Ozokerit bilan davolash
Qiyofa
Ozokerit bilan davolash - ozokerippsh davo maqsadida ishlatish. Eritilgan shifobaxsh ozokerit issik,likni uzoq vaqt saqlab turadi va uni asta-sekin badanga oʻtkazadi. U ogʻriq qoldirish va soʻrib olish xususiyatiga ega; moddalar almashinuvi, kon aylanishi, toʻqimalar oziqlanishini kuchaytiradi. O. bilan d. surunkali kasalliklarda, boʻgʻim, muskullar shikastlanganda, nerv sistemasi kasalliklari (radikulit, nevrit, ishias, nevralgiya)da, ovqat hazm hilish sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, kolit, gastrit)da, erkak va ayollar jinsiy aʼzolari yalligʻlanganda, quloq, burun, tomoq kasalliklarida qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |