Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatidan yoʻnaltirildi)
Maqom Respublika
Parlament raisi  
• 1918 — 1920
Alimardon Topchubashov
Keyingi davlat
Kavkazorti Demokratik Federativ Respublikasi
Rossiya Imperiyasi Ozarbayjon Sovet Sotsialistik
Respublikasi Kavkazorti Sotsialistik Federativ
Sovet Respublikasi

Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati (ozar. آذربایجان خلق جمهوریتی) yoki Ozarbayjon Demokratik Respublikasi (Qisqacha nomi: Ozarbayjon Jumhuriyati yoki Ozarbayjon Respublikasi[1]) —Ozarbayjon xalqining Chor Rossiyasiga qarshi Milliy ozodlik kurashi natijasida I jahon urushi davrida Shimoliy Ozarbayjonda tuzilgan mustaqil davlat va Musulmon Sharqida ilk parlament respublika. Poytaxti avval Ganja, keyin Boku shahri boʻldi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasining paydo boʻlish davrida Janubiy Kavkazda ozarbayjonlar yashagan hududlar taxminan 150 ming kv.km ga yaqin edi. 1918-yilda Janubiy Kavkazda mustaqil davlatlar paydo boʻldi, qadimgi Ozarbayjon tuproqlarining bir qismida Armaniston Respublikasi yaratildi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati Ozarbayjonning qadimgi madaniyat markazlaridan biri boʻlgan, sobiq Irevan xonligi poytaxti hisoblangan Irevanni ham armanlarga berib yuborishga va uni yangi tuzilgan Armaniston Respublikasining „Siyosiy markazi“ sifatida tan olishga majbur boʻldi. Shunday qilib, Janubiy Kavkaz respublikalari orasida chegara masalalari qisman tartibga solingach, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Janubiy Kavkazdagi tarixiy Ozarbayjon yerlarining 113,9 ming kv. km-ni[2] qamrab olardi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi aholisi 3,3 milliondan koʻp edi.

Davlat hokimiyati uch qismdan iborat edi: Ozarbayjon Parlamenti, Hukumat, sud hokimiyati. Davlat parlament qabul qilgan qonun va qarorlar asosida boshqarilardi. Parlamentda Ozarbayjon hududida yashagan barcha xalqlar, shu jumladan, miqdor jihatdan oz boʻlgan xalqlar ham oʻz deputatlari bilan ishtirok eta olardilar. Ijro hokimiyati Hukumatga tegishli edi. Hukumat Parlamentga tobe edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati 1918-yil 28-maydan 16-iyungacha Tbilisida, 16-iyundan 17-sentabrgacha Ganjada, 17-sentabrdan 1920-yil 28-aprelgacha Bokuda faoliyat koʻrsatdi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parij Bitim Konferensiyasi qaroriga asosan mustaqil davlat sifatida tan olingandi. Dunyoning bir qancha mamlakatlari bilan elchilik va konsullik miqyosida diplomatik munosabatlar oʻrnatgan, ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar, shartnomalar tuzilgandi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi mustaqil sud tizimining tuzilishida ham muhim chora-tadbirlar amalga oshirilgandi.

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 1920-yil 28-aprelda xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzgan RSFSR ning harbiy harakatlari natijasida yoʻq qilindi. Shimoliy Ozarbayjon rus-bolshevik qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va qaytadan Rossiyaga boʻysundirildi. 1991-yilda Sovet Sotsialist Respublikalari Ittifoqi parchalanishi natijasida Ozarbayjon xalqi Shimoliy Ozarbayjonda davlat mustaqilligini qayta tikladi. Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon Demokratik Respublikasining vorisi hisoblanadi.

Ozarbayjon mustaqilligi deklaratsiyasi Ozarbayjon tilida

Mustaqil Ozarbayjon davlatining tuzilishi Kavkazorti Demokratik Federativ Respublikasining parchalanishi vaqtida yuz berdi. 1918-yil 27-mayda sobiq Kavkazorti Seymining musulmon fraksiyasi paydo boʻlgan siyosiy vaziyatni muzokara qilish uchun favqulodda majlis chaqirdi. Uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Vaqtinchalik Milliy Kengash tuzishga qaror qilindi. Vaqtinchalik Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Milliy Kengashi raisi vazifasiga Muhammad Amin Rasulzoda (Musovot Partiyasi raisi), Ijro Qoʻmitasi raisi vazifasiga esa Fatalixon Xoyskiy (partiyasiz) saylandi.

1918-yil 28-mayda Milliy Kengashning birinchi majlisi oʻtkazildi va majlisda Ozarbayjon mustaqil davlat deb eʼlon qilinishi haqidagi tarixiy qaror qabul qilindi. Shu tariqa 100 yillik tanaffusdan soʻng Ozarbayjonning Sharqiy va Janubiy Kavkazorti hududlarida milliy davlatchilik barpo etildi. Oʻsha majlisda yangi demokratik davlat tuzilishi faktini huquqiy jihatdan tasdiqlovchi „Ozarbayjon mustaqilligi toʻgʻrisidagi Akt“ qabul qilindi.[3][4]

1918-yilning yoz oylarida Ozarbayjonda siyosiy vaziyat ikki hokimiyatlilik shaklida edi va mustaqillik yoʻlidagi kurash shu sharoitda davom etardi. Ozarbayjonning sharqiy qismida — Boku va Boku gubernatorligida Boku Xalq Komissarlari Soveti faoliyat koʻrsatardi. Mintaqaning gʻarbiy qismi esa (Ganja va Ganja gubernatorligi) Ozarbayjon Demokratik Respublikasi milliy hukumatining hokimiyatiga qarashli edi. 4-iyunda Ozarbayjon va Usmoniylar Imperiyasi orasida Sulh va Doʻstlik shartnomasi imzolandi va bir kun oʻtgach, Turk qoʻshini Ganjaga kirdi. 1918-yil 16-iyunda Milliy Kengash aʼzolari va Ozarbayjon Respublikasi hukumati Tbilisidan siyosiy vaziyat juda qaltis boʻlgani sababli Ganjaga koʻchdi.[5][6][7]

1918-yil 17-iyunda Milliy Kengash oʻz istefosi haqida qaror qabul qildi va ovoz berish yoʻli bilan saylangan Muassislar Majlisining chaqiriq vazifasi ilgari surilgandi. Milliy Kengash tayinlagan muddat 1918-yil 16-dekabrda yakunlanardi. 23-iyunda Fatalixon Xoyskiy Ozarbayjon aholisiga murojaat qildi va milliy hukumatning tasdiqlanishi uchun doʻst Turkiya koʻmagining ahamiyatini taʼkidladi. Oʻsha kuni hukumat respublikaning barcha hududlarida harbiy vaziyat eʼlon qildi. Batum shartnomasiga asosan, Ozarbayjon Respublikasiga yordam uchun Turkiya qoʻshinining umumiy soni 15 minggacha boʻlgan 5 va 15-diviziyalar joʻnatildi.[8][9]

Hukumatning 1918-yil 24-iyundagi qaroriga asosan Ozarbayjon davlat bayrogʻi sifatida qizil fonda oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan qizil matodan tayyorlangan bayroq qabul qilindi.[10] 9-noyabrda bu bayroq oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan moviy, qizil va yashil rangli bayroq bilan almashtirildi. Ozarbayjon Respublikasi davlat bayrogʻining uch rangi „turk milliy madaniyatini, zamonaviy Yevropa demokratiyasini va islom sivilizatsiyasini anglatardi“.[11]

Bokuda Kavkaz islomiy armiyasining sharafli oʻtishi

27-iyunda Kavkaz Islom Qoʻshini Koʻksoy yaqinida Boku Sovet qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozondi. Oʻsha kuni Ozarbayjon turkchasi Ozarbayjon Respublikasining davlat tili deb eʼlon qilindi. 10-iyulda Kurdemir va Shamaxi Kavkaz Islom Qoʻshini tomonidan ozod qilindi. 25-iyulda Boku Soveti tomonidan inglizlarning Bokuga taklif qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 31-iyulda esa Boku xalq Komissarlari Kengashi parchalandi.

1-avgustda Sentrokaspiy Diktaturasi va Boku ishchi va askar deputatlari Soveti Vaqtinchalik Qoʻmitasi Boshqaruv Hay’ati Hukumatini tuzdi. 1918-yil 4-avgustda Anzalidan kelgan polkovnik S.Stoksun qoʻmondonlik qilgan ilk Britaniya qoʻshini Bokuga kirdi. 11-avgustda Ozarbayjon hukumati umumiy safarbarlik haqida qaror qabul qildi.[12]

26-avgustda Nuri poshsho rahbarligi ostidagi Usmoniylar va Ozarbayjon Demokratik Respublikasi qurolli kuchlaridan iborat Kavkaz Islom Armiyasi bilan Bolshevik Doshnoq-Boku Soveti qurolli kuchlari orasida Boku jangi boʻlib oʻtdi.[12] Keyinchalik jangga Buyuk Britaniya, Armaniston va Rossiya qurolli kuchlari ham aralashdi va bu jang Kavkaz kampaniyasining soʻnggi jangi boʻldi.[12] Lekin Boku jangi bilan ziddiyat yakun topmadi va hodisalar Ozarbayjon va Armaniston urushi bilan davom etdi.[13][14]

Noyabrda Ozarbayjon Milliy Kengashi tuzildi va Goriy seminariyasining Ozarbayjon boʻlinmasi Qazaxga koʻchdi. 17-noyabrda Ozarbayjonga ittifoqdosh qoʻshinlar kirdi. 7-dekabrda Ozarbayjon parlamentining ochilishi boʻldi. Bu oyda Boku Ishchi Konferensiyasi tashkiloti tuzildi va umumiy taʼtil eʼlon qilindi. Britaniya generali Uilliam Montgomeri Tomson F.Xoyskiy yaratgan va 1918-yil 26-dekabrda parlament tasdiqlagan hukumatga ittifoqdoshlar qoʻmondonligining har tomonlama yordam berishi haqida bayonot berdi.[7]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tomonidan tuzilgan xorijiy pasport

1919-yil 15-yanvarda Qorabogʻ general gubernatorligi tashkil topdi va Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh qarorgohi tuzildi. 4-fevralda berilgan soʻrovlarda hukumat aʼzolaridan ichki ishlar vaziri Xalilbey Xasmammadov, qishloq xoʻjaligi vaziri Konstantin Lizgar, tijorat va sanoat vaziri oʻrinbosari T. Safaraliyev chiqish qildilar. Hatto muxolifat talabi bilan hukumat rahbari F.Xoyskiyning oʻzi ham parlament oldida chiqish qildi. Shunga qaramay Qorabey Qorabeyov oʻz fraksiyasi nomidan hukumat bayonini qoniqarsiz deb hisobladi va ularni qayta koʻrib chiqilishini taklif qildi. „Musovot“ fraksiyasi, xolislar va milliy ozchilik hukumatni yoqlab chiqdi. Musovotchilar muxolifatni barcha mas’uliyatni hukumatga yuklashda aybladilar. Partiya majlisida chiqish qilgan M.A.Rasulzoda bu mavzuda qayta koʻrib chiqishning imkoni yoʻqligini qayd qildi. Nima boʻlganda ham hukumatni agʻdarish Ozarbayjon mustaqilligining dushmanlari foydasiga boʻlishini taʼkidladi.[7]

25-fevralda hukumat rahbari F.Xoyskiy sogʻligʻidagi muammolar tufayli vakolatlarini topshirish toʻgʻrisida bayonot berdi. M.A.Rasulzoda taklifi bilan parlament bu istefoni muzokarasiz qabul qildi. F.Xoyskiy yangi hukumat tashkil qilingungacha ijro hukumatiga rahbarlik qildi. Yangi hukumatning tashkil qilinishi bilan nomzodligi Ittihod Partiyasidan boshqa barcha fraksiyalar tomonidan yoqlab chiqilgan „Musovot“ fraksiyasi aʼzosi Nasibbey Yusufbeyliga topshirildi.[15]

1919-yil 28-mayda Ozarbayjon vakillik hay’ati AQSh prezidenti Vudro Vilson bilan koʻrisha oldi.[16] U ozarbayjonlarga janubiy Kavkaz xalqlari konfederatsiyasi gʻoyasini muzokara qilishni maslahat berdi. Millatlar jamiyatining himoyasiga topshiiluvchi mamlakat sifatida konfederatsiya katta davlatlardan birining mudofaasidan umid qila olardi. 11-iyunda hukumatning Davlat Mudofaa Qoʻmitasi tashkili toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.[17] 1919-yil 13-iyunda Bokuda Ozarbayjonda ingliz qoʻshinlarini olib qolishiga qarshi ishchilar mitinglari boʻlib oʻtdi.[18] Bir kun oʻtgach, Davlat Mudofaa Qoʻmitasi tomonidan Ozarbayjon hududida harbiy vaziyat eʼlon qilindi. 27-iyunda „Hudud yaxlitligini birgalikda asrash toʻgʻrisida“ Ozarbayjon-Gruziya shartnomasi Parlament tomonidan tasdiqlandi.[7]

Avgustda Ozarbayjon Parlamenti tomonidan Ozarbayjon fuqaroligi toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.[19] 19-avgustda Angliya-Eron shartnomasiga koʻra Eron Ozarbayjonga boʻlgan hudud daʼvolaridan voz kechganini bayon qildi va inglizlar Bokudan chiqib keta boshladilar.[20] 23-noyabrda Tbilisida Ozarbayjon va Armaniston tomonlari orasida sodir boʻlgan ziddiyatlarga nuqta qoʻyish va chegara masalalarini sulh yoʻli bilan hal qilishni nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi. Dekabrda „Musovot“ partiyasining II qurultoyidan soʻng, Parlament tomonidan hukumatning yangi tarkibi tasdiqlandi.[21]

Bokuda Qizil Armiya xodimlari va xodimlari yig'ilishi. 1920-yil.

Sovet Rossiyasi tomonidan xavf borgan sari ortar edi. Shu sababli ham 1920-yil 2-yanvarda RSFSR xalq tashqi ishlar komissari Georgiy Chicherning oq gvardiyachi Anton Denik armiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifi bilan tashqi ishlar vaziri F.Xoyskiyga joʻnatgan maktubi Ozarbayjonni Rossiyaning ichki ziddiyatlariga jalb qilish va bu bilan kelajakda Ozarbayjonni bosib olish uchun koʻzlangan siyosiy manevrdan boshqa hech narsa emas edi.[22] Chicher maktubining asosiy maqsadini anglab yetgan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri F.Xoyskiy bu taklifni Ozarbayjonning Rossiya ichki ishlariga aralashuv sifatida baholagan holda rad etdi.[23] F.Xoyskiy oing 1920-yil 14-yanvardagi tarixiy javob maktubida Denik masalasi Rossiya davlatining ichki masalasi ekanligini va Ozarbayjon suveren davlat sifatida boshqa suveren mamlakatning ichki ishlariga aralashmasligini alohida taʼkidladi. Bu bilan vazir mustaqil Ozarbayjonning ichki siyosatiga aralashmaslikni ham talab qildi.[24]

11-yanvarda Parij Sulh Konferensiyasida Lord Jorj Kerzon taklifi bilan ittifoqdoshlarning Oliy Kengashi quyidagi mazmunda qaror qabul qildi: „Ittifoqdosh va birlashgan davlatlar Ozarbayjon va Gruziya hukumatlarini de-fakto darajasida birgalikda tan oladilar“.[25] Birozdan soʻng Yaponiya Oliy Kengashning 11-yanvardagi qaroriga qoʻshildi. 13-yanvarda AQShning Parijdagi elchisi Valles Britaniya va Fransiyaning Ozarbayjon va Gruziyaning mustaqilligini de-fakto tan olishi va ularga yordam berishga tayyorliklari borasida Vashingtonga maʼlumot berdi.[26]

Hukumat siyosatiga qarshi uning baʼzi aʼzolari ham muxolifatchi mavqesida edilar. Asosiy kurash liberal liniya tarafdori ichki ishlar vaziri Mammadxasan Hajinskiy bilan radikal tadbirlar tarafdori tashqi ishlar vaziri F.Xoyskiy orasida sodir boʻldi. Radikallar gʻolib boʻldilar va 1920-yil 18-fevralda Mammadxasan Hajinskiy ichki ishlar vaziri vazifasidan ketdi, „Musovot“ partiyasi aʼzosi Mustafobey Vakilov ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 1920-yil 23-martda Ahmadbey Pepinov vazir vakolatlaridan bosh tortdi. Bu hodisa vaziyatni murakkablashtirdi. Pepinov ortidan 9-aprelda boshqa sotsialist vazir Jamobey Hajinskiy ham istefoga chiqdi. Sotsialistlar fraksiyasi aʼzolarining va Ittihod vakillarining ketishi hukumat inqirozini keskinlashtirdi. Hukumatda qolgan musovotchilar endi Vazirlar Mahkamasi yoʻq boʻlishining oldini olishga ojiz boʻlib qolgandilar.[27] Shunday qilib, mustaqillik mavqeyida boʻlgan barcha siyosiy quvvatlarning samarali birlashishiga boʻlgan umid oʻzini oqlamadi. Sovet xavfiga qarshi kurash uchun umumiy platforma tayyorlashning imkoni boʻlmadi, natijada Sovet armiyasining Ozarbayjon chegaralariga yaqinlashishi haqida olingan ilk xabarlar hukumatning parchalanishiga sabab boʻldi.[28]

XI Qoʻshinning old qismlari 27-aprelga oʻtar kechasi Bokudagi kommunistlarning chiqishlari boshlangunigacha Sergo Orjonikidzening faol ishtiroki bilan Mixail Tuxachevskiy va qarorgoh raisi S.A.Pugachov rahbarligi ostida Kavkaz fronti qarorgohi tomonidan rejasi oldindan tuzilgan va tayyorlangan Boku amaliyoti amalga oshirila boshlandi.[29] Kavkaz fronti qoʻmondonligining 1920-yil aprel oyidagi 490-sonli direktiviga asosan XI Qoʻshinning qoʻmondoni Mixail Karlovich Levandovskiy 27-aprelda Ozarbayjon chegarasidan oʻtishi va eng qisqa muddatda Boku gubernatorligi hududini bosib olishi lozim edi.[30]

27-aprelda soat 1:05 da Ozarbayjon parlamentiga ultimatum berilishidan 12 soat avval Anastas Mikoyan, Q.Jabiyev va Gazanfar Musabeyov boʻlgan „III Baynalmilal“ zirhli poyezdi Samur koʻprigidan oʻtdi va yoʻl boʻyi tasodifan uchrab qolgan kam sonli va tarqoq Ozarbayjon armiyasi qismlarining toʻsiqlarini yorib kirib Boku tomon yoʻl oldi. Ikki soatlik qonli janglardan soʻng zirhli poyezdlar Yalama stansiyasini qoʻlga kiritdilar. Stansiyani 4 zambarak va 10 pulemyot bilan Quba polkining 2 qismi, suvoriy divizioni (300 ga yaqin qilich), jandarma boʻlinmasi (200 nafarga yaqin) qoʻriqlar edi. Bu jangda Sovet askarlarining 6 tasi oʻldirildi va 8 tasi yaralandi.[31]

1920-yil mayda Bokudagi oltin armiya.

Suvoriy-togʻ divizioni (3 qism), kurd batalyonining 2 rotasi (2 qism), qattiq qoʻriqlanuvchi Xudat stansiyasi yaqinida 1 N-li Ozarbayjon zirhli poyezdining oltin zirhli poyezdlarni ilgarilashini toʻxtatish uchun qilgan urinishlari bekor ketdi.[32] Sovet zirhli poyezdlari harakatini kechiktirish maqsadida ortga chekingan askarlar Xachmaz stansiyasi yaqinida koʻprikni yoqib yubordilar va yoʻl oʻzgartiruvchini ishdan chiqardilar. Lekin yongʻin zudlik bilan oʻchirildi, oʻzgartiruvchi tuzatildi va shundan soʻng zirhli poyezdlar hech bir toʻsiqsiz Bokuga harakat qila boshladilar.[33] Oxirgi qisqa muddatli jang Xirdalan va Bilachari stansiyalari orasida sodir boʻldi va shundan keyin Ozarbayjon zirhli poyezdi Keshle, keyin esa Boku stansiyasidan uzoqlashdi. 27-aprel soat 23:00 da Bilachari stansiyasi sovet zirhli poyezdlari tomonidan qoʻlga olindi, soat 4:00 da esa „III Baynalmilal“ zirhli poyezdi Boku stansiyasiga keldi. 30-aprelda XI Qoʻshinning asosiy qismi shaharga kirib bordi. Ularning ilgarilash vaqti Xalil Poshsho boshchiligida mahalliy aholi orasida tashviqot olib borgan va aholini Qizil Armiyaga qarshilik koʻrsatmaslikka chaqirgan turk zobitlari guruhi Sovet qoʻshinlariga faol yordam berardi. Oʻsha kuni 7-suvoriy diviziyasi qismlari Shamaxi va Oqsuvga kirdilar, 1-mayda esa Ozarbayjon qismlarining qarshiliklarini yengib oʻtgan sovet zirhli poyezdlari Ganja stansiyasini qoʻlga kiritdilar.[34]

1-mayda Volga-Kaspiy harbiy floti kemalari Boku portiga kirib bordi. 3-4-mayda Lenkoran va Astaraga harbiy dengiz desantlari chiqarildi.[35] 5-mayda XI Qoʻshinning suvoriy qismlari Qazaxga, 7-mayda Yevlax rayonlariga kirdilar. 1920-yil mayning oʻrtalarida XI Qoʻshin Ozarbayjon Demokratik Respublikasining deyarli barcha hududini oʻz nazoratiga oldi.[36] Shunday qilib, Rossiya aralashuvi natijasida milliy Ozarbayjon hukumati hokimiyati agʻdarildi.

Hukumat va siyosat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parlamentining ochilishi

1918-yil 28-mayda Milliy Kengash Ozarbayjon Demokratik Respublikasining birinchi hukumat mahkamasini tashkil etishni Milliy Kengash aʼzosi, partiyasiz Fatalixon Xoyskiyga topshirdi. Bir soatlik tanaffusdan soʻng yigʻilgan Milliy Kengash majlisida Fatalixon Xoyskiy boshchiligi bilan Respublikaning ilk Hukumati tasdiqlandi. Ilk Hukumatda vazifalar quyidagi tarzda taqsimlandi: Fatalixon Xoyskiy — Vazirlar Mahkamasi raisi va ichki ishlar vaziri; Xosrovbey Sultonov — harbiy vazir; Mammadhasan Hajinskiy — tashqi ishlar vaziri; Nasibbey Yusufbeyli — moliya va xalq maorifi vaziri; Xalilbey Xasmammadov — adliya vaziri; Mammad Yusuf Jafarov — tijorat va sanoat vaziri; Akbar ogʻa Shayxulislomov — ekinchilik va mehnat vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yoʻllar, pochta va telegraf vaziri; Jamobey Hajinskiy — davlat nazorati vaziri.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parlamentining ilk taʼsis majlisi 1918-yil 7-dekabrda Bokuda Tagiyev qiz maktabida boʻldi. Ozarbayjon parlamentining qonun chiqaruvchi va markaziy davlat organlarini shakllantirish, ularning vakolatlarini aniqlash funksiyasidan boshqa bu yoki boshqa organ hisobotini tinglab, ular haqida muvofiq qaror qabul qilish, ahuningdek, oliy davlat nazoratini amalga oshirish funksiyalari bor edi. Parlament majlislarining kundaligidan bir qanchasi bu masalalarga bagʻishlangan va bu borada maxsus qarorlar qabul qilingandi.[38]

Ozarbayjon Milliy Kengashi va Hukumatining amalga oshirmoqchi boʻlgan tadbirlarning „haddan ortiq demokratik“ ekanligidan norozi boʻlgan Ozarbayjon burjuaziyasi va mulkdorlarining muayyan doiralar taʼsiri bilan Nuri Poshsho Ozarbayjon Milliy Kengashi va Hukumatini shubha bilan qabul qildi.[37] 16-iyunda Ganjaga kelgan Ozarbayjon Milliy Kengashining 17-iyunda Muhammad Amin Rasulzoda raisligi bilan ikki majlisi oʻtkazildi. Ozarbayjon Milliy Kengashi 17-iyunda Fatalixon Xoyskiy rahbarligi bilan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining ikkinchi hukumat mahkamasi tarkibini tasdiqladi. Ikkinchi Hukumatga Fatalixon Xoyskiydan tashqari Mammadhasan Hajinskiy, Nasibbey Yusufbeyli, Alimardonbey Topchubashov, Xalilbey Xasmammadov, Xosrovbey Sultonov, Xudodotbey Rafibeyli, Xudodotbey Malik-Aslanov, Ogʻa Ashurov, Abdulalibey Amirjonov va Musobey Rafiyev ham kirdi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Hukumati Bokuga koʻchgach, 1918-yil 16-oktabrda Fatalixon Xoyskiy tashkil qilgan ikkinchi hukumatda oʻzgarishlar sodir boʻldi va vazifalar quyidagi tarzda taqsimlandi: Fatalixon Xoyskiy Vazirlar Kengashi raisi; Behbudxon Javanshir — ichki ishlar vaziri hamda tijorat va sanoat vaziri; Alimardonbey Topchubashov — tashqi ishlar vaziri; Mammadhasan Hajinskiy — moliya vaziri; Nasibbey Yusufbeyli — xalq maorifi vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yoʻllar vaziri; Xosrovbey Sultonov — ekinchilik va davlat kadastri vaziri; Ogʻa Ashurov — pochta va telegraf vaziri; Xudodotbey Rafibeyli — sogʻliqni saqlash vaziri; Musobey Rafiyev — himoya va diniy eʼtiqod vaziri; Ismoilxon Ziyodxonov — harbiy ishlar boʻyicha vakil; Abdulalibey Amirjonov — davlat mufattishi.[37]

26-dekabrda Fatalixon Xoyskiy uchinchi hukumat mahkamasining programmasi va tarkibi borasida Parlamentda chiqish qildi.[37] Muzokaralardan soʻng Parlament Fatalixon Xoyskiy Bosh vazir vazifasi bilan birga tashqi ishlar vaziri maqomiga ham ega boʻldi. Uchinchi hukumat mahkamasida Xalilbey Xasmammadov — ichki ishlar vaziri; I.Protasov — moliya vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yoʻllar vaziri; Nasibbey Yusufbeyli — maorif va diniy eʼtiqod vaziri; Aslanbey Safikurdskiy — pochta-telegraf va mehnat vaziri; Samadbey Mehmondorov — harbiy vazir; Rustamxon Xoyskiy — Himoya vaziri; Yevsey Gindes — sogʻliqni saqlash vaziri; Mirza Asadullayev — tijorat va sanoat vaziri; Mammadhasan Hajinskiy — davlat nazorati vaziri; Konstantin Lizgar — qishloq xoʻjaligi vaziri; Xosrovbey Sultonov — ekinchilik va davlat kadastri vaziri; Teymurbey Makinskiy — adliya vaziri vazifasiga tayinlandilar.[37]

Toʻrtinchi hukumat mahkamasining tashkil qilinishi Nasibbey Yusufbeyliga topshirildi. 1919-yil 14-aprelda yangi tuzgan mahkama roʻyxatini Parlamentga taqdim qildi. Nasibbey Yusufbeyli oʻzi tuzgan Hukumatda Vazirlar Kengashi raisi va ichki ishlar vaziri vazifasida edi. Boshqa vazifalar quyidagi tarzda taqsimlandi: Elogʻa Hasanov — moliya vaziri; Ogʻa Aminov — tijorat va sanoat vaziri; Mammadyusuf Jafarov — tashqi ishlar vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yoʻllar vaziri; Jamobey Hajinskiy — pochta va telegraf vaziri; Samadbey Mehmondorov — harbiy vazir; Viktor Klevenskiy — himoya vaziri; Abram Dastakov — sogʻliqni saqlash vaziri; Rashidxon Qoplonov — maorif va diniy eʼtiqod vaziri; Aslanbey Qardashov — ekinchilik va davlat kadastri vaziri; Narimonbey Narimonbeyli — davlat nazorati vaziri; Aslanbey Safikurdskiy — adliya va mehnat vaziri; X. Amaspur — portfelsiz vazir. Keyinchalik Mammadhasan Hajinskiy ichki ishlar vaziri vazifasiga tayinlandi[37].

Ganja shahrida Xalq Respublikasining binosi

1920-yil 22-dekabrda oʻzining ikkinchi, Respublikaning esa beshinchi hukumat mahkamasini tashkil qilgan Nasibbey Yusufbeyli unga 1920-yil martining oxirigacha rahbarlik qildi. Nasibbey Yusufbeyli tuzgan hukumatda Fatalixon Xoyskiy — tashqi ishlar vaziri; Samadbey Mehmondorov — harbiy vazir; Mammadhasan Hajinskiy — ichki ishlar vaziri; Xalilbey Xasmammadov — adliya vaziri; Rashidxon Qoplonov — moliya vaziri; Hamidbey Shaxtatinskiy — maorif va diniy eʼtiqod vaziri; Ahmadbey Pepinov — ekinchilik va mehnat vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov- yoʻllar vaziri (ayni vaqtda vaqtinchalik tijorat, sanoat va qishloq xoʻjaligi vaziri); Jamobey Hajinskiy — pochta va telegraf vaziri; Musobey Rafiyev — himoya va sogʻliqni saqlash vaziri; Haybatqulibey Mammadbeyov — davlat nazorati vaziri vazifalariga tayinlandilar. 1920-yil 18-fevraldan Mustafobey Vakilov ichki ishlar vaziri, Mammadhasan Hajinskiy — tijorat, sanoat va qishloq xoʻjaligi vaziri, 5-martdan esa Nurmammad Shohsuvorov — maorif va diniy eʼtiqod vaziri vazifasiga tayinlandilar.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parlamenti 11 fraksiyadan iborat edi va ularning aʼzolari quyidagilar:

I. Musovot və Partiyasizlar fraksiyasi
  1. Muhammad Amin Rasulzoda (ozar.)
  2. Hasanbey Ogʻayev (ozar.)
  3. Nasibbey Yusufbeyli (ozar.)
  4. Xalilbey Xasmammadov (ozar.)
  5. Mammadhasan Hajinskiy (ozar.)
  6. Abbosquli Kazimzoda (ozar.)
  7. Musobey Rafiyev (ozar.)
  8. Javodbey Malikyagonov (ozar.)
  9. Mehdibey Hajinskiy (ozar.)
  10. Mehdibey Hojiboboyev (ozar.)
  11. Rahimbey Vakilov (ozar.)
  12. Shafibey Rustambeyli (ozar.)
  13. Hoji Salim Oxundzoda (ozar.)
  14. Mustafo Mahmudov (ozar.)
  15. Asafbey Shixalibeyov (ozar.)
  16. Abuzerbey Rizayev (ozar.)
  17. Ahmad Hamdi Qaraagʻazoda (ozar.)
  18. Oğa Aminov (ozar.)
  19. Narimonbey Narimonbeyli (ozar.)
  20. Mirza Sodiq Oxundzoda (ozar.)
  21. Museyibbey Axijanov (ozar.)
  22. Mustafo ogʻa Vakilov (ozar.)
  23. Mammadbagʻir Shayxzamonli (ozar.)
  24. Mammadali Rasulzoda (ozar.)
  25. Murtuza Oxundov (ozar.)
  26. Rizabey Oxundov (ozar.)
  27. Mammadrizo ogʻa Vakilov (ozar.)
  28. Jalilbey Sultomov (ozar.)
  29. Ashrafbey Tagiyev (ozar.)
  30. Mammadyusuf Jafarov (ozar.)
  31. Mirza Asadullayev (ozar.)
  32. Yusuf Ahmadzoda (ozar.)
  33. Baxıshbey Rustamboyev (ozar.)
  34. Fatalixon Xoyskiy (ozar.)
  35. Ogʻabey Safaraliyev (ozar.)
  36. Asadulla Ahmadov (ozar.)
  37. Ogʻa Ashurov (ozar.)
  38. Gʻulomhusaynbey Kazimbeyov (ozar.)
  39. Mir Hidoyatbey Sayidov (ozar.)
II. Ittihod fraksiyasi
  1. Qorabey Qorabeyov (ozar.)
  2. Mir Yoqub Mehdiyev (ozar.)
  3. Gʻoziy Ahmadbey Mammadov (ozar.)
  4. Jamil Lanbaranskiy (ozar.)
  5. Bahrombey Vazirov (ozar.)
  6. Sulton Majid Gʻanizoda (ozar.)
  7. Hamdulla Afandizoda (ozar.)
  8. Zeynalbey Vazirov (ozar.)
  9. Heybatquli Mammadbeyli (ozar.)
  10. Alibey Zizikski (ozar.)
  11. Qorabey Aliverdilar (ozar.)
  12. Asadbey Amirov (ozar.)
  13. İskandarbey Axundov (ozar.)
  14. Ogʻabey Safaraliyev (ozar.)
  15. Yusufali Aliyev (ozar.)
III. Ahror fraksiyasi
  1. Aslanbey Qardashov (ozar.)
  2. Hoji Mulla Ahmad Nuruzoda (ozar.)
  3. Muxtar Afandizoda (ozar.)
  4. Gʻarib Karimoʻgʻli (ozar.)
  5. Bayram Niyoziy Kichikxonli (ozar.)
  6. Qosimoʻgʻli Hoji Ali (ozar.)
  7. Abdulla Qabulov (ozar.)
  8. Hojiacı Husayn Afandiyev (ozar.)
IV. Sotsialistlar fraksiyasi
  1. Samad ogʻa Agamalioʻgʻli (ozar.)
  2. Alihaydar Qarayev (ozar.)
  3. Qasimbey Jamalbeyov (ozar.)
  4. Hoji Karim Sanili (ozar.)
  5. Ahmadbey Pepinov (ozar.)
  6. Jamobey Hajinski (ozar.)
  7. Rizabey Qarasharli (ozar.)
  8. Aslanbey Safikurdski (ozar.)
  9. İbrahim Abilov (ozar.)
  10. Bagʻır Riayev (ozar.)
  11. Vladislav Bakradze (ozar.)
  12. Akbar ogʻa Shayxulislomov (ozar.)
  13. İbrahim İsmayilzoda (ozar.)
  14. Abbasbey Atamalibeyov (ozar.)
V. Partiyasizlar
  1. Bahrom Axundov (ozar.)
  2. Behbudxan Javanshir (ozar.)
  3. Abdulalibey Amirjonov (ozar.)
  4. Ahmadbey Ogʻayev (ozar.)
VI. Mustaqillar
  1. Samadbey Mehmondorov (ozar.)
  2. Xudodotbey Malik-Aslanov (ozar.)
  3. Alimardonbey Topchubashov (ozar.)
  4. Bababey Qabulzoda (ozar.)
VII. Chap mustaqil
  1. Abdullabey Afandizoda (ozar.)
VIII. Slavyan — Rus Ittifoqi fraksiyasi
  1. Viktor Klanevskiy (ozar.)
  2. Vasiliy Kravchenko (ozar.)
  3. Sergey Remizov (ozar.)
  4. Fyodor Kotilevskiy (ozar.)
  5. M.N Vinogradov (ozar.)
IX. Milliy ozchilik fraksiyasi
  1. Lorens Kun (ozar.)
  2. Moisey Guxman (ozar.)
  3. Stanislav Vonsovich (ozar.)
  4. Vasil Kujim (ozar.)
  5. Vladimir Ollongren (ozar.)
  6. Nikolay Mixaylov (ozar.)
  7. ?. Dubrovskiy (ozar.)
X. Arman fraksiyasi
  1. Arshak Paronyan (ozar.)
  2. Yervan Tagionosov (ozar.)
  3. İsak Xoʻjayev (ozar.)
  4. Stepan Tagionosov (ozar.)
  5. Georgiy Shahnazarov (ozar.)
XI. Dashnaksutyun fraksiyasi
  1. Arshak Malxazyan (ozar.)
  2. Xoren Amaspur (ozar.)
  3. Pogos Chubaryan (ozar.)
  4. Abgar Papyan (ozar.)
  5. Aleksandr Ter-Azaryan (ozar.)
  6. Bogdan Balayans (ozar.)
  7. İ. Papyan (ozar.)

Parlamentda faoliyat koʻrsatgan fraksiya va guruhlar orasida eng yirik va boshqaruvchi milliy manfaatlar tashuvchisi boʻlgan Musovot fraksiyasi edi. Bu fraksiya demokratik partiyasizlar guruhi bilan birgalikda Parlament va Hukumat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlashtirar, milliy manfaat bilan bogʻliq barcha qonun va qarorlarning qabul qilinishida hal qiluvchi rol oʻynardi.[37] Parlamentda ikkinchi yirik fraksiya Ittihod fraksiyasiga tegishli edi. Bu fraksiya 1919-yil dekabrigacha milliy-demokratik jarayonga qarshi muxolifatda boʻlgan va hukumatlarning tashkil qilinishida ishtirok etmagan. Parlamentda alohida mavqedan chiqish qilgan fraksiyalardan biri esa sotsialistlar guruhi edi. Ular Ozarbayjonning RSFSR ga birlashishi kerakligini, faqat Qizil Armiyaning Ozarbayjonga haqiqiy ozodlik keltira olishi, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning faqat sotsializm qurish sharoitida mumkin ekanligini taʼkidlar edilar. Bu guruh Shimoliy Ozarbayjonni qaytadan bosib olishni oldiga maqsad qilib qoʻygan bolsheviklarning yashirin rolini oʻynar edilar. Armanlar parlamentda ikki fraksiya bilan vakillik qilsalar ham, aslida bir tomondan chiqish qilar va armanlarning Ozarbayjonga qarshi hudud talablarini yoqlab chiqish uchun barcha imkoniyatdan foydalanar edilar. Sovet ishgʻoli amalga oshganida arman fraksiyalari bolsheviklar tomoniga oʻtib ketdilar.[37]

Parlamentning 17 oylik faoliyati davrida 145 majlis oʻtkazildi. Yetarli son boʻlmagani uchun majlislardan 15 tasi oʻtkazilmadi. Qolgan 130 majlisdan ikkisi tarixiy (Ozarbayjon mustaqilligi va Bokuning ozod qilinishi yubileyi munosabati bilan 1919-yil 28-may va 15-sentabrdagi majlislar), 4 tasi tantanali (rus inqilobining 2-3-yubileylari munosabati bilan 1919-1920-yil 12-martda Ozarbayjonning Gruziya bilan harbiy hamkorlik shartnomasiga bagʻishlangan 1919-yil 27-iyun va Parij sulh konferensiyasi tomonidan Ozarbayjon mustaqilligining de-fakto tan olinishi munosabati bilan 1920-yil 14-yanvar majlislari), 2 tasi favqulodda majlislar (Armanistonning Gruziyaga urush eʼlon qilishi bilan bogʻliq 1918-yil 20-dekabrdagi va Ozarbayjon bilan Gruziya orasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida shartnomalarning tasdiqlanishi munosabati bilan 1920-yil 17-martda) boʻlib oʻtgan. Qolgan majlislarda mamlakatning ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyoti va moliyaviy vaziyati, qonun chiqaruvchi aktlar muzokarasi va qabuli, armiya tuzish va boshqa masalalar muzokara qilindi. Muzokaraga chiqarilgan qonun loyihalari, bir qoida sifatida, faqat uchinchi marta oʻqilgach qabul qilinar edi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parlamenti faoliyati davrida muzokaraga 270 dan ortiq qonun loyihasi chiqarilgan, ulardan taxminan 230 tasi qabul qilingandi. Parlament faoliyati uning Nizomnomasi rolini bajaruvchi „Ozarbayjon Parlamenti nakazi (taʼlimoti)“ bilan tartibga solinardi.[37]

Parlamentda 11 komissiya faoliyat koʻrsatardi: moliya-byudjet komissiyasi, qonun chiqaruvchi takliflari komissiyasi; Muassislar majlisiga saylovlar oʻtkazish boʻyicha markaziy komissiya, mandat komissiyasi, harbiy komissiya, agrar masalalar komissiyasi, soʻrovlar boʻyicha komissiya, fermerlik-hujjat beruvchi komissiya, mamlakatning mahsuldor quvvatlaridan foydalanish ustidan nazorat komissiyasi, redaksiya komissiyasi va ishchi masalalari boʻyicha komissiya.[37]

Tashqi siyosat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Birinchi jahon urushi yakunlanishi bilan kuzatilgan ziddiyatli diplomatik kurash sharoitida paydo boʻldi va faoliyat koʻrsatdi. Siyosiy mazmunda Ozarbayjon gʻoyasini dunyoga taqdim etganlar 1920-yilda diplomatik tomondan bu gʻoyaning Versal Oliy Kengashi tomonidan xalqaro tasdiqlanishiga erishdilar. Aynan mana shunday sharoitda Ozarbayjon mustaqilligining 1920-yilda Versal Oliy Kengashi tomonidan de-fakto tan olinishi 1919-yilning kuzidan boshlab oʻzgargan siyosiy vaziyat bilan bir qatorda, Ozarbayjon diplomatiyasining muhim muvaffaqiyati, uning Parij Sulh Konferensiyasidagi miqdor jihatdan kichik boʻlgan hay’atining katta gʻalabasi edi. Lekin Birinchi jahon urushidan keyin shakllangan yangi geosiyosiy jarayonlar Ozarbayjon millatining bu tarixiy muvaffaqiyatdan yetarlicha foydalanishiga imkon bermadi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 1920-yilning aprelida mamlakat ichida ketgan siyosiy jarayonlarning, mahalliy ziddiyatlarning natijasi sifatida emas, dunyo siyosatida sodir boʻlgan murakkab diplomatik muammolarning natijasi sifatida parchalandi.[39][40]

Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suverenligining taʼminlanishi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi diplomatiyasining chiqish nuqtasini tashkil etgandi. Bu jihatdan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi diplomatiyasining eng muhim xizmatlaridan biri Janubiy Kavkazda ozarbayjonlarning milliy hududlarini aniqlashi bilan bogʻliq edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi agʻdarilishidan soʻng xorijiy mamlakatlarga ketib qolgan respublika xodimlari, bir qancha ziyolilarning dunyoning turli oʻlkalarida nashr qilgan asarlari 1918-1920-yillarda amalga oshirilgan Ozarbayjon diplomatiyasining bir qator qorongʻu sahifalarini ochib berishga imkon beradi.[41][42][43]

Xorijiy mamlakatlarning ODR da joylashgan vakolatxonalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ukraina vakolatxonasining binosi va Mirzabeyov aka-ukalari xonadonida joylashgan Ukraina Milliy Kengashi Istiqlol koʻchasi 8
Davlat Vakil nomi Manzil
AQSh

Konsul Randolf

Krasnovodskaya koʻchasi, 8

Belgiya

Konsul Ayvazov

Gorchakovskaya koʻchasi, 19
Buyuk Britaniya
Vitse-konsul Gevelke
Kladbishenskaya koʻchasi, 11.
Daniya
E.F. Bisring
Birjevaya koʻchasi, 32. Elektricheskaya Sila shirkati binosi
Armaniston
Diplomatik vakil G.A. Bekzadyan
28-may koʻchasi, 5
Finlandiya
Konsul Vegelius
Balaxani hududi. Nobel aka-ukalari ofisi
Fransiya
Konsul Emelyanov
Vodovoznaya koʻchasi
Gruziya
Diplomatik vakil N.S. Alishbey
Politseyskaya koʻchasi, 20
Eron
Konsul Saad-ul Vazirov
Gubernskaya koʻchasi
Shvetsiya
Konsul R.K. Vander-Ploug
Gubernskaya koʻchasi
Shvetsariya
Konsul Klatu
Birjevaya koʻchasi, 14
Italiya
Konsul Enriko Ensom
Molokanskaya koʻchasi, 35.
Litva
Konsul Vintsas Kreve-Mitskevichyus
Pozenovskaya koʻchasi, 15
Polsha
Konsul S. Rilski
Politseyskaya koʻchasi, 15
Ukraina
Konsul Golovan
Istiqlol koʻchasi, 8. Mirzabeyov aka-ukalari uyi
Yunoniston
Konsul Kussis
Gogolevskaya koʻchasi
Kavkazdagi islomiy qo'shin askarlari Bokuda urushmoqda

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Ozarbayjon Qurolli kuchlarini Respublika eʼlon qilingan kundan tuzishni boshlagan edi. Yangi tuziladigan armiya asosini Musulmon korpusi tashkil qilardi. Armiya tuzishga rahbarlik qilish uchun ilk hukumat mahkamasi tarkinida Harbiy Vazirlik ham nazarda tutilgan va Xosrovbey Sultonov harbiy vazir etib tayinlangandi. Lekin bu mahkamaning tarqatilishi bilan harbiy vazir vazifasi ham bekor qilinib, Ozarbayjonda armiya tuzish jarayoniga rahbarlik hukumat qarori bilan Kavkaz Islom Armiyasi qoʻmondoni Nuri Poshshoga topshirilgandi. Hukumat tuzilmasida esa Kavkaz Islom Armiyasi qoʻmondonligi bilan aloqalarni tartibga soluvchi harbiy ishlar boʻyicha bosh vakil vazifasi taʼsis etildi va Ismoilxon Ziyodxonov bu vazifaga tayinlandi. Ozarbayjon Hukumatining 1918-yil 3-iyuldagi qarori bilan 19 yoshga toʻlgan fuqarolar harbiy xizmatga jalb qilinardi. 1918-yil 26-iyunda Hukumat qarori bilan Musulmon korpusi Alohidda Ozarbayjon Korpusi deb nomlandi va uning shtat jadvalida qisman oʻzgarishlar roʻy berdi. General-leytenant Aliogʻa Shixlinskiy korpus komandiri sifatida vazifasini davom ettirdi.[37][44][45][46]

1920-yil Bolshevik ishgʻoli arafasida Ozarbayjon armiyasining asosiy jang qismlari va birlashmalari quyidagilar edi: 8 polkdan iborat ikki piyoda diviziyasi, 3 polkdan iborat suvoriy diviziyasi va toʻpchi brigadasi. Bulardan boshqa armiyaning bir qator yordamchi qismi, boʻlinma va muassasalari ham bor edi. Har bir piyoda polka 3 tabordan, har bir tabor esa toʻrt piyoda boʻlinmasidan va bir pulemyot boʻlinmasidan tashkil topgandi. Har pulemyot boʻlinmasi tarkibida 8 pulemyot bor edi. Bundan tashqari har polkda bir suvoriy razvedka boʻlimi, bir piyoda razvedka boʻlimi, bir istehkom boʻlimi, bir robita-telefon boʻlimi va bir gʻayrinizomiy boʻlim bor edi. Polklarning shtat tarkibi ularning hammasida bir xil emasdi. Suvoriy polklari uch suvoriy boʻlimidan, pulemyot boʻlimidan, taʼlim va robita komandalaridan iborat edi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati obyektiv qiyinchiliklar sababli harbiy dengiz kuchlari tashkiliga 1919-yil oxirlarida boshladi. 1918-yil sentabrida Bokuning Sentrokaspiy diktaturasi va ingliz jangchilaridan tozalanish arafasida bu yerdagi asosiy harbiy kemalari — „Kars“, „Erdegʻan“ va „Astrabad“ Petrovsk-Porta olib borilgandi. 1918-yil noyabrda Bokuni zabt etgan ingliz harbiy kuchlari nomlari qayd qilingan kemalarni qaytarsalar ham, ularni Ozarbayjon hukumatiga bermasdan, oʻz nazoratida ushlab turdi. Respublika hukumati bir necha marta oʻsha kemalarning Ozarbayjonga qaytarilishi haqida ogohlantirish bergan. Jumladan, tashqi ishlar vaziri Mammadyusuf Jafarov 1919-yil 4-avgustda Bokudagi ittifoqdosh qoʻshinlarning qoʻmondoni, ingliz generali D.Shatelvortga murojaat qilib, poytaxt va dengiz chegaralarining himoyasi, davlat hududi yaxlitligini qoʻriqlash uchun bir necha harbiy kemaning Ozarbayjonga berilishini iltimos qilgandi. Kaspiydagi harbiy-dengiz kuchlarining asosiy qismi Deniki tobeligida boʻlsa ham, qurollari olingan baʼzi harbiy kemalarni, shu jumladan, „Kars“, „Erdegʻan“ va „Astrabad“ 1919-yil sentabr boshlarida Ozarbayjon hukumatining tasarrufiga oʻtdi.[47][48]

1919-yil 1-oktabrda „Astrabad“ harbiy kemasi hay’ati tasdiqlandi. Kema kapitani lavozimiga ozarbayjonlik mutaxassis Kitobchizoda tayinlandi. „Erdegʻan“ kemasi komandiri lavozimiga esa kapitan Hasan Chilingirzoda tayinlandi. 5-dekabrda „Kars“ va „Erdegʻan“ kemalari hay’atlarining vaziyati yaxshilash uchun maxsus komissiya tuzildi. 1920-yil boshlarida harbiy dengiz kuchlari tarkibida 8 adad 75 mm-lik va 100 mm lik toʻplar bilan jihozlangan „Kars“ va „Erdegʻan“ harbiy kemalari, „Astrabad“, „Koʻktepa“, „Araz“, „Nargin“ yordamchi kemalari, „Orion“ transport kemasi, qurollar bilan jihozlangan „Pushkin“ kemasi va bir nechta kater bor edi. 1920-yilda xorijdan soatiga eng kamida 23 dengiz mili tezligi bilan harakatlanuvchi 6 adad katerning, shuningdek, suvosti kemalar bilan jang uchun nazarda tutilgan, ikki zambarak bilan jihozlangan, soatiga 26-36 dengiz mili tezligi bilan harakatlanuvchi kater olish rejalashtirilgandi. Dushman kemalarining dengizdan qilgan hujumlarini oldini olish uchun mina tayyorlagan kemaning, juda katta boʻlmagan 6 adad suvosti kemaning, mavjud harbiy kemalarning jang imkoniyatlarini oshirish uchun turli hajmdagi 92 adad zambarakning sotib olinishi ham nazarda tutilgandi. Lekin Boku operatsiyasi bu rejalarni amalga oshirilishiga imkon bermadi.[47][48]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasining filosuga kiritilgan Ardaxan nomli qayiq

Harbiy havo kuchlarining tashkil etilishi zaruriyatini eʼtiborga olib, harbiy vazirlik bu ishga eng avval loyiq kadrlar tayyorlashdan boshladi. Harbiy vazir Samadbey Mehmondorov 1919-yil 22-yanvarda Ozarbayjonning Gruziyadagi vakili Mammadyusuf Jafarovga maktub orqali murojaat qilib, ozarbayjonlarning Tbilisidagi Aviatsiya maktabiga joʻnatish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashni iltimos qildi. Ozarbayjon-Gruziya harbiy hamkorlik shartnomasi (1919) tuzilgandan soʻng Ozarbayjondan bir guruh askar va zobitlar Gruziyaga joʻnatildi. Ulardan 9 nafari harbiy uchuvchilikka oʻqitilishi kerak edi. Kapitan Firidun Mirza Qachar, praporshiklar Alihusayn Dadashov, Teymur Mustafoyev, Ganjinskiy, Hasanzoda va Qarasharov ham oʻsha zobitlar edi. Milliy armiyaning harbiy havo strukturasi shakllantirilishidan avval uning rahbariyati aniqlashtirildi. Harbiy vazirlik 1919-yil 19-avgustdagi buyrugʻiga asosan podporuchik Teymurxon Afshar Aviatsiya boʻlimining rais muovini etib tayinlandi. Boʻlim toʻgʻridan-toʻgʻri Bosh harbiy qoʻmondonlikka tobe edi. 1919-yil 14-sentabrda Aviatsiya boʻlimi shtati tasdiqlandi. Shtatda besh zobit, 4 xodim, 54 nizomiy askar va gʻayrinizomiy askar bor edi.[37]

Milliy kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻldirilishi uchun harbiy vazirlik 1920-yilda Ozarbayjonda harbiy uchuvchilar maktabi ochishga qaror qildi. Harbiy vazir Samadbey Mehmondorov 1919-yil 27-noyabrda tashqi ishlar vazirligiga maktub yozib, Aviatsiya maktabida taʼlim tashkil qilish uchun Angliyadan va Italiyadan tajribali mutaxassislarning taklif qilinishi imkonlarini topishni iltimos qildi. Lekin 1920-yil boshlarida harbiy sharoitning murakkablashishi va Aprel ishgʻoli (1920) harbiy havo kuchlarini kuchaytirish sohasidagi ishlarni chala qoldirdi.[37]

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hududi toʻgʻrisida ilk bora Istiqlol bayonnomasida aytib oʻtilgan. Ushbu hujjatda koʻrsatilishicha, janubiy-sharqiy Kavkazortini qamrab olgan Ozarbayjon mutlaq mustaqil davlat edi. Lekin yangi paydo boʻlgan Janubiy Kavkaz respublikalari hududlari va chegaralarining konkretlashtirilishi jiddiy muammolarga duch keldi. Ozarbayjon va Arman Milliy Kengashlari orasida chegara masalalari boʻyicha muzokaralar natijasi Ozarbayjon Milliy Kengashining 1918-yil 29-maydagi majlisida muzokara qilindi. Koʻp ovozlilik bilan Irevan Armaniston Respublikasiga berib yuborildi va uning poytaxti deb tan olindi. Ushbu qaror qabul qilinayotganda har ikki respublikaning kelajakda konfederatsiya shaklida birlashishi, Armanistonning Qorabogʻning togʻli hududiga boʻlgan daʼvosidan voz kechishi va boshqa masalalar koʻzda tutilgandi. Irevan guberniyasida, Qorayazida boʻlgan Ozarbayjon harbiy qismlarining 24 soat davomida u yerdan chiqarilishi haqida ultimatum berdilar, ozarbayjonlarga qarshi yangi qatliomlarni amalga oshira boshladilar va bu bilan oʻsha hududlarni zoʻrakilik bilan qoʻlga kirita boshladilar.[37]

Ozarbayjon bilan Gruziya orasida ham chegara ziddiyatlari mavjud edi. Gruziya hukumati sobiq Tbilisi gubernatorligiga kirgan Ozarbayjon yerlarini — Borchali, Qarayazi va Sigʻnax tumanlarini Ozarbayjonga qaytarishdan bosh tortdi. Gruzin qurolli kuchlari nemis harbiy qismlari bilan birlashib, 1918-yil iyun boshlarida Borchaliga kirib bordilar. 14-iyunda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi ozarbayjonlarning istiqomat qiluvchi Borchaliga va boshqa hududlarga birlashgan gruzin-nemis harbiy kuchlarining joylashtirilishiga qarshi nota berdi, chegara masalasini siyosiy yoʻl bilan hal qilishni taklif qildi. Gruziya hokimiyati bunga rozi boʻlmadi. Janubiy Kavkaz respublikalari orasidagi hudud uchun kurash yana-da ziddiyatli tus ola boshladi. Shuning uchun bu muammoning xalqaro Istanbul konferensiyasida muzokara etilishiga qaror qilindi. 1918-yil noyabrda Alimardonbey Topchubashovning Antanta davlatlarining Istanbuldagi vakillariga joʻnatgan maxsus memorandumda Ozarbayjon hududi aniqlashtirildi. Bu masala yana-da kengroq tarzda Parij sulh konferensiyadagi Ozarbayjon sulh vakolatxonasining talablarida ham aks etgandi. Ushbu hujjatga asosan, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi quyidagi hududlarni qamrab olgandi: Boku gubernatorligi (Boku doirasi bilan birga Boku uyezdi, Javad uyezdi, Shamaxi uyezdi, Guba uyezdi, Lenkoran uyezdi); Yelizavetpol gubernatorligi (Yelizvetpol uyezdi, Javanshir uyezdi, Nuxa uyezdi, Eresh uyezdi, Shusha uyezdi, Qaryagin uyezdi, Zangazur uyezdi, Qazax uyezdi (bu hududning uchdan bir qismini tashkil qilgan togʻ qismi Ozarbayjon va Armaniston orasida tortishuvli hudud sifatida qolgandi)); Irevan gubernatorligi (Naxchivon uyezdi, Sharur-Daralayaz uyezdi, Surmali uyezdi, shuningdek, Yangi Boyazid uyezdi, Echmiedzin va Aleksandropol uyezdlarining bir qismi); Tbilisi gubernatorligi (Borchali uyezdi, Tbilisi va Sigʻnaq uyezdlarining bir qismi); Zagatala tumani; Dogʻiston viloyati (Kur va Samur tumanlarini qamrab olgan hududning bir qismi, shuningdek, Darband shahri va uning atrofi bilan birga, Qaytaq-Tabasaran uyezdining bir qismi). Bundan tashqari Ozarbayjon Respublikasi Tbilisi gubernatorligidagi Axaltsixe uyezdining Batum, xususan, Kars viloyatlarini ham oʻz hududiga kiritishga alohida ahamiyat berar edi.[37]

Lekin hudud masalalarini tinch yoʻl bilan hal qilishning iloji boʻlmadi. Birinchi jahon urushida magʻlub boʻlgan Usmoniylar Imperiyasi harbiy kuchlarini Janubiy Kavkazdan chiqarishi bilan armanlar yana-da faollashdilar, hudud daʼvosi bilan 1918-yil oxirida Gruziya bilan olib borgan kurash natijasida Borchali tumanidagi Loru kichik tumanini va uning atroflarini egallab oldilar. Armaniston Ozarbayjonning tarixiy yerlariga boʻlgan daʼvolarini amalga oshirish uchun Qorabogʻ, Zangazur, Naxchivon va boshqa hududlarda qatliomlarni koʻpaytira boshladilar. Naxchivonda bu siyosatning oldini olish uchun 1918-yil noyabrida Araz Turk Jumhuriyati tashkil topdi va bu Jumhuriyat keyinchalik Janubi-gʻarbiy Kavkaz Turk Jumhuriyati bilan birlashtirildi. Janubiy Kavkaz davlatlari orasidagi hudud ziddiyatlarini muzokara qilish uchun, nihoyat, 1919-yil 25-aprelda Tbilisida konferensiya boʻlib oʻtdi. Lekin aniq natija bermagan Tbilisi konferensiyasi ham iyunda ishni toʻxtatdi. Juda murakkab xalqaro va ichki vaziyatga qaramay, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hudud va chegara masalalarga qattiq ahamiyat berardi. Respublika hukumati Janubiy Kavkazdagi barcha tarixiy Ozarbayjon yerlarini oʻz nazorati ostida tutib turishga urinardi.[37]

1920-yildagi manzil taqdimida Tashqi ishlar vazirligi taqdim qilgan xarita va maʼlumotlar asosida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hududini aks ettirgan jadval chop etildi:[37]

Hudud nomi Kv. kilometr Izoh
Boku gubernatorligi 39075,15 Ziddiyatsiz hudud
Ganja gubernatorligi 44371,29
Zagatala tumani 3992,54
1 Irevan gubernatorligi 9858,69
Jami 97297,67
2 Irevan gubernatorligi 7913,17 Tortishuvli hudud
3 Tbilisi gubernatorligi 8685,13
Jami 16598,30
Yakun 113895,97
  • 1 Irevan gubernatorligining ziddiyatsiz hududiga kiruvchi joylar: Sharur-Daralayaz uyezdining I va II politsiya hududlari; Naxchivon uyezdining I, II, III va IV politsiya hududlari; Yangi Boyazid uyezdining I va II politsiya hududlari;
  • 2 Irevan gubernatorligining ziddiyatli hududlariga kiruvchi yerlar: Irevan uyezdining I, II, III va IV politsiya hududlari, Echmiedzin uyezdining II va III politsiya hududlari; Surmali uyezdining I, II va III politsiya sohalari; Yangi Boyazid uyezdining III politsiya hududining bir qismi;
  • 3 Ziddiyatli zona tarkibiga Tbilisi gubernatorligining quyidagi qismlari kiradi: Tbilisi uyezdining II va III politsiya hududlari; Sigʻnaq uyezdining politsiya hududi; Borchali uyezdining I, II, III va IV politsiya hududlarining bir qismi.
Ozarbayjon Demokratik Respublikasining 100 manatliq banknotasi

Ozarbayjon Demokratik Respublikasining iqtisodiy platformasida mulkdorlik plyuralizmi- davlat mulkdorligi, xususiy, shaxsiy, aksiyadorlik, hokimiyat mulkdorligi va boshqa mulkdorlik formalarining taraqqiyoti uchun bir xil imkoniyatlarning yaratilishi koʻzda tutilgandi. Bolshevizmdan farqli ravishda Respublika liderlari fabrika, zavod, yer va boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalari boʻyicha xususiy mulkdorlikni rad qilmasdilar. Aksincha, bu turdagi mulkdorlikni yoʻq qilish hozirgi vaziyatda insonlarning shaxsiy tashabbus kuchlarini zoʻrakilik bilan tortib oladi, deb hisoblardilar.[37]

23 oy davomida Respublika hukumati bir qator joriy xoʻjalik masalalari hal qilinishida muhim muvaffaqiyatlarga erishdi. Ozarbayjonda neft sanoati ogʻir vaziyatdan olib chiqilgan, vayron qilingan Boku-Batum neft quvuri barpo qilingan, Boku-Julfa temir yoʻli inshooti davom ettirilgan, Kur daryosi boʻylab koʻprik qurilgan, Ozarbayjon Davlat Banki tashkil etilgan, milliy pul birliklari chiqarilgan, Kaspiy dengiz kemasozligi rivojlantirilgandi.[37]

Mustaqil davlat atributi sifatida milliy pul birligi ishlab chiqarilishi Respublikaning moliyaviy siyosatidagi muhim muvaffaqiyati edi. 1918-yil boshlarida Bokuda yangi qogʻoz pullar — „Boku bonlari“ ishlab chiqarildi (bu vaqtdaga isteʼmolda „Nikolay“ pullari va „Kerenskiy“ pul birliklari ishlatilardi). Milliy pul birligining mustahkamlanishi, uning isteʼmol qobiliyatini asrab-avaylash ilk vaqtdan hukumatning iqtisodiy siyosatida asosiy masalaga aylandi. Chunki milliy valyuta inflyatsiya sharoitida isteʼmolga chiqarilgandi.[37]

Hukumat ham avvalgi davrdan meros qolgan, ham respublikaning mavjudligi davrida yuz bergan inflyatsiyaga qarshi kurash olib borishlari kerak edi. Bu maqsad bilan mustaqil davlatning moliya, soliq, bank-kredit sistemasi tuzildi. 1919-yil sentabrda Ozarbayjon Demokratik Respublikasining Davlat banki ochildi. Moliya Vazirligining 1919-yil 20-iyuldagi qarori bilan tovarlarning erkin eksportiga erishish koʻzda tutilardi; parlament xazinaga muayyan rusum (eksport qilingan tovar qiymatining 25 foizigacha) oʻtkazish sharti bilan xomashyo eksportiga ruhsat berilishi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Xorijga yashirin yoʻl bilan kumush, oltin, platina olib borilishi boʻyicha mas’uliyat masalasi koʻrib chiqildi. Kuchda boʻlgan 1914-yil 15-noyabrdagi qonunning 1919-yil 20-oktabrdagi qonun bilan almashtirilishi bu sohadagi mas’uliyatni oshirdi. Mamlakat chegaralari ichida mol ayirboshlashni tartibga solish maqsadida 1919-yil avgust oyidan Ozarbayjonga xorijdan olib kelingan bir qator ziynat mollariga vaqtinchalik xususiy bojxona tariflari tatbiq qilindi.[37]

Ayni vaqtda ichki bozorni tartibga solish maqsadida Ozarbayjondan chetga joʻnatilgan tovarlar uchun yangi vaqtinchalik bojxona qoidalarining tatbiq qilinishi toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Hukumat moslashuvchan soliq siyosati yurgizar, davlat xarajatlarini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrardi. Bu maqsad bilan xorijdan mamlakatga bojxonasiz olib kelingan mollar roʻyxati aniqlashtirilgan (bu roʻyxatga 200-dan koʻp mahsulot nomi kiritilgandi), xorijiy sarmoyadorlarga Ozarbayjonga sarmoya kiritishni xohlaganlarga kelishilgan shartlar bilan Boku bonlari taklif qilingandi.[37]

Ozarbayjon hukumatining tashqi iqtisodiy faoliyatida amalga oshirishga uringan asosiy vazifalardan biri aholining zaruriy mollarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashdan va gʻaznaning daromadlarini orttirish uchun ilova manbalar qidirib topishdan iborat edi. Shunday ilova manbalardan biri boj daromadlari edi. Bu yoki boshqa mahsulotning xorijga sotish uchun ruhsat berilishi yoki uni taqiqlash vaqti oʻsha mahsulotning aholi uchun qay darajada kerakli boʻlishi, hukumatga qanchalik daromad keltirishi holatlari diqqat bilan nazarga olinardi. Hukumat tayyorlagan 1919-yil 20-fevraldagi qonun loyihasi bilan xorijga konyak, uzum va tut spirti eksportiga ruhsat berilardi (Respublika davridan avval xorijga spirtli ichimliklar sotish taqiqlangandi. Bu esa xoʻjalik va hukumat moliyasiga sezilarli darajada zarar bergan edi). Hukumat xorijga spirt sotishda nafaqat davlat gʻaznasi va aroq chiqarish bilan shugʻullangan odamlar, balki butun aholi uchun qiziq deb hisoblardilar. Oʻz xoʻjalik mahsulotlari boʻlgan uzum va tutni sharob zavodlariga sotish ularga foyda keltirardi. Bu qonun loyihasini ishlab chiqar ekan hukumat shuni ham nazarda tutardiki, aholi uchun spirt faqat texnik va tibbiy maqsadlar uchun zaruriydir. Xorijga sotish uchun ruhsat berilgan 85 gradusli konyak spirti va 40-45 gradusgacha boʻlgan uzum va tut spirti esa bu maqsad uchun tayyorlanadi.[37]

Respublikaning xorijiy iqtisodiy aloqalarining shakllanishi jihatdan Gruziya bilan tuzilgan shartnoma muhim ahamiyatga ega edi. 1918-yil 26-dekabrda bir yillik muddatga tuzilgan shartnomaga asosan katta ehtiyoj boʻlgan mahsulotlarning, bu respublikalarning talablari doirasida boj soliqlari belgilanmasdan olib-sotilishiga, shuningdek, Gruziya aholisi va temir yoʻli ehtiyojlari uchun muayyan hajmda neft, mazut, kerosin va yogʻlarning rusumsiz eksportiga ruhsat berilardi. Shartnomada Gruziya aholisi uchun kerosin berilishi 1 million puddan, neft va neft mahsulotlarining umumiy sotishi esa 20 million pul koʻp boʻlmasligi kerakligi koʻrsatib oʻtilgandi. Gruziyaning baʼzi mahsulotlarining (toshkoʻmir, oʻrmon materiallari va b.) neft qiymatining 1/10 qismi miqdorida Ozarbayjonga bojsiz sotilishi nazarda tutilardi. Shartnomaga koʻra nemis mahsulotlarining boshqa mamlakatlarga sotishga ruhsat berilmasdi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikka ham katta ahamiyat berar, neft, paxta va boshqa eksport mahsulotlari uchun Rossiya bozorining ahamiyatini eʼtiborga olardi. 1920-yil 30-martda Sovet Rossiyasi va Ozarbayjon hamkorlik komissiyasi majlisida tijorat shartnomasi imzolandi. Lekin Rossiya Ozarbayjonni qoniqtiruvchi bir qator shartlar vaʼda qilsa ham ularga amal qilmadi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida ham neft sanoati iqtisodiyotning asosiy sohasi sanalardi, chunki bu vaqtda neft dunyoning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi edi. Shu sababli Parlament va Hukumat neft ishlab chiqarish va foydalanish vaziyatini uzoq muddat tahlil qilar, dunyo neft bozorini oʻrganardi. Tabiiy boylik iqtisodiy rivojlanish uchun moddiy baza boʻlsa ham, iqtisodiy qudrat va kuchning tabiiy boylikka bogʻliqligi doimiy boʻlmasligi va kelajakda oʻzgarishi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi keltirib oʻtgan iqtisodiy muddaolardan biri edi.[37]

Boshqa tomondan ishchi va davlat xizmatchilarining ish haqining hajmini necha martalab oshirish toʻgʻrisida hukumat qabul qilgan qarorlar byudjetda katta yetishmovchilik keltirib chiqarardi va bu yetishmovchilikni toʻldirish tarif normalarining orttirilishi va ilova qogʻoz pullarning ishlab chiqilishi hisobiga amalga oshirilardi. Bularning barchasi qimmatchilik va inflyatsiyaga, mehnatkashlarning sotsial vaziyatining yomonlashishiga sabab boʻlardi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada bir qator ishlar koʻrilgan boʻlsa ham, ishchi masalasining, shuningdek, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi uchun eng muhim masalalardan boʻlgan Agrar masalaning hal qilinmaganligi aholining vaziyatini ogʻirlashtirdi. Bundan foydalangan sotsialistlar fraksiyasi va Ozarbayjon Kommunist Partiyasi aholi orasida norozilikni orttirish uchun oʻzining buzgʻunchilik faoliyatlarini yana-da kengaytirib, Boku amaliyoti arafasida Ozarbayjon Demokratik Respublikasining toʻntarilishi uchun qulay zamin yarata oldilar.[37]

1918-yil 30-oktabrda Boku xalqaro dengiz savdosi punkti qayta tiklandi.

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi paydo boʻlish arafasida mamlakatda yerusti va suv yoʻllari, xususan, temir yoʻli va quduq quvurlari transport aloqalarida muhim rol oʻynardi. Bu davrda temir yoʻllarining umumiy uzunligi 954,2 km edi. Uning 498,2 km-i Boku-Katta Keshik, 87,8 km-i Bilachari-Yalama, 189,2 km-i Uluxanli-Julfa, 51,2 km-i Alat-Zubovka, 27,1 km-i Boku-Balaxani, Sabunchi-Suraxani liniyalariga toʻgʻri kelardi. Oʻsha davrda iqtisodiy va tijorat ahamiyatiga ega shosse va yerusti yoʻllarininng zich tarmoqlari ham mavjud edi. Bu turdagi yoʻllarning umumiy uzunligi 4169,1 km, shu jumladan, shosselashtirilgan yoʻllar uzunligi 1507,3 km edi.[37]

Yoʻllar vazirligi temir yoʻli transportini amalga oshirish uchun parovoz va vagon parkining taʼmiri, yangi transport vositalarining olinishi, temir yoʻli xizmatchilar maoshlarining orttirilishi, ularga imtiyozli shartlar bilan yer berilishi, parovoz mashinistlariga va ularning yordamchilariga haqiqiy harbiy xizmatdan muhlat berilishi, temir yoʻli stansiyalarining qoidaga solinishi, xavfsizligi ta;minlanishi va shu kabi boshqa chora-tadbirlar koʻrdi. Bu chora-tadbirlarning barchasi tez orada oʻz samarasini berdi. 1919-yil 15-iyuldan Boku-Port-Petrovsk (Mahachqal’a) yoʻnalishida ham jiddiy grafika boʻyicha kuniga 4 juft poyezd harakatlana boshladi.[37]

1918-yil 30-oktabrda Boku Xalqaro Dengiz Tijorat Porti idorasi ish boshladi. Tijorat kemalari bilan Boku va Port-Petrovsk, Salyan, Lenkoran portlari orasida yoʻlovchi va yuk tashish tashkil qilindi. Hukumatning saʼy-harakatlari natijasida 1919-yilda Boku-Batum neft quvuri ham barpo qilinib, foydalanishga topshirildi. 1919-yil avgust oyida ingliz qoʻshinlari Ozarbayjonni tark etgach, Boku porti va tijorat floti ham Respublika hukumatining tarkibiga oʻtdi, mamlakatning tijorat kemalari Ozarbayjon Demokratik Respublikasi bayrogʻi ostida ishlay boshladilar.[37]

Ozarbayjon hukumati shosse yoʻllarining barpo etilishi uchun 1919-yil 17-fevralda Yoʻllar vazirligining ishlari uchun 1 million manat kredit ajratdi. Shu yil 24-aprelda esa bilvosita Yevlax-Sheki shosse yoʻlining taʼmiri va seldan himoyalash uchun 70 toʻsiqning qurilishiga 210 manat ajratildi. Hukumat transport vositalari taʼmiri va amortizatsiya masalalarini doimo diqqat markazida tutardi. 1919-yil 28-aprelda Bokuda avtomobillarning dastlabki taʼmiri va avtomobil zavodining faoliyati uchun 175 ming manat ajratildi. Shuningdek, Yoʻllar vazirligiga avtomobil zavodi daromadi va xarajatlari haqida asosli maʼruza tayyorlash topshirildi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi haddan ortiq qiyin va murakkab sharoitda amalga oshirgan ishlar bilan mamlakatda transport ishini, tartibga sola oldi. Temir yoʻli va suv transporti, neft quvuridan olingan mahsulotlar davlat gʻaznasiga daromad olib kela boshladi.[37]

1918-yilda Bokudagi aholi suvni isteʼmol qilishga majbur boʻldi

Guliston va Turkmanchoy shartnomalaridan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil topgungacha boʻlgan davrda Rossiya imperiyasining Janubiy Kavkaz turk-musulmon aholisiga qarshi olib borgan gʻarazli siyosati, deportatsiyalar va qatliomlari natijasida Shimoliy Ozarbayjon aholisining etnik tarkibi, soni va joylashuvi sunʼiy shaklda oʻzgartirildi, bu yerda yashagan ozarbayjonlarning soni sezilarli darajada kamaydi. Rossiya mustamlakasidan soʻng armanlarning turli mamlakatlardan ommaviy tarzda Shimoliy Ozarbayjon yerlariga koʻchirilishi etnik-siyosiy vaziyatga jiddiy taʼsir koʻrsatgan, ozarbayjonlarning ajdodlar yerlaridan deportatsiyasi amalga oshirilgandi. Alimardonbey Topchubashov Antanta davlatlarining Istanbuldagi vakillariga taqdim etgan maxsus memorandumda Janubiy Kavkazning 237055 kv.km lik hududida 7667370 kishining yashagani qayd qilingandi, ularning etnik tarkibi esa mana bunday edi: 3306000 (43,1 %) ozarbayjon, 1786000 (23,3 %) arman, 1641000 (21,4 %) gruzin.[37] Ushbu yilda asosan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hududida 2353000 nafar yashardi, bu esa Janubiy Kavkaz aholisining 30,7 % ga teng edi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumatining Parij Sulh konferensiyasiga taqdim qilgan hujjatlarga koʻra esa 60,7 % ni tashkil qilardi. Koʻrsatilgan hujjatlarda aynan oʻsha hudud muvofiq ravishda Janubiy Kavkaz aholisi hisoblanardi. Konferensiyaga taqdim etilgan hujjatlarga asosan, Janubiy Kavkaz aholisi jami 8081668 nafardan iborat edi. Ularning 4617671 nafari (57,1 %) Ozarbayjonda yashardi. Ozarbayjon aholisining 75,4 %-ni (3481889 nafar) ozarbayjonlar, 17,2 %-ni (795312 nafar) armanlar, 0,6 %-ni (26585 nafar) gruzinlar, 6,7 %-ni (310885 nafar) boshqa xalq vakillari tashkil qilardi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati mamlakat aholisining soni va etnik tarkibini aniqlashga alohida eʼtibor qaratardi. Aholi haqida yana bir maʼlumot Ozarbayjon Demokratik Respublikasining manzil-taqvimida maxsus jadval shaklida koʻrsatilgan.[37]

Koʻrsatilgan jadvaldan foydalanayotganda shuni eʼtiborga olish kerakki, ushbu jadval 1917-yil uchun Kavkaz taqvimi asosida tuzilgani hisobga olinsa, fakt sifatida 1916-yilga tegishli vaziyatni aks ettiradi. Boshqa tomondan bu jadvalning oʻzida ham turk-musulmon aholi soni notoʻgʻri edi. Shu bilan birga, jadvalda berilgan raqamlar Janubiy Kavkazda ozarbayjonlar yashagan barcha hududlarga emas, balki qoʻshni davlatlar daʼvo qilmagan tinch hududlarga tegishli edi. Jadvalda Tbilisi gubernatorligiga tegishli tortishuvli hudud va u yerda yashagan ozarbayjon aholisining soni ham oʻz aksini topmagandi. Quyidagi jadvalda ham 1916-yillda Ozarbayjon Demokratik Respublikasining tinch hududida yashagan aholining, shu jumladan, ozarbayjonlarning soni aks etgan:[37]

Hudud Ozarbayjonlar Armanlar Gruzinlar Ruslar Boshqalar Jami
Mutlaq soni % Mutlaq soni % Mutlaq soni % Mutlaq soni % Mutlaq soni %
Boku gubernatorligi (shahar aholisi)
47866
66,2
5.663
7,8
-
-
3788
5,2
15192
2,1
72509
Boku gubernatorligi (qishloq aholisi)
693391
86,4
37258
4,6
30
0
68847
8,5
3711
0,5
803237
Barcha Boku gubernatorligi (shahar raisligisiz)
741257
85,0
42921
4,9
30
0
72635
8,1
18903
2,0
875746
Boku shahar raisligi
198391
48,8
77166
19,0
8974
2,2
104599
26,0
16699
4,0
405829
Barcha Boku gubernatorligi (shahar raisligi bilan)
939648
73,5
120087
9,3
9004
0,7
177234
13,8
35602
2,7
1281575
Barcha Ganja gubernatorligi
797880
62,5
418859
32,9
1030
0,1
36777
2,9
20585
1,6
1275131
Barcha Zagatala tumani
85136
91,84
2530
2,73
4664
5,03
326
0,35
42
0,05
92698
Irevan gubernatorligining bir qismi
129586
61,0
80530
38,0
96
0,04
593
0,24
1653
0,72
212458
Barcha Ozarbayjon Demokratik Respublikasi, jami
1952250
68,2
622006
21,4
14794
0,6
214930
7,5
57882
2,3
2861862

Mustaqil davlatning muhim atributlaridan biri boʻlgan davlat tili masalasi yangi paydo boʻlgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumatining diqqat markazida edi. Respublika hukumati 1918-yil 27-iyundagi qarori bilan oʻsha paytda turk tili deb nomlangan ozarbayjon tilini davlat tili deb eʼlon qildi. Bu qaror Guliston va Turkmanchoy shartnomalari bilan Ozarbayjon ikkiga boʻlingandan keyingi ona tilining davlat tili sifatida ishlatilishiga tegishli ilk hujjatdir. Qayd etib oʻtish joizki, davlat tili toʻgʻrisidagi qaror hukumatning Ganjaga koʻchganidan keyingi ilk qarorlaridan biridir.[37]

Ozarbayjon tilining davlat tili sifatida muomalaga kirish tajribasi keng tarzda ilk Ozarbayjon Parlamenti tilida oʻz aksini topgan. Davlat idoralarida muayyan muddat davomida rus tilidan foydalanishga ruhsat berilishi Parlamentga tegishli emas edi. Shu sababli ham Parlamentda tillardan foydalanish masalasi, tabiiy holda, qonun chiqaruvchi hokimiyatga, Parlament aʼzolariga topshirilgandi. Parlament foydalangan til davlat tili statusiga ega Ozarbayjon turkchasi edi. Gʻayrimahalliy Parlament vakillari maʼruzalarining rus tilida boʻlishini taklif qilganda, Parlament majlislaridan birida bu masala alohida muzokara qilingan va bu xususda qaror qabul qilingandi. Qarorga asosan, Parlamentning rasmiy tili Ozarbayjon turkchasi eʼlon qilingan, boshqa millatlar vakilligining rus tilida maʼruza qilishlari maqbul deb hisoblangandi. Shundan soʻng rasmiy hujjatlarning hammasi davlat tilida tuzilardi.[37]

Aleksandra Imperatori rus-musulmon qizlar maktabi Mesenat Hoji Zeynalabdin Taqiyevning tashabbusi va ko'magi bilan ochildi.

Xalq taʼlimi va maorif boʻyicha ilk vazirlik Ozarbayjonda Xalq taʼlimi vazirligi 1918-yil 28-mayda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati tomonidan taʼsis etildi. Vazirlar kengashi qarori bilan 30-iyun 1918- yilda uch shoʻbadan (umumiy oʻrta taʼlim, oliy va oʻrta ixtisoslashgan taʼlim, kasb-hunar maktablari) iborat struktura tasdiqlandi. Taʼlim vaziri keyinchalik Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumat rahbari boʻlgan Nasibbey Usubbayov edi. Xalq taʼlimi sohasida ilk muhim tadbir maktablarning milliylashtirilishi boʻldi, bu taʼlimning mahalliy Ozarbayjon turkchasiga oʻtishi edi. Bu bilan ilk bora ozarbayjon bolalarining oʻz ona tilida taʼlim olish huquqini qonuniylashtirildi.[49]

Xalq taʼlimi vazirligi 1919-20-yil oʻquv yili boshlaridan Oliy boshlangʻich maktablarining barcha sinflari va oʻrta taʼlim maktablarining uchinchi sinfi milliylashtirish qarori qabul qilindi.[49] 1918-yil 7-sentabr farmoni bilan barcha Oliy boshlangʻich maktablarda gʻayri-musulmon talabalar uchun diniy va ularning ona tili darsi tatbiq qilindi. Bu taʼlimlarning oʻqitilishi boʻyicha xarajatlarni davlat oʻz zimmasiga oldi. Boku shahri milliy maktablarning inspeksiyasida va Boku gubernatorligida 1918-1919-oʻquv yilida 76 rus — bulardan Bokuda 30, viloyatlarda esa 46 maktab bor edi. Ulardan 51-i davlat, qolgan 25-i esa shahar, neft-sanoatchilari qurultoyiga maxsus edi va xususiy hisoblanardi.[49]

Xalq taʼlimi vaziri yahudiy maktablari direktori Y. Baysband va F. Shapiroyan tashkil qilgan yahudiy tili, yahudiy xalqi tarixi va yahudiy adabiyoti tarixi kurslariga tinglovchilarni yozilishiga ruhsat berdi. Darslar 20 oktabr 1918-yilda boshlandi. 1918-yil oktabr oyida Yahudiy Milliy Kengashi nazdida faoliyat koʻrsatgan maktablarda 700 nafari taʼlim olar, 24 oʻqituvchi ishlardi. Bu maktablar har oy 10 ming rubl mablagʻida davlat tomonidan subsidiyalashtirildi. Ozarbayjon davlati tomonidan nemis koloniyalarida faoliyat koʻrsatgan maktablar ham qoʻllab-quvvatlanardi. Nemis koloniyalarida dars bergan oʻqituvchilarning har biriga 1918-19-yilda inspeksiya tomonidan har oy 90 rubl toʻlanilardi.[49]

1918-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligi tashkil topdi, bu vazirlikka esa Musobey Rafiyev vazir etib tayinlanadi. Bu yillarda Boku va Ganja kabi shaharlarda oʻnga yaqin yangi dorixona va kasalxona ochildi. 1919-yilda tibbiyot fakulteti ham boʻlgan Boku Davlat Universiteti tamali qoʻyildi, kafedra mudiri mashhur jarroh, professor Vasiliy Razumovskiy (1920-yilgacha) boʻldi. Bu yerda tibbiyot tarixi ham oʻqitilardi. Qisqa muddat davomida Razmuovskiy rahbarligi ostida Maxsus Tayyorlov Komissiyasituzildi. Bu yilning avgust oyida qabul imtihonlari tashkil qilinadi va ilk talabalar — boʻlajak shifokorlar guruhi yigʻiladi. 1922-yil 2-avgustda tibbiyot fakultetining ilk 29 bitiruvchisi orasida faqatgina uch ozarbayjon — A. Alakbarov, Jayron Sultonova va keyinchalik fan doktori va professor boʻlgan Odila Shaxtaxtinskaya boʻlgan.[49]

Xalq taʼlimi masalalari bilan mashhur boʻlgan oʻqituvchi Alijabbor Orujaliyev rahbarlik qilgan Boku Shahar Dumasining taʼlim shoʻbasi bilan ham shugʻullanardi. 1919-yil 15-iyuldagi majlisda Shahar Dumasining shahar maktablari oʻqituvchilari uchun 1600 rubl stipendiya belgilandi. Bu sohada Boku neft-sanoatchilari ham muayyan qadamlar tashlardi: ularning ham maktablarida oʻqituvchilarning maoshlari orttirilgandi. Bokuda maktab binolari xarob holatga kelib qolgandi. Ularning koʻpi yoki hammasi buzib tashlangan yoki yetarlicha taʼmir talab qiladigan darajada barbod edi. Hukumat Boku shahar boshlangʻich maktablarida maktab-sanitar nazoratining tashkil qilinishi uchun 827600 rubl mablagʻ ajratildi. Maktabdagilarga turli ijtimoiy tashkilotlar ham yordam berardi. Boku shahar maktablariga yordam ijtimoiy idorasi maktablarda issiq nonushtalar tashkil qilinardi. Mablagʻ yigʻilishi uchun idora lotoreya va oʻtgan yillardan qolgan ashyolarning sotish yarmarkasini oʻtkazardi.[49]

Maktabdagilarga fuqarolar, xayriya qiluvchilar va Hoji Zaynalabdin Tagiyev, Ogʻa Muso Nagʻiyev, Hamida Mammadqulizoda, Murtuza Muxtorov, Shamsi Asadullayev kabi boylar ham yordam berardi.[49]

Sogʻliqni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasining Sog'liqni saqlash vazirligining xodimlari bilan Ganjada Kavkaz islomiy qo'shini xodimlari.

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati tashkil topgan kundan aholi sogʻligʻi haqida qaygʻurgan va sogʻliq boʻyicha jiddiy tadbirlar koʻrishgan. Bu sohada eng katta muvaffaqiyatlardan biri mamlakatning sogʻliq sistemasining yaratilishi va tashkiliy ishlariga bilvosita rahbarlik qilgan davlat ijro organining — Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkil topishi edi. 1918-yil 7-iyunda Fatalixon Xoyskiy tomonidan tashkil qilingan 2-hukumat kabineti Ganjada faoliyat koʻrsatar ekan, Musulmonlar Milliy Kengashi qoshidagi qochqinlar shoʻbasi asosida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Xalq salomatligi va himoyalash vazirligi tuzildi. Ozarbayjonning ilk oliy toifali jarrohlardan boʻlgan Xudodotbey Rafibeyli Ozarbayjon Demokratik Respublikasining xalq salomatligi va himoyalash vaziri etib tayinlandi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida Parlament va Hukumat, xususan, Xalq salomatligi vazirligi aholining sogʻligʻiga manfiy taʼsir koʻrsatgan antisanitariya bilan jiddiy kurash olib borishga, tashqi muhit va maishiy hayot bilan bogʻliq manfiy omillarni bartaraf qilish bilan yuqumli kasalliklarga, ogʻir epidemiyalarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshira boshladi. Oz muddat ichida Ganja yaqinidagi Zayam va Zurnabad qishloqlariga taunga qarshi stansiya tashkil etildi. Sogʻliq tarmogʻi kengaytirila boshlandi. Qishloq joylarida kasalxonalar, ambulatriyalar, feldsher stansiyalari va boshqa muolaja muassasalari ochildi, yangi tibbiy maskanlarning tamali qoʻyildi. Davlat tibbiy muassasalarini dori-darmon bilan, kerakli ashyolar bilan taʼminlash uchun kerakli choralar koʻrildi. Buning uchun davlat dorixona ombori, laboratoriyasi va boshqalar tashkil etildi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi parlamenti va hukumati sogʻliqni saqlashga doir vazifalar va choralar borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qildi. Respublika hukumati tibbiy xizmat hay’atini kengaytirish maqsadida sogʻliq tizimida qisqa muddatli tibbiy ishchilar kurslari ochdi. Buning natijasida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida qishloq joylarida Sogʻliqni saqlash vazirligiga tobe boʻlgan 33 qishloq kasalxonalari faoliyat koʻrsata boshladi. Ularning har birida 1 doktor, 2 feldsher va xizmatchi hamshiralar ishlardi. Bu tiibiy personallar 6 ta yotoqxonali qishloq kasalxonalaridagi bemorlarga xizmat qilar, ambulator muolajaga ehtiyoji boʻlganlarga esa bepul tibbiy yordam koʻrsatardi.[37]

Bu davrda nodavlat tibbiy jamiyat, uyushma va tashkilotlarining ham faoliyati keng tarqalgan edi. Boku shahar shifokorlar jamiyatining asosiy faoliyat yoʻnalishi sanoat gigienasi, terlama (tif) epidemiyasini bartaraf qilish edi. Jamiyat Boku Davlat Universiteti tibbiyot fakultetining asbob-uskunalar bilan jihozlanishiga yordam koʻrsatish uchun Yevropaning yetakchi klinikalari bilan aloqa qildi. Bokuning mashhur shikoforlari tabobatning turli sohalarida ilmiy tajriba almashish maqsadida jamiyatda anjumanlar oʻtkazardilar. Uning qoshida boʻsh ish oʻrinlarini roʻyxatga olish, ishsizlarni u yerga joylashtirish, ularga vaqti-vaqti bilan yordam koʻrsatish maqsadida Shifokorlarga yordam byurosi tashkil qilindi. 1919-yilda Bokuda taʼsis etilgan nodavlat tibbiy jamiyatlaridan biri esa Bolalar shifokorlari jamiyati edi. Jamiyat bolalar va oʻsmirlar orasida tarqalgan yuqumli kasalliklarning profilaktikasi va muolajasi sohasida tajriba almashuvi olib borar, zamonaviy muolaja usullari tatbiqiga intilar, tashviqot ishlari bilan shugʻullanardi. 1920-yilgacha Ozarbayjonda 353 shifokor, 450 oʻrta tibbiyot ishchisi, 1123 mahalliy kasalxona mavjud edi.[37]

Tasviriy sanʼat va meʼmorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ismoiliye saroyi

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi eʼlon qilingan kundan boshlab davlat ramzlarini yaratishga alohida ahamiyat berardi. Eng muhim davlat atributlaridan biri sifatida Davlat bayrogʻining qabul qilinishi amalga oshirildi. Alibey Husaynzodaning mashhur „turklashish, islomlashish va zamonaviylashish“ shiori bu ishda asos qilib olingandi. Respublika hukumati 1918-yil 9-noyabrda „yashil, qizil va moviy ranglardan, oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduzdan iborat“ bayroqning milliy bayroq sifatida tasdiqlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qildi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati 1919-yil 23-martda davlat gerbi va rasmiy hujjatlarda ustida davlat nomi hamda gerbi tasvirlangan davlat muhrining loyihalarini tayyorlash maqsadida musobaqa eʼlon qilish borasida qaror qabul qilgandi. Biroq musobaqaga joʻnatilgan loyihalarning hech qaysisi qoniqarli boʻlmagani sababli qabul qilinmadi. Shu sababli ham Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati harbiy ordenlar, milliy gimn, davlat gerbi va muhri uchun loyiha tayyorlanishi boʻyicha yangi musobaqa eʼlon qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqardi. Davlat gerbining, orden va medallarning tayyorlanishida ilk professional haykaltarosh Zeynal Alizoda ishtirok etardi. Uning loyihasiga asosan chiqarilgan koʻkrak va xotira medallarida Parlament binosi, bayroqlar, yarim oy, sakkiz qirrali yulduz, quyosh chiqishi, gulchambarlar surati tushirilgandi.[37]

Milliy rassomlik sanʼati taraqqiyotiga alohida eʼtibor qaratilardi. 1919-yilda nashr etilgan „Zanbur“ jurnalida Ozarbaujon satirik grafika banisi Azim Azimzodaning oʻsha davr ijtimoiy-siyosiy muammolarini aks ettirgan karikaturalari chop etilardi. Karikaturalrdan birida qurolli Denikin, Kolchak va Andronikni choʻntaklarida olib yurgan ingliz muhojirlari tasvirlangandi. Uning rasmlarida jaholat, nodonlik, qonxoʻr arman-doshnoq bosqinchilarining vahshiy va jirkanch amallari fosh boʻlgandi. Bu mavzu rassom Behruz Kengerli ijodida ham muhim oʻrin egallagandi. Uning arman-ozarbayjon nizolarini aks ettirgan mashhur „Qochqinlar“ saylanmasi realist Ozarbayjon rassomlik sanʼatining muvaffaqiyati edi. Azim Azimzoda „Otello“, „Oshiq Gʻarib“, „Temirchi Gave“ spektakllarining badiiy dizayni uchun dekoratsiya va kiyim eskizlari tayyorlagandi. Behruz Kengerli Naxchivon teatrida „Hoji Qora“, „Oʻliklar“, „Tarqalib ketgan ittifoq“, „Parijodu“ va boshqa spektakllarga dizaynerlik qilgan. Milliy madaniyat taraqqiyoti va rivojlanishi yoʻlida ilk muhim qadam tashlangandi. Alibey Husaynzodaning „Shayxulislom portreti“ va „Bibihaybat masjidi“ kartinalarini alohida qayd etib oʻtish kerak. Bu davrda rassomlar plakat sohasida ham diqqatga sazovor asarlar yaratgan.[37][50][51][52]

Meʼmorlik va haykaltaroshlik sanʼati sohasida ham muayyan tadbirlar amalga oshirilgandi. Boku Politexnika Maktabi qoshida haykaltaroshlik sinfining ochilishi koʻzda tutilgandi. 1918-yilda Bokuning arman-doshnoq bosqinchilari tomonidan yoqib yuborilgan goʻzal binolar — Hoji Zeynalabdin Tagiyev qizlar maktabi, Ismoiliyya Saroyi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida shaharning bosh arxitektori vazifasida ishlagan taniqli meʼmor Zivarbey Ahmadboyev loyihalari asosida barpo etilgan. Arman millatchilari bosqini natijasida xarobaga aylangan Shamaxi shahrini qayta tiklash uchun Ziverbeyning tashabbusi bilan Yangi Shirvon jamiyati taʼsis etildi. U muhandis Umarbey Avuyev bilan birga „Islom sanʼatini sevuvchilar va himoyachilar jamiyati“ni yaratgandi. Ziverbey Ahmadboyev, meʼmor Nabioʻgʻli Qachar, muhandis Mammadhasan Hajinskiy va Hojibey Axundov Shirvonshohlar saroyi kompleksining tadqiqi sohasida faoliyat koʻrsatganlar. Sanʼatshunoslardan Muhammad Ogʻaoʻgʻli, Husaynbey Mirzajamolov, meʼmor Nabioʻgʻli Qachar islom madaniyati, muzeyshunoslik qadimiy moddiy madaniyat namunalarini saqlash sohasida faol ishlaganlar.[53][54][55][56]

Husayn Arablinskiyning Bokudagi dafn marosimi

Ozarbayjon Demokratik Respublikasining yaralishi milliy teatr faoliyatida ham jonlanishga sabab boʻldi. Davlatning faol koʻmagi harakatlari natijasida Ozarbayjon teatri taraqqiyotida muhim sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Teatr repertuariga Ozarbayjon tarixi va milliy ozodlik kurashi bilan bogʻliq yangi asarlar keldi. Ijtimoiy hayotda teatr roli ortdi. Respublika davrida Bokuda faoliyatini boshlagan ilk truppa „Hojibeyli aka-ukalari“ boʻlgan. Truppa taniqli sanʼatkorlardan Hojiogʻa Abbosov, Mirzaogʻa Aliyev, Ahmad Agʻdamskiy, Jalil Bagʻdodboyev, Husayn Arablinskiy, Husaynquli Sarabskiy, Muxtor Mammadzoda, Riza Darabli, Sidqi Ruhulla, Alakbar Husaynzoda, Mammadtagi Bagʻirzoda, Bagʻir Jabborzoda, Abulhasan Anapli, Ahmad Anatolli, Mirmahmud Kazimovskiy, Magʻfura xonim, Yeva (Yevgeniya) Olenskaya, Semnurxonim, Mina xonim va boshqalarini bir yerga yigʻib, haftada uch kun navbat bilan drama, komediya, opera va operetta spektakllari koʻrsatar, repertuarini boyitish niyatida edi.[37]

Ozarbayjon davlat teatri ochilishi va faoliyati Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida madaniy hayotning eng porloq sahifalaridan biri edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida Davlat teatri binosida opera, musiqali teatr spektakllari, xalq musiqasidan iborat konsertlar bilan birga, muhim davlat tadbirlari ham oʻtkazilardi. Davlat teatri pardalari ilk bora 1918-yil 4-noyabrda Narimon Narimonovning „Nodirshoh“ fojiasi spektakli bilan ochildi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasining madaniyati taraqqiyotiga koʻrsatgan jonbozligi natijasida milliy teatr taraqqiyotida koʻzga tashlanadigan muvaffaqiyatlarga erishildi. „Temirchi Gave“, „Nodirshoh“, „Oʻliklar“, „Yomgʻirdan qochib, doʻlga tutildik“, „Baxtsiz yigit“, „Ellik yoshli oʻspirin“, „Shamdanbey“, „U boʻlmasin, bu boʻlsin“, „Ogʻa Muhammad shoh Qachar“, „Shoh Ismoil“, „Pari-jodu“, „Otello“, „Qochoqlar“, „Tarqalib ketgan ittifoq“, „Almansur“, „Hoji Qora“, „Badbaxt millionchi“, „Vatan yoxud Silistra“, „Uy tarbiyasining bir koʻrinishi“, „Uylansa ham boʻydoq“, „Arshin mol oluvchi“ asarlari milliy teatr repertuaridagi eng yaxshi tomoshalar edi.[37]

Xayriya tomoshalarining tashkil topishi teatr faoliyatida, bir tur, anʼanaga aylanar, „Ozarbayjon“ gazetasida halok boʻlgan askarlar oilalari xayriyasi uchun tashkil etilgan teatr spektakllari toʻgʻrisida tez-tez eʼlon berilardi. Bu ishda Uzeyir va Zulfiqor Hojibeyov aka-ukalari truppasi alohida faoliyat koʻrsatardi. Davlat teatri direktori Zulfiqor Hojibeyov tomonidan tashkil etilgan xayriya spektaklidan Ozarbayjon armiyasi boʻlinmasiga 22292 manat 80 kopeyka pul mablagʻi oʻtkazildi. Agʻdashda mahalliy ziyolilar tashkil qilgan xayriya spektaklidan yigʻilgan mablagʻ Dogʻistonning „Qizil yarim oy jamiyati“ga joʻnatilgandi.[37]

Ozarbayjon teatri repertuarida mustaqillik yoʻlida kurashga bagʻishlangan drama asarlari muhim oʻrin egallardi. Mirzabola Mammadzodaning „Boku yoʻlidagi kurash“, Isobey Ashurboyevning „Ozarbayjon“, Jafar Jabborlining „Boku urushi“, „Edirne fathi“ kabi vatanparvarlik ruhidagi asarlari oʻynalardi. Teatrda sahnaga qoʻyilgan asarlar saviyasiga, jamiyatning badiiy didining toʻgʻri shakllanishiga juda katta ahamiyat berilardi. Sahna asarlarining tanlanishi va ularning adabiy va badiiy sifatlariga kerakli eʼtibor qaratilishi uchun maxsus adabiy komissiya tuzilgandi.[37]

Respublika davrida Ozarbayjonning boshqa madaniyat markazlarida ham teatr sanʼati rivojlangandi. Naxchivon teatri bularning orasida alohida ajralib turardi. Naxchivon teatri tashkil qilinishida oʻsha davrning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr taraqqiyoti sharoitida yetishib chiqqan maʼrifatparvar ziyolilardan Jalil Mammadqulizoda, Buyukxon Naxchivoniy, Aliquli Gamkusar, Riza Tahmasb, Riza Isfandiyorli, Mir Hasan Mirishli va boshqalarining katta xizmatlari boʻlgan. „Oʻliklar“, „Uylansa ham boʻydoq“, „Arshin mol oluvchi“, „Tarqalib ketgan ittifoq“, „Hoji Qora“, „Baxtsiz yigit“ va boshqa asarlar sahnaga qoʻyildi. Aktyorlar Mirza Alakbar Sobirning va uning adabiy maktabi davomchilari boʻlgan shoirlarning satiralari asosida kichik sahnalar tayyorlanishiga ham alohida ahamiyat berardilar.[37]

Uzeyir Hacibeyov xotini Maleyka bilan

Ozarbayjon teatri milliy opera sanʼatining yaralishida alohida rol oʻynagan va ilk Ozarbayjon operalari aynan mana shu teatr sahnasida namoyish etilgandi. „Layli va Majnun“ operasi namoyish etilgan vaqt — 1908-yil 12-yanvar Ozarbayjon musiqasi tarixida milliy Ozarbayjon operasining paydo boʻlgan kun boʻldi. Uzeyir Hojibeyov ilk „Layli va Majnun“ operasidan keyin „Shayx Senon“, „Asli va Karim“, „Rustam va Suhrob“, Shoh Abbos va Xurshidbonu kabi boshqa maqom operalarini ham yaratdi. U Ozarbayjonda musiqali komediya janrining ham asoschisidir. Uning „Er va ayol“, „U boʻlmasin, bu boʻlsin“ (Mashadi Ibod), „Arshin mol oluvchi“ musiqali komediyalarida Ozarbayjon xalqining odat-anʼanalari, maishiy hayoti oʻz aksini topgan.[37]

Milliy musiqa janrlari paydo boʻlishida Uzeyir Hojibeyov bilan yelkama-yelka xizmat qilgan buyuk sanʼatkorlardan biri Muslim Magomayevdir. Teatr faoliyatini orkestr skripchachisi sifatida boshlagan Muslim Magomayev tez orada teatr dirijyori boʻldi va Ozarbayjon opera sanʼatining yana bir klassik asarini — „Shoh Ismoil“ operasini yaratdi. 1916-yilda yozilgan bu opera faqatgina 1919-yilda, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida namoyish etildi va katta muvaffaqiyatga erishdi.[37]

Ozarbayjon musiqa madaniyati taraqqiyotida xalq xonandalari va xalq baxshilari alohida rol oʻynaganlar. Xalq ichidan chiqqan, oʻzining goʻzal ovozi va sanʼati bilan nafaqat Ozarbayjonda, balki butun Kavkaz va Yaqin Sharqda mashhur boʻlgan Jabbor Qoryogʻdioʻgʻli, Kechechioʻgʻli Muhammad, Sayid Shushinskiyy, Majid Behbudov va boshqalari mamlakat madaniy hayotida, bayramlarda, xayriya konsertlarda va boshqa xalq bayramlarida yaqindan ishtirok etganlar. Bu yillarda ayni vaqtda, ustoz baxshilardan Abbosquli, Najafquli va Oshiq Alaskar ishtirokida „Sharq konsertlari“ berilardi. Ozarbayjonda xonandalik sanʼatining yuksalishi bilan aloqador boʻlgan cholgʻu musiqasi ham rivojlangan, Mashadi Jamil Amirov, Qurbon Pirimov va boshqa ustoz sozandalar yetishib chiqqan.[37]

Bu davrda Ozarbayjon musiqa hayotida „Baynalmilal“, „Marselyoza“ kabi inqilobiy qoʻshiqlarning, Goʻroʻgʻli, Qochoq Nabiy, Sattorxon haqida tarixiy qoʻshiqlarning xalq orasida tarqalishi tasodifiy emas edi. Davrning umumiy ahvoli, ruhiyati, xalqning inqilobiy faolligi, demokratik mayllar ham qoʻshiqlarning oʻziga xos melodiyalarida oʻz ifodasini topardi. Uzeyir Hojibeyov „Ozarbayjon marshi“ni aynan oʻsha qoʻshiqlar taʼsiri ostida yozgan. Bu asarda bastakor Respublika davrida xalqi qalbida uygʻongan vatanparvarlik hislarini, taraqqiyot gʻoyalari, milliy gʻururini ifoda etgandi.[37]

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Ozarbayjon xalqi tarixiy, siyosiy va maʼnaviy-psixologik hayotida, shu jumladan, oʻsha davrning adabiy-badiiy fikr namunalarida oʻchmas izlar qoldirgan. Respublika davrining buyuk poeziyasi, nasri, dramaturgiyasi va publitistikasi boʻlgan.[37]

Respublika davri adabiyotini ilk bora tadqiq qilgan va qiymat berganlar ham Respublikani va uning madaniyatini yaratganlarning oʻzi boʻlgan. Adabiy jarayonni tartib qilganlar va yaratganlar — Muhammad Amin Rasulzoda, Mirzabola Mammadzoda, parlament raisi Alimardonbey Topchubashov, rais muovini Hasanbey Ogʻayev, Respublika hukumati raisi Fatalixon Xoyskiy, shuningdek, Alibey Husaynzoda, Ahmadbey Ogʻaoʻgʻli, Uzeyir va Jayhun Hojibeyov aka-ukalari, Husayn Jovid, Jalil Mammadqulizoda, Muhammad Hodi, Ahmad Javod, Abdulla Shaiq, Salman Mumtoz, Aliabbos Muznib va boshqalari edilar. Xususan, „Respublika shoiri“ Ahmad Javodning, Ali Yusuf, Ummugulsum, Amin Obid Mutallibzoda, Jafar Jabborli, Badri Sayidzoda, Davud Ogʻamirzoda, Ali Shavqiy Shayxzamonov kabi yoshlarning sheʼrlari xalq orasida sur’at bilan yoyilar, marshga, gimnga, qoʻshiqqa aylanardi.[37]

Respublika bergan qalam ozodligidan bahra olardilar. Najafbey Vazirov, Sulaymon Soniy Axundov, Yusuf Vazir Chamanzaminli, Sayid Husayn, Abdullabey Devonbeyoʻgʻli va boshqalar pedagogik ishda, publitistika sohasida, davlat ishlarida ishlar, siyosiy hayotga aralashardilar. Firidunbey Koʻcharlini, Yusuf Vazir Chamanzaminlini, Sayid Husaynni va Salmon Mumtozni koʻproq adabiyot tarixi masalalari qiziqtirardi. Yusuf Vazir „Litva tatarlarining tarixi“, „Ozarbayjon adabiyoti tarixiga bir nazar“ kitoblarini yozar, Salmon Mumtoz Ozarbayjon klassik shoirlarining asarlarini yigʻardilar. Abdurahimbey Haqberdiyev, Aliquli Gʻamgusar, Umar Faiq Nemonzoda, Aynalibey Sultonov, Husayn Minasazov va boshqalari Tbilisida ishlardilar.[37]

1918-20-yillarda Ozarbayjonda ideologik kurashning barcha ogʻirligi davriy matbuotning asosiy quroli boʻlgan publitistika zimmasiga tushardi. Ozarbayjon publitistikasi gʻoya-mavzu jihatdan juda rangbarang va boy edi: chorizm asoratidan endigina qutulgan Shimoliy Ozarbayjonning milliy mustaqilligining asrab-avaylanishi, milliy armiya tuzilishi, mamlakatda demokratik parlament saylovlari va islohotlarning oʻtkazilishi, bolshevik va Denik xavfining daf etilishi, Qorabogʻda arman millatchilari uyushtirgan urush yongʻinining oʻchirilishi, mamlakat ichidagi kelishmovchilik, Boku nefti yoʻlida xorijiy imperialistlarning tortishuvi va boshqalar publitistika murojaat etgan asosiy masalalardan edi. Milliy publitistika asosida xalq kelajagi bilan bogʻliq katta siyosiy-ijtimoiy konsepsiya turardi. Bu konsepsiya XX asr boshlarida Ozarbayjonda qizgʻinlashgan „turklashish, islomlashish, zamonaviylashish“ gʻoyalarida harakatlanardi.[37]

Ozarbayjon matbuoti tarixida 1918-20-yillar, bundan avvalgi davrlarga nisbatan eng yuksak taraqqiyot bosqichi boʻlgan. 1918-20-yillar matbuotini gʻoya yoʻnalishi jihatidan quyidagicha guruhga ajratish mumkin: Ozarbayjon Demokratik Respublikasi gʻoyalarini tashviq qilgan matbuot, Respublika hukumatiga muxolifatda boʻlgan bolshevik matbuoti, bolshevik matbuoti bilan muxolifatda boʻlgan eser-menshevik matbuoti, armanlarning Ozarbayjonga qarshi hudud daʼvolarini yoqlab chiquvchi arman-doshnoq matbuoti, oʻzini xolis deb nomlagan va hech qaysi siyosiy partiyaga aʼzo boʻlmagan informatsion matbuot, gazeta-jurnallar. Lekin ularning ichida koʻproq real hayotga yaqin va keng oʻquvchi auditoriyasiga ega boʻlgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi gʻoyalarini tatbiq qiluvchi va qoʻllab-quvvatlovchi matbuot edi.[37]

Respublika hukumati davrida Boku, Ganja, Shusha, Tbilisi, Irevan va boshqa madaniy-maʼmuriy markazlarda chiqqan matbuot namunalari faqat Ozarbayjon-turk tilida emas, rus, gruzin, arman, polyak, fors, nemis va boshqa chet tillarda ham nashr qilinardi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida „Istiqlol“ (1918-20), „Ozarbayjon“ (1918-20), „Nafis varaqlar“ (1919), „Musulmonlik“ (1917-19), „Qurtulish“ (1920), „Madaniyat“ (1920), „Yoshlar yurti“ (1918), „Sheypur“ (1918-19), „Zanbur“ (1919) kabi milliy istiqlol gʻoyali matbuot organlari nashr etilgan. Respublikaga kelgan yoʻlda Ozarbayjon matbuoti taraqqiyotida „Mulla Nasriddin“ tashviqot qilgan chuqur demokratizm va ozodlik gʻoyalari imperializmning mustamlakachilik siyosatiga, qoloqlik, mavhumlikka, jaholatga, xurofotga qarshi kurashda, maorif va madaniyat taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. Shunday qilib, XIX asr oxiri — XX asr boshlarining barcha davriy matbuot namunalari Ozarbayjonda milliy-ijtimoiy fikrning, ozodlik gʻoyalar uygʻonishida alohida ahamiyat kasb etgan.[37]

Ozarbayjonning 1918-20-yillardagi davriy matbuoti aholining turli qatlamlari qiziqishlarini aks ettirardi. Yoshlarga tegishli „Yoshlar yurti“, talaba va oʻqituvchilarga tegishli „Afkori mutaalimin“, fan va sanʼat xodimlarining „Madaniyat“ kabi gazeta va jurnallari nashr qilinardi. Ularning sahifalarida milliy uygʻonish nomiga taʼlim, fan, maorif va madaniyat taraqqiyotiga, milliy ruhdagi yangi nasl yetishishiga, ayni vaqtda mamlakatda sodir boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy voqealarga oid maqolalar chop etilardi.[37]

Xarici keçidlər

[tahrir | manbasini tahrirlash]

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

[1]

[2]

[3]

[4]

[5]

[6]

[7]

[8]

[9]

[10]

[11]

[12]

[13]

[14]

[15]

[16]

[17]

[18]

[19]

[20]

[57]

[21]

[22]

[23]

[24]

[25]

[26]

[27]

[28]

[29]

[30]

[31]

[32]

[33]

[34]

[35]

[36]

[37]

[38]

[39]

[40]

[41]

[42]

[43]

[44]

[45]

[46]

[47]

[48]

[49]

[50]

[51]

[52]

[53]

[54]

[55]

[56]

  1. 1,0 1,1 “Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti” ifadəsi yanlışdır - Əslində, necə olmalıdır? - Tarixçilərdən AÇIQLAMA
  2. 2,0 2,1 „Ərazi“. axc.preslib.az.
  3. 3,0 3,1 „Qrandükün sarayı“. jurnal.meclis.gov.az. meclis.gov.az. 2014-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2016-yil. (Wayback Machine saytida 2014-10-01 sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 „Cümhuriyyət: Tiflisdən Bakıya gedən yol“. metbuat.az. metbuat.az. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2016-yil.
  5. 5,0 5,1 Rəfiyev В. Aysberqin sualtı hissəsi (1920-ci illər). B., 1995, 53 s.
  6. 6,0 6,1 Şeyxzamanlı N. Azərbaycan istiqlal mücadiləsi xatirələri. B., 1998, 158 s
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Azərbaycan Cümhuriyyəti 1918-1920. Bakı: Elm, 1998. Qaraldi: 18 fevral 2017. 
  8. 8,0 8,1 Çəmənzəminli Y.V. Müstəqilliyimizi istəyiriksə. B., 1994, 72 s
  9. 9,0 9,1 Çəmənzəminli Y.V. Biz kimik və nə istəyirik? B., 1919.
  10. 10,0 10,1 „Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti - Bayraq“ (azərbaycanca). Preslib. — „Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti Nazirlər Şurası 1918-ci il noyabrın 9-da Azərbaycanın yeni üçrəngli - mavi, qırmızı, yaşıl zolaqlardan ibarət və üzərində ağ rəngli aypara və səkkizguşəli ulduz təsviri olan milli bayrağının təsdiq edilməsi haqqında qərar qəbul etmişdir.“. Qaraldi: 10 iyul 2016.
  11. 11,0 11,1 „ÜÇRƏNGLİ BAYRAĞIMIZIN MƏNASI“. musavat.com. Qaraldi: 13-noyabr 2015-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 „World War I: Battle for Baku“. www.historynet.com. www.historynet.com. 2018-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral 2017.
  13. 13,0 13,1 Yale, William (1968) Near East: A Modern History p. 247
  14. 14,0 14,1 Dadyan, Khatchatur(2006) Armenians and Baku, p. 118
  15. 15,0 15,1 Milman A. İnqilabdan əvvəlki Azərbaycanda özünüidarə orqanları necə seçilirdi. B., 1961, 64 s
  16. 16,0 16,1 Qafarov, Vasif „THE AZERBAIJANI DELEGATION TO THE PARIS PEACE CONFERENCE“. www.visions.az. www.visions.az. 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral 2017. (Wayback Machine saytida 2018-04-01 sanasida arxivlangan)
  17. 17,0 17,1 Ratqauzer Y.A. Şura Azərbaycanı uğrunda mübarizə. B., 1929, 116 s
  18. 18,0 18,1 Rüstəmbəyli M. Çarpışan qüvvələr. B., 1991, 184 s.
  19. 19,0 19,1 Nəsibzadə N. ADR (məqalə və sənədlər). B., 1990, 94 s
  20. 20,0 20,1 Nəsibzadə N. Azərbaycanın xarici siyasəti (1918- 1920). B„ 1996.
  21. 21,0 21,1 Yaqublu N. Müsavat Partiyasının tarixi. В., 1997, 327 s
  22. 22,0 22,1 Nəzirli Ş. Arxivlərin sirri açılır. B., 1999, 411 s.
  23. 23,0 23,1 Nəzirli Ş. Qacarlar. B., 1995.
  24. 24,0 24,1 Məhərrəmov N. Daşnaksityun və Azərbaycanın taleyi. B., 1995, 95 s.
  25. 25,0 25,1 Məmmədov X. Azərbaycan milli hərəkatı (1875- 1918). B„ 1996, 174 s
  26. 26,0 26,1 Məmmədzadə M.B. "Milli Azərbaycan hərəkatı". Bakı, 1992, səh. 246
  27. 27,0 27,1 İstiqlal qurbanları. B., 1993, 35 s.
  28. 28,0 28,1 Milman A.Ş. Bakı Soveti Azərbaycanda proletar diktaturası orqanıdır (oktyabar 1917-iyul 1918). B., 1957.
  29. 29,0 29,1 Karlinski V. Sosializm uğrunda mübarizə. В., 1934, 262 s
  30. 30,0 30,1 Yefremov M.Q. Baki yollarinda. Bax:Sovet hakimiyyəti uğrunda xatirələr. В., 1967, s.92-97.
  31. 31,0 31,1 Zeynaloğlu C. Müxtəsər Azərbaycan tarixi. B., 1992, 142 s.
  32. 32,0 32,1 Miralıyev T. Gəncə və Qazax qəzalarında kəndlilərin inqilabi hərəkatında bolşeviklərin rəhbərliyi (1917- 1920). B., 1963, 88 s.
  33. 33,0 33,1 Mirhadıyev M. Kapitalizmdən sosializmə keçid dövründə Azərbaycanda proletariat diktaturası dövlətinin təşkili və inkişafı (1917-1937). B., 1975, 106 s.
  34. 34,0 34,1 Miralıyev T. Azərbaycanda qızıl qvardiyaçılar və qırmızı partizanlar. B., 1970, 130 s.
  35. 35,0 35,1 Quliyev С.В. Lenin və Azərbaycanda Sovet hakimiyyətinin qələbəsi və möhkəmləndirilməsi uğrunda mübarizə. B., 1957, 74 s
  36. 36,0 36,1 Atakişiyev A. Oktyabr inqilabı Azərbaycan fəhlə sinfinə nə verdi? B., 1957, 90 s
  37. 37,00 37,01 37,02 37,03 37,04 37,05 37,06 37,07 37,08 37,09 37,10 37,11 37,12 37,13 37,14 37,15 37,16 37,17 37,18 37,19 37,20 37,21 37,22 37,23 37,24 37,25 37,26 37,27 37,28 37,29 37,30 37,31 37,32 37,33 37,34 37,35 37,36 37,37 37,38 37,39 37,40 37,41 37,42 37,43 37,44 37,45 37,46 37,47 37,48 37,49 37,50 37,51 37,52 37,53 37,54 37,55 37,56 37,57 37,58 37,59 37,60 37,61 37,62 37,63 Azərbaycan Demokratik Respublikası: Azərbaycan höküməti (1918- 1920). Gənclik, 1990. Qaraldi: 19 fevral 2017. 
  38. 38,0 38,1 M.Məmmədzadə. Milli Azərbaycan hərəkatı. Berlin, 1938
  39. 39,0 39,1 Mir - Yacoub. Le probleme du Caucase. Paris, 1933
  40. 40,0 40,1 М.Э.Расул-заде. О пантуранизме (В связи с Кавказской проблемой). Париж, 1930
  41. 41,0 41,1 M.Ə.Rəsulzadə. Azərbaycan Cümhuriyyəti. İstanbul, 1923
  42. 42,0 42,1 Mir Yaqub. Dünya siyasətində petrol. İstanbul, 1928
  43. 43,0 43,1 Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti Ensiklopediyası, II cild, Bakı, 2005, səh 107
  44. 44,0 44,1 Yüceer Nasir, Birinci dünya savaşında Osmanlı ordusunun Azerbaycan və Dağıstan hareəkatı, Ankara, 1996
  45. 45,0 45,1 Aзepбaйджанская Демократиская Pecnублика (1918-1920), Законодательные акты (сборник документов), Б., 1998;
  46. 46,0 46,1 Həsənov C, Azərbaycan beynəlxalq münasibətlər sistemində (1918-1920 illər), B., 1993
  47. 47,0 47,1 47,2 Aзepбaйджанская Демократическая Pecnублика (1918-1920), Армия (документы и материалы), Б., 1998
  48. 48,0 48,1 48,2 Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti Ensiklopediyası. Lider nəşriyyat, 2004 — 440-bet. Qaraldi: 19 fevral 2017. 
  49. 49,0 49,1 49,2 49,3 49,4 49,5 49,6 49,7 „Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti. Təhsil və maarif.“. oxu.az. oxu.az. 2018-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral 2017.
  50. 50,0 50,1 Дипломатические беседы А.А. Т о п ч и б а ш е в а в Стамбуле (Записи чрезвычайного посланника и полномочного министра Aзepбaйджанской Pecnублики (1918 -1919 гг.), Б., 1994
  51. 51,0 51,1 Гаджибейли Дж., Избранное, Б., 1993
  52. 52,0 52,1 Агамалиева Н., Худиев Р., Aзepбaйджанская Pecnублика. Страницы политической истории 1918 – 1920 гг., Б., 1994
  53. 53,0 53,1 Багирова И.С., Политические партии и организации Азербайджана в начале XX века , Б., 1997
  54. 54,0 54,1 Балаев А., Азербайджанское национально – демократическое движение 1917 – 1920 гг., Б., 1990
  55. 55,0 55,1 Дарабади П.Г., Военные проблемы политической истории Азербайджана в начале в XX века, Б., 1991
  56. 56,0 56,1 Исторические факты о деяниях армян на азербайджанской земле (редакторы – согставители Тамилла Мусаева и Адиль Мамедов), Б., 2003.
  57. Yaqublu N. Azərbaycan milli mücadiləsi və M.Ə.Rəsulzadə. B., 2001, 154 s.