Kontent qismiga oʻtish

Ozokerit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ozokerit (yunoncha: ozo — hid tarataman va heros — mum), togʻ mumi — bi-tumlar guruhiga mansub mineral. Ki-myoviy tarkibi qattiq xrlatdagi toʻyingan uglevodorodlardan iborat. Rangi och yashil, sariq, qoʻngʻirdan qoragacha. Yumshoq, qattiq, baʼzan moʻrt boʻladi. O.dan kerosin hidi keladi. Zichligi 0,85-0,97 g/sm3; 52-85° da eriydi. Tar-kibida 83—85% uglerod, 13,5—15% vodorod va 2% kislorod, azot, oltin-gugurt bor. Yuqori parafinli neft va ogʻir gaz-kondensatlarining taqsimlanishidan hosil boʻladi. O. qatlamlarda neft borligidan darak beradi. Qum va ohaktoshlarda 4—16% O. mavjud. Termoizolyasiya, boʻyoqchilik, tibbiyot (ozokerit bilan davolash) va attorlik sa-noatida qoʻllanadi. Asosan, O. qayta ishlanib, undan serezin olinadi. Oʻzbekistonda (Fargʻona), Ukraina (Lvov viloyati), Turkmanistonda (Cheleken) katta konlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil