Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjonda gender tengligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Male and female symbols around an equal sign
Gender tengligi belgisi

Ozarbayjonda gender tengligi- mamlakat konstitutsiyasi va qonunchiligi bilan kafolatlangan boʻlib, oiladagi zoʻravonlikning oldini olish tashabbusi mavjud. Ozarbayjon 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining konvensiyasini ratifikatsiya qilgan va 2002-yilda Gender axborot markazi ochilgan. 1998-yilda Xotin-qizlar masalalari boʻyicha qoʻmita tashkil etilgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi gender tengligi va inson huquqlarini yaxshiroq aks ettirish uchun „barcha kishilar teng yaratilgan“ jumlani oʻrniga „barcha insonlar teng yaratilgan“ jumlasi qoʻllanilishini ilgari suradi[1]. Shungga qaramay, ayollar hali ham gender tengligiga erishish masalasida himoyaga muhtoj ekanligi aytiladi. Oddiy qilib aytganda, gender tengligi ayollarning inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirishni anglatadi.

Ozarbayjon Konstitutsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon Konstitutsiyasida koʻrsatilgan qonunlarda, erkak va ayolning qonun oldida tengligi koʻrsatilgan. Konstitutsiya qonunlarida[2], ish vaqtida xodimni jinsiga nisbatan har qanday kamsitishni taqiqlaydi[3].

Qonunchilik boʻyicha kafolat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 10-oktyabrda qabul qilingan Ozarbayjon Respublikasining 21-moddadan iborat „Ayollar va erkaklar teng huquqlarining davlat kafolatlari toʻgʻrisida“gi qonuni gender asosidagi kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda gender tengligini taʼminlashga qaratilgan. Shu bilan birga ayollar va erkaklarning barcha inson huquqlari kafolatlangan. Qonunni amalga oshirish uchun davlat organlari gender tengligi bilan bogʻliq qonun hujjatlarini muntazam koʻrib chiqishlari hamda zarurat paydo boʻlganida qonunlarga oʻzgartirishlar kiritishlari belgilab qoʻyilgan. Qonunda gender tengligiga oid huquqiy bilimni oshirish ham muhim masala sifatida bayon qilinadi[4].

Oilada zoʻravonlikni oldini olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning 22-iyun sanasida „Oilaviy zoʻravonlikning oldini olish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilingan. Qonunda asosiy eʼtibor yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi oilada yuzaga keladigan zoʻravonlikning salbiy huquqiy, tibbiy va ijtimoiy oqibatlarini yumshatish, jabrlanganlarga huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan. Qabul qilingan qonunning asosiy maqsadi ayollarni himoya qilish ekanligi ochiqcha aytilmagan boʻlsa-da, aksariyat hollarda, oiladagi zoʻravonlik asosiy qurboni sifatida ayollar tilga olinadi. Qonun ayollarga nisbatan kamsitilishning taqiqlanishini asosiy tamoyil sifatida qabul qilib, oilaviy zoʻravonlikning uch turini sanab oʻtadi: jismoniy, psixologik va jinsiy[5].

Xalqaro hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon hukumati 1995-yilda Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan va 2000-yilda uning fakultativ protokolini imzolagan[6]. Hukumatning BMT Qoʻmitasiga (CEDAW) birinchi hisoboti 1996-yil 16-sentyabrda eʼlon qilingan[7]. Konvensiya „ayollarga nisbatan kamsitish“ tushunchasini aniqlab beradi va ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish uchun maʼlum bir davlat tashkilotlarini mas’uliyatni yuklaydi[8].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar uchun taraqqiyot jamgʻarmasi (UNIFEM)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UNIFEM va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlik Janubiy Kavkazdagi mavjud nizolarni oldini olish va tinchlik oʻrnatish uchun ayollar mintaqaviy loyihasi shaklida amalga oshirilgan. Loyihaning birinchi bosqichi gender tengligi, tinchlik oʻrnatish va nizolarning oldini olishda ayollar tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish hamda faollar, yetakchilar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, ikki bosqichda amalga oshirilgan. Ilk bosqich 2001-yildan 2004-yilgacha borgan, navbatdagi bosqichi esa 2004—2007-yillarini qamrab olgan. Birinchi bosqichda BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasi, Mingyillik rivojlanish maqsadlari va Pekin Harakat platformasi asosida ayollar huquqlarini mustahkamlangan[9].

Gender maʼlumotlari markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Open Society fondi 2002-yilda Ozarbayjon Gender Axborot Markazini (AGIC) joriy qilgan. AGIC bir nechta ayollar tashkilotlaridan tashkil topgan, bular: Zamonaviy ijtimoiy jarayonlar tadqiqot markazi; hamda Bokudagi Ijodkor ayollar assotsiatsiyasi va Ozarbayjon tashkiliy va texnik rivojlanish uyushmasi; Mingechaur shahridagi Shams ayollar va yoshlar markazi hamda Hudat yoshlar dasturini rivojlantirish markazi.

  1. „Universal Declaration of Human Rights“ (en). www.un.org. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.
  2. „Article 25 of the Constitution of the Republic of Azerbaijan“. 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.
  3. „Article 35 of the Constitution of the Republic of Azerbaijan“. 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.
  4. „Law of the Republic of Azerbaijan On State Guarantees of Equal Rights for Women and Men“.
  5. „Law of the Azerbaijan Republic about prevention of domestic violence“.
  6. „United Nations Treaty Collection“ (EN). 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.
  7. Refugees, United Nations High Commissioner for. „Refworld | UN Committee on the Elimination of Discrimination against Women: State Party Report, Azerbaijan“ (en). Refworld. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.
  8. „CEDAW 29th Session 30 June to 25 July 2003“. www.un.org. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.
  9. FS „Gender issues“. www.mfa.gov.az. 2017-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.