Kontent qismiga oʻtish

Ozod qiluvchi askar haykali Shaxti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ozodlik qiluvchi askar haykali - Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyati, Shaxti shahrida o'rnatilgan yodgorlik.

Manzili: Rossiya, Shaxti sh, Shevchenko ko'chasi va Inqilob g'alabasi xiyoboni kesishmasi.

Rostov viloyatining Shaxti shahrida ozod qiluvchi askar haykali 1985-yil 7-mayda ochilgan. Yodgorlik shahar markazida G'alabaning 40-yilligi maydonida o'rnatilgan. Shahar ijroiya qo'mitasi raisi Viktor Kovalyov ushbu yodgorlikni o'rnatish tashabbusini bildirgan. Yodgorlik Ukraina SSR Badiiy jamg'armasining Xarkov haykaltaroshlik fabrikasida yasalgan.

Yodgorlikning ochilishida Mamayev Qo'rg'ondagi Ona-Vatan haykali muallifi, haykaltarosh Evgeniy Vuchetich ham ishtirok etgan[1].

Shaxtiliklar ushbu yodgorlik o'rnatilgan G'alabaning 40-yilligi maydoniga Ulug' Vatan urushi qatnashchilari va Vatan uchun janglarda halok bo'lganlarga hurmat bajo keltirish uchun kelishadi. Urush yillarida 10 mingga yaqin shaxtiliklar Ulugʻ Vatan urushi frontlarida jon bergan, 35 mingga yaqini harbiy orden va medallar bilan taqdirlangan. Shaxtining 27 fuqarosi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga munosib ko'rilgan.

Shaxti shahar oʻlkashunoslik muzeyida ushbu yodgorlikning kichraytirilgan nusxasi ham saqlanadi.

U Shaxti shahrining zamonaviy ramzlaridan biri. 2019-yilda aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, shaharning eng ahamiyatli yodgorligi deb topilgan[2]. Yodgorlik o'rnatilgan maydonni shahtiliklar “Askarlar maydoni” deb atashadi.

Yodgorlik balandligi poydevor bilan qo'shib hisoblaganda taxminan 15 metrga yaqin.

Yodgorlik Shahti ishchilarining "G'alabaning 40-yilligi - 40 zarbdor hafta" mehnat haftaligi davomida ishlab topilgan mablag'lari hisobidan qurilgan.

Yodgorlik Ukraina SSR Badiiy jamg'armasining Xarkov haykaltaroshlik fabrikasi tomonidan yasalgan. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar: xizmat ko'rsatgan rassom, Ukraina SSRning T. G. Shevchenko nomidagi Davlat mukofoti laureati Ya. I. Rik, I. P. Yastrebov, me'morlar: T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina SSR Davlat mukofoti laureatlari E. Yu. Cherkasov A. A. Maksimenko, Shaxti shahrining bosh me'mori V. P. Onishchenko.

Haykalda askar qoʻlida avtomat qurol ushlab turgan holda tasvirlangan. Uning yuzi shijoatli va irodali. Jangchining yonida metalldan yasalgan ordenlar joylashtirilgan: G'alaba, Vatan urushi va Shon-sharaf ordenlari.

Majmua Ulug' Vatan urushi to'rt og'ir yilining ramzi bo'lgan to'rtta chiroqni o'z ichiga oladi.