kamalov, Karakalpaki v XVIII-XIX vekax, Tashkent, 1968.





Yernazar Olakoʻz

Qoraqalpoqlar