Kontent qismiga oʻtish

Ozodlik radiosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ozod yevropadan yoʻnaltirildi)
Radio Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi
Turi Notijoriy, nodavlat tashkilot
Sanoat Yangiliklar, tahliliy maqolalar
Ishga tushgan sanasi 1949 (Radio Ozod Yevropa)
1953 (Ozodlik radiosi)
1976 (ikkisi birlashgan)
Joylashuvi Praga, Chexiya
Direktori John Giambalvo va Nenad Pejic
Vebsayti www.rferl.org

Ozodlik radiosi, Ozodlik, Ozod Yevropa (inglizcha: Radio Free Europe/Radio Liberty, RFE/RL) — bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi notijoriy, nodavlat xalqaro radiostansiya. Ozodlik radiosi Sharqiy Yevropa, Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharq mamlakatlari haqida yangilik va maʼlumot berib boradi. Ozodlik radiosi 28 tilda, shu jumladan, oʻzbek tilida ham translatsiya qiladi. Ozodlik radiosi Oʻzbekistonda toʻsilgan.

Ozodlik radiosiga Sovuq Urush paytida kommunizmga qarshi stansiya sifatida Germaniyaning Munhen shahrida asos solingan. 1949-yildan 1995-yilgacha stansiyaning asosiy binosi shu yerda boʻlgan. 1995-yil stansiyaning markazi Chexiya poytaxti Pragaga koʻchirilgan.

Oʻzbek xizmati

Ozodlik radiosining oʻzbek xizmati 1992-yining 16-mart kuni Germaniyaning Munhen shahrida oʻz faoliyatini boshlagan.[1] Hozirgi kunda Ozodlik radiosining oʻzbek xizmati derektori Alisher Siddiqdir.

Radio oʻzbek matbuotida yoritilmaydigan mavzularni keng yoritib keladi. 2021-yilning boshida Ozodlik radiosi surishtiruv oʻtkazib, prezident Shavkat Mirziyoyev uchun Ohangaron togʻlari bir necha million dollarga hashamatli saroy — Prezident „dachasi“ qurilganini fosh qildi.[2] Surishtiruv YouTube tarmogʻida bir oydan oz vaqt ichida 1 million martadan koʻp koʻrildi. 2021-yilning may oyi holatiga koʻra, Radioning Istagram sahifasidga 1,3 million, YouTube kanaliga 0,89 million odam obuna boʻlgan.

Yana qarang

Manbalar

  1. „Ozodlik radiosi oʻzbek xizmati 60 yoshda“ (2013-yil 12-mart). Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  2. „RFE/RL’s Uzbek Service Reveals Secret Mountain Resort“ (2021-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 4-may.

Havolalar