Futbol boʻyicha Ozarbayjon chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ozarbayjon Premyer-ligasidan yoʻnaltirildi)
Davlat Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Konfederatsiya UEFA
Tashkil etilgan 1992 (32 yil avval) (1992)
Jamoalar soni 10 ta
Pastki liga Birinchi liga
Ichki kuboklar Ozarbayjon kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Chempionlar ligasi
UEFA Yevropa Ligasi
UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi
Amaldagi chempion Qarabağ
Eng koʻp marta chempion Qarabağ (11 ta chempionlik)
TV hamkorlar CBC Sport
Veb-sayt pfl.az

Ozarbayjon Premyer-ligasi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Premyer Liqası) Ozarbayjon futbolidagi eng yuqori darajali chempionat. 4 davrali tizim asosida oʻtkaziladi.

2007—2008-yilgi mavsumdan eʼtiboran Ozarbayjon chempionati nomi „Oliy liga“dan „Premyer-liga“ga oʻzgartirildi[1]. CBC SPORT HD telekanali musobaqa homiysi hisoblanadi.

2022—2023-yilgi mavsumdan eʼtiboran turnirda 10 ta jamoa ishtirok etib kelmoqda.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjondagi dastlabki futbol klublari 1905-yilda tashkil etila boshlagan. Jamoalar, asosan, Boku shahridagi yirik neft sanoati korxonalariga qarashli boʻlgan.

Birinchi rasmiy chempionat 1911-yilda Bokuda oʻtkazilgan. Unda ingliz neft kompaniyasining „British Club“ nomli jamoasi gʻalaba qozongan.

Ozarbayjon klubi ishtirokida xalqaro maydondagi ilk bahs 1912-yilda Tbilisida boʻlib oʻtgan. Unda Ozarbayjonning „Boku“ futbol klubi „Falcon“ klubiga qarshi bahs olib borgan va 4:2 hisobida gʻalaba qozongan.

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, 1992-yil mart oyida Ozarbayjon Futbol Federasiyalari Assotsiatsiyasi (AFFA) tashkil etilgan. 1994-yilda AFFA UEFA va FIFA tashkilotlariga aʼzo boʻlgan.

Ozarbayjon mustaqillikka erishgandan keyingi ilk chempionat 1992-yilda oʻtkazilgan. Unda 26 ta jamoa ishtirok etgan. mazkur chempionatda Bokuning "Neftchi" klubi gʻolib boʻlgan. Kumush medallarga Sumgaitning „Xazar“ klubi ega chiqqan. Bronza medali esa Tovuzning „Turon“ klubiga nasib etgan. Xazar klubi aʼzosi — Nozim Aliyev 39 gol bilan chempionatning eng yaxshi toʻpurari deb topilgan.

2023—2024-yilgi mavsumda „Qarabağ“ futbol klubi chempionat tugashiga 8 tur qolganda chempionlikni qoʻlga kiritgan. Bu natija klubni muddatidan oldin chempionlikni qoʻlga kiritish boʻyicha oʻz rekordini yangilashiga sabab boʻlgan. Avvalgi rekord 2015—2016 va 2017—2018-yilgi mavsumlarda qayd etilgan. Chempionat tugashiga toʻrt tur qolganda „Qarabağ“ chempionlikni qoʻlga kiritgan edi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]