Oyoq
Oyoq — tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda Oyoqning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshash. Koʻp qilli halqalilarning juda sodda tuzilgan juft oyogʻi muskulli, kalta, lekin serharakatdir. Xordali hayvonlar oyogʻi toq va juft boʻladi. Quruklikda yashaydigan barcha umurtqali hayvonlarda toq Oyoq boʻlmay-di, biroq ular suvda yashashga oʻtsa, toq Oyoq (suzgich qanotlar) qayta vujudga kelishi mumkin (mas, ixtiozavrlar, kitlar va boshqalarda). Toq Oyoq tufayli hayvon suvda muvozanatini saqlaydi, oldinga harakat qiladi va, asosan, oʻzini-oʻzi boshqaradi. Juft Oyoq dastlab baliqlarda paydo boʻlgan, u suvga shoʻngʻish yoki koʻtarilishni boshqaradi va muvo-zanatni saqlaydi.
Har bir Oyoq muskullar yordamida harakatlanuvchi va bir-biri bilan tutashgan togʻayli yoki suyakli skeletdan iborat. Kuruklikda yashaydigan umurtqali hayvonlarning oyoklari 3 boʻlimdan tashkil topgan; Oyoq kamari bilan tutashuvchi yelka (oldingi Oyoqda) yoki son (orqa Oyoqda), bilak (oldingi Oyoqda) yoki boldir (orqa Oyoqda) va panja (oldingi Oyoqda) yoki pay (orqa Oyoqda).
Evolyusiya jarayonida juft Oyoq koʻp oʻzgarishlarga uchragan. Uchar kaltakesaklar, qushlar va koʻrshapalaklarda uchishning taraqqiy etishi tufayli oldingi Oyoq kanotga, dengiz kaltakesaklari, kitsimonlar, kurakoyokli sut emizuvchilarniki kurakka aylangan va hokazo Baʼzan hayvonlarning oldingi oyoklari kovlashga (krotda), ayrimlarini-ki ushlashga (maymunlarda) moslashgan. Funksional ahamiyati kamayishi sa-babli ayrim hollarda juft oyoq yoʻq boʻlib ketgan (mas, ilonbalikdarning qorin suzgich qanoti, kitsimonlar va sirenalarning orka oyoklari, oyoqsiz amfibiyalar hamda barcha ilonlarning ikkala juft oyoklari va hokazo).
Odam da Oyoq suyaklari va muskullari gavdani koʻtarib turishga va turli hamda murakkab harakatlarni bajarishga moslashgan. Shuning uchun oyoq relyefining qoʻlga nisbatan oʻziga xos boʻlishida oyoq suyaklari, muskullari aqamiyatga ega. Oyoq dumba, son, boldir va oyoq kaftidan iborat. Dumba sohasining hajmi katta, boʻrtgan. Son hajmi oʻrta-sidan torayib borgan. Tizza qismi ol-dinga boʻrtgan, orqa sohasida tizza osti chuqurchasi joylashgan. Boldir soxasining orqa qismi muskul hisobiga boʻr-tib, pastga tomon asta kamayib boradi. Oyoq kafti koʻndalang joylashgan, pastki yuzasi yey shaklida boʻlgani uchun harakat osonlashadi.
Oyoq relyefi yosh, jins va odam krmatiga qarab turlicha boʻladi. Oyoq panjasi kaft oldi, kaft va barmoklardan tashkil topgan. Juda koʻp pishiq boylamlar va koʻplab muskullar paylari bilan yaxlitlashgan kaft oldi suyaklari yuqorida boʻrtib chiqqan gumbaz hosil qiladi. Oyoq panjasi boylamlari va muskulining zaiflashishi Oyoq panjasining yassilanishiga sabab boʻladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |