Kontent qismiga oʻtish

Ozodlik haykali

Koordinatalari: 40°41′21″N 74°2′40″W / 40.68917°N 74.04444°W / 40.68917; -74.04444
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ozodlik haykali

Ozodlik haykali (fransuzcha: La Liberté éclairant le monde) jahonning eng tanilgan obidalaridan biri boʻlib, 1886-yil AQShning New York shahrida qurilgan. Ozodlik haykali AQShning eng katta timsollaridan biridir. Misdan yasalgan Ozodlik haykali, Fransiya tarafidan qurulishining 100-yili sababli AQShga sovgʻa qilingan. Haykal, 1884—1886-yillari orasida Frederic Bartholdi tarafidan qurilgan. Haykalning poʻlat skeletini yasovchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi.

Haykalning oʻng qoʻlida mashʼal, chap qoʻlida esa bir jadval bor. Jadvalning ustida 4-iyul 1776-yil deb yozilgan (Mustaqillikni bildiruvchi sana). Mashʼalning esa 7 dengizni ifodalovchi 7 uchi bor. Haykalning uzunligi 46 m boʻlib, poydevori bilan birga 93 m dir. Turistlar haykalning ichidan mashʼalgacha 168 zinapoyadan iborat boʻlgan zinadan chiqishlari mumkin. Haykalning mashʼal ushlab turgan oʻng qoʻlining uzunligi 23 metrdir. Mashʼalning atrofidagi boʻshliqda tahminan 15 kishi bemalol yon-mayon yursa boʻladi. Haykalning boshining kengligi 2 metr, boshidagi tojining uzunligi esa 5 metrdan iborat.

Ozodlik haykali, uni koʻrishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni koʻrish, zinasidan eng tepasigacha chiqib New York manzaralarini tamosha qilish uchun, haykal joylashgan, New Yorkdagi Ozodlik oroliga borish yetarli.

Haykalga, Singer tikuv mashinalarining quruvchisi Isaac Singerning xotini Isabelle Eufenie Boyer modellik qilgan. Ozodlik haykali 1884-yilda Fransiyada qurib boʻlingandan 1 yil sonʼgra 350 parchaga boʻlinib 214 sandiq ichida New Yorkga keltirildi. Boʻlaklar, 4 oy ichida poydevorning ustiga birlashtirilib yangidan qurildi va 28-oktabr 1886-yilda minglarcha tamoshabinlarning qarshisida ochilishi eʼlon qilindi.

Ozodlik haykali, 1984-yil UNESCOning Dunyo madaniyat meʼrosi jadvalida oʻz oʻrnini egalladi.

Bu Haykalning nusʼhalari boshqa shaharlarda ham mavjuddir. Misol uchun Parijda Ozodlik haykalining nusʼhalaridan biri mavjud. U nuska Atlantika okeaniga qaratilgan holda qurilgan. Ulardan biri Parijda, Atlantika okeaniga qaratilib qurilgan. Haykalning qolgan nusʼhalari Nevada, Pekin, Osaka, Bordeaux kabi shaharlarda ham mavjud.

40°41′21″N 74°2′40″W / 40.68917°N 74.04444°W / 40.68917; -74.04444