Kontent qismiga oʻtish

Ozodlik bog'i

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ozodlik bogʻi bir-akr (0.40 ga) Manxettendagi Butunjahon savdo markazidagi baland jamoat parki boʻlib, Nyu-York shahri, Quyi Manxettendagi 11-sentabr Milliy memoriali va muzeyiga qaratib qurilgan. 2016-yil 29-iyun kuni ochilgan park Butunjahon savdo markazining avtomobillar turar joyi tepasida joylashgan. Bogʻ ichida Avliyo Nikolay milliy ziyoratgohi, shuningdek, eski Butunjahon savdo markazi xarobalaridan qutqarib olingan Fritz Koenigning „Sfera“ haykali va „Amerikaning javobiy yodgorligi“ ham parkda joylashgan.

Ozodlik bogʻi qurilish paytida "Birinchi butunjahonahon Savdo Markazidagi „Bir Jahon Observatoriyasi“ dan koʻrinishi


Qurulish 2013-yil Transport xavfsizlik markazi qurulishi tugatilganidan soʻng boshlangan.[1] Ozodlik bogʻi transport xavfsizligi markazining yuqori qismida joylashganligi uchun ruxsatsiz mashinalar kirishi taʼqiqlanadi. Avtoturargoh 16 gektarlik Butunjahon savdo markazi oʻrnida tashkil etilgan sihatgohga bogʻlangan.[2] 2013-yilning dekabr oyida Nyu-York va Nyu-Jersi Porti maʼmuriyati bogʻni qurish uchun 50 million dollarga yaqin mablagʻ ajratdi.[3] Bogʻ 2016 yil 29 iyunida ochilgan.[4][5] 2017-yilning 16-avgustida Port maʼmuriyati Parkning asl joyiga qarab turadigan „The Sphere“ haykalini oʻrnatdi.[6]

Anna Frankning daraxt koʻchati

Bogʻ bir vaqtning oʻzida 750 kishini sigʻdira oladi. „Jonli devor“ bogʻning shimoliy yaʼni Ozodlik koʻchasi bilan tutashuv nuqtasida joylashgan boʻlib uning uzunligi 102 metr (335 ft), balandligi esa 6.1 metr (20 ft)ni tashkil qiladi.[7] Devor 826 ta paneldan iborat boʻlib unda vinka, yapon shivirlari, qishki liyana hamda boltiq pechagi kabi turli oʻsimliklar oʻsadi.[8] bogʻ boʻylab piyodalar oʻtishi uchun moʻljallangan koʻprik mavjud. Chiqish joylarida uchta zinapoyali yoʻl, piyodalar koʻprigi va Grinvich koʻchasiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish yoʻlagi ham bor. Ushbu zinapoyalardan biri boʻlgan keng zinapoya parkning sharqiy tomonidan Grinvich koʻchasi va gʻarbdan cherkovning orqa tomoniga oʻtish mumkin. Parkning gʻarbiy burchagida west street (Gʻarbiy koʻcha)ga qaragan yogʻoch skameykalar va kichik amfiteatrga oʻxshash koʻtarilgan joy bor. Anna Frank daraxtining koʻchati Ozodlik bogʻining janubi-sharqiy burchagidagi oʻtish joyining yonida joylashgan.[7]

Buyuk Nikolay yunon pravoslav cherkovi oldidan parkning koʻrinishi

5 WTC (Butunjahon savdo markazi) bogʻga tutash boʻsh maydonda qurilmoqda.[9] Bu Deutsche Bank binosining sobiq hududi hisoblanadi.[10]

Bogʻ 11-sentabr Milliy yodgorligi va muzeyi ga qaraydi va Ozodlik koʻchasi koʻprigi bilan bogʻlangan.[11] 11-sentabr teraktida vayron boʻlgan Sankt-Nikolay cherkovi bogʻda qayta qurilmoqda, uni Santyago Kalatrava tomonidan yangi dizayni bilan birga transport markazini ham ishlab chiqdi.[12] Bogʻ Ozodlik koʻchasidan 7.6 metr (25 ft) yuqorida joylashgan va deyarli bir akr (4,000 m2) maydonni egallagan.[13]

  1. Rosenfield, Karissa. „Elevated Park Planned for World Trade Center“. ArchDaily (2013-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  2. „In a Shift, WTC Residents Like What They Hear on Security“. Downtown Express (2014-yil 24-aprel). 2014-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  3. Budin. „Liberty Park Funding Approved by Port Authority“. Curbed NY (2013-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-may.
  4. Gelman. „New elevated park opens near the WTC 9/11 Memorial“. NY Daily News (2016-yil 29-iyun). Qaraldi: 2016-yil 1-iyul.
  5. Walker. „See photos of WTC's Liberty Park on its long-awaited opening day“. Curbed NY (2016-yil 29-iyun). Qaraldi: 2016-yil 1-iyul.
  6. Plitt. „Iconic 'Sphere' sculpture, damaged on 9/11, moves to its permanent home“. Curbed NY (2017-yil 17-avgust). Qaraldi: 2017-yil 18-avgust.
  7. 7,0 7,1 Dunlap. „Touches of Whimsy at World Trade Center's Liberty Park“. The New York Times (2016-yil 28-iyun). Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
  8. „First Look: Santiago Calatrava's Design for St. Nicholas Church“. Tribeca Citizen (2013-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  9. „World Trade Center museum deal may lead to land sale: sources“. Reuters (2012-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 12-sentyabr.
  10. „Residential tower proposed at site of building destroyed in 9/11 attack“. New York Daily News (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
  11. Fishbein. „WTC Getting Elevated "Liberty Park" With View Of 9/11 Memorial“. Gothamist (2013-yil 20-noyabr). 2013-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  12. „First Look: Santiago Calatrava's Design for St. Nicholas Church“. Tribeca Citizen (2013-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.„First Look: Santiago Calatravaʼs Design for St. Nicholas Church“. Tribeca Citizen. October 29, 2013. Retrieved April 24, 2014.
  13. Dunlap, David W.. „Elevated Park at Trade Center Site Comes Into View“. The New York Times (2013-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.