Põlva
Põlva, Estonia | |
---|---|
Shaharcha | |
58°3′13″N 27°3′20″E / 58.05361°N 27.05556°E | |
Mamlakat | Estoniya |
Okrug | Põlva okrugi |
Munitsipalitet | Põlva Vald |
Maydon | 55 km2 (21 kv mi) |
Aholisi (2021) |
5 115 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2, yozda UTC+3 |
Pochta indeks(lar)i | 63308 |
Põlva — Estoniyaning janubi-sharqidagi shaharcha, Põlva okrugining tumani va Põlva Valdning markazi.
Põlva shaharning gʻarbiy tomonidagi kichik oʻrmonli hududda joylashgan Intsikurmu musiqa festivali maydoniga ega boʻlib, u muntazam ravishda konsertlar va yozgi tadbirlarga mezbonlik qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Põlva“ nomi tarixiy yozuvlarda ilk bora 1452-yilda uchraydi. Bu ism estoncha „tizza“ (põlv) soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Afsonaga koʻra, shaytonni uzoqroq tutish uchun Avliyo Mary cherkovida bir qiz tiz choʻkib oʻtirgan. Shu holat hisobiga, shahar shunday nom olgan.
Põlva Livoniya shimoli va janubi oʻrtasidagi eski harbiy chorraha boʻlgan. Taxminan 1240-yilda, Estoniya xristianlashtirilganidan koʻp oʻtmay, Bernard rohiblari Bibi Maryamga bagʻishlangan cherkov quradilar. Cherkov Dorpat yepiskopligiga boʻysungan. Xuddi shu cherkov 16-asrda Livoniya urushi natijasida Rossiya hukmronligi hududiga aylangan. 1582-yilda Polsha suvereniteti ostida Dorpat Voivodaligi tarkibiga kiradi va keyinchalik Shvetsiyaga tegishli boʻladi. 1721-yilda Nistad shartnomasiga koʻra, Estoniya va Livoniya hududlari Rossiyaga beriladi. Keyin Põlva va uning cherkovi dastlab Tartu okrugiga, 1783-yildan esa Livoniya gubernatorligi tarkibiga kiruvchi yangi tashkil etilgan Võru okrugiga qarashli boʻlgan.
Shahar Buyuk Shimoliy urushdan keyin qayta tiklangungacha uzoq vaqt davomida vayronaga aylangan Avliyo Mary cherkovi yonida rivojlangan. 1931-yilda Tartudan Petserigacha Põlva orqali temir yoʻl qurilgan. Põlva 1950-yilda tashkil etilgan Põlva tumanining markaziga aylangandan soʻng, Põlva aholisining soni tez oʻsishni boshlagan va shahar ham rivojlangan. Shaharda sunʼiy koʻl boʻlib, uning qumli qirgʻoqlari yozda dam oluvchilar bilan toʻlib-toshadi. 1993-yil 10-avgustda Põlva shaharcha huquqini qoʻlga kiritgan.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Etnik tarkib | 1934[1] | 1970[2] | 1979[3] | 1989[3] | 2000[4] | 2011[5] | 2021[6] | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
miqdori | % | miqdori | % | miqdori | % | miqdori | % | miqdori | % | miqdori | % | miqdori | % | |
Estonlar | 392 | 94.7 | 2858 | 92.8 | 4446 | 92.3 | 6560 | 93.2 | 6234 | 96.4 | 5594 | 97.0 | 5303 | 97.2 |
Ruslar | 6 | 1.45 | 81 | 2.63 | 234 | 4.86 | 291 | 4.13 | 132 | 2.04 | 99 | 1.72 | 79 | 1.45 |
Ukrainlar | - | - | 3 | 0.10 | 30 | 0.62 | 74 | 1.05 | 36 | 0.56 | 32 | 0.55 | 25 | 0.46 |
Belaruslar | - | - | 5 | 0.16 | 10 | 0.21 | 9 | 0.13 | 9 | 0.14 | 2 | 0.03 | 3 | 0.06 |
Finlar | - | - | 19 | 0.62 | 39 | 0.81 | 47 | 0.67 | 21 | 0.32 | 16 | 0.28 | 10 | 0.18 |
Yahudiylar | - | - | 0 | 0.00 | 0 | 0.00 | 0 | 0.00 | 0 | 0.00 | 1 | 0.02 | 3 | 0.06 |
Latishlar | 1 | 0.24 | 3 | 0.10 | 5 | 0.10 | 3 | 0.04 | 1 | 0.02 | 1 | 0.02 | 3 | 0.06 |
Nemislar | 7 | 1.69 | - | - | 42 | 0.87 | 18 | 0.26 | 2 | 0.03 | 1 | 0.02 | 0 | 0.00 |
Tatarlar | - | - | - | - | 0 | 0.00 | 4 | 0.06 | 3 | 0.05 | 2 | 0.03 | 0 | 0.00 |
Polyaklar | - | - | - | - | 1 | 0.02 | 5 | 0.07 | 0 | 0.00 | 1 | 0.02 | 0 | 0.00 |
Litvalar | - | - | 0 | 0.00 | 1 | 0.02 | 1 | 0.01 | 1 | 0.02 | 1 | 0.02 | 6 | 0.11 |
nomaʼlum | 0 | 0.00 | 0 | 0.00 | 0 | 0.00 | 0 | 0.00 | 11 | 0.17 | 2 | 0.03 | 10 | 0.18 |
boshqa | 8 | 1.93 | 111 | 3.60 | 9 | 0.19 | 26 | 0.37 | 17 | 0.26 | 15 | 0.26 | 15 | 0.28 |
Umumiy | 414 | 100 | 3080 | 100 | 4817 | 100 | 7038 | 100 | 6467 | 100 | 5767 | 100 | 5454 | 100.1 |
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlimning ahamiyati xususida shahar gerbida tasvirlangan, unda ABC alifbosini koʻrsatuvchi xoʻroz tasvirlangan. Põlvada sakkizta taʼlim muassasasi mavjud, ular orasiga quyidagilar kiradi:
- 737 nafar oʻquvchini oʻz ichiga olgan Põlva Qoʻshma taʼlim gimnaziyasi;
- 387 oʻquvchi taʼlim oladigan Põlva oʻrta maktabi;
- Põlva Rusi maktabi, 28 oʻquvchiga moʻljallangan. Bu maktab aqliy zaif bolalar uchun;
- Põlva Yoqub maktabi, xristian lyuteran maktabi.
Madaniyat va sport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yozda Põlvada qiziqarli musiqa festivallari oʻtkaziladi. 2011-yil birinchi marta harmonikachilar yigʻilib, musiqa festivalini oʻtkazishgan. Intsikurmu musiqa festivali asosan yoshlarga moʻljallangan boʻlib, avgust tunlarida, yaxshi musiqa va devorlardagi vizual tasvirlar namoyishi ostida boʻlib oʻtadi.
Põlva aholisi doimo ijobiy kayfiyatga ega boʻlib, yosh va sport bilan shugʻullanishni yoqtirishgan. Shahar ichida va undan tashqarida suzishdan tortib, ot minishgacha boʻlgan koʻplab mashgʻulotlar bilan shugʻullanish mumkin. Yangi gimnaziya sport bilan shugʻullanish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Põlvaning oʻq otish galereyasida turli musobaqalar boʻlib oʻtadi, hamda, yangi sportchilar kashf etiladi. Mahalliy sport maktabida shugʻullanish mumkin boʻlgan qoʻl toʻpi sporti Põlvada mashhur boʻlgan. Serviti gandbol klubining professional oʻyinchilari toʻrt marta Estoniya gʻoliblariga aylanishgan, shuningdek, klub Estoniyadan tashqarida ham kuchli raqobatchi jamoa hisoblanadi.
Turli xil landshaft tuzilishi yugurish, xarita va kompass yordamida tez yoʻlni topish sport turi yoki velosipedda yurishni yaxshi koʻradiganlar uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu, shubhasiz, „Kobras“ orientirlash klubi sportchilarining musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishini taʼminlab, ularni sport tadbirlarini tashkil etishga undaydi. Põlva FC Lootos futbol klubi 1994-yilda tashkil topgan. U tumandagi eng yirik sport klublaridan biri boʻlib, Estoniya terma jamoasi safida toʻp surgan 30 dan ortiq futbolchi oʻz karyerasini Põlva klubi tarkibida boshlagan.
Lootospark — bu Põlva shahri, Estoniya Futbol Federatsiyasi va Põlva FC Lootos oʻrtasidagi hamkorlik loyihasi boʻlgan futbol stadionidir. Ushbu stadion uchinchi avlod sintetik gazoni bilan qoplangan boʻlib, uning yoritish va isitish tizimlari xalqaro talablar asosida jihozlangan. Stadion rasman 2004-yil 7-noyabrda ochilgan.
Põlva aholisi sportdan tashqari, sanʼat va musiqa bilan ham shugʻullanadi. Põlva sanʼat maktabida rasm, grafika va kulolchilikni oʻrganish mumkin. Maarja galereyasida turli rassomlarning asarlari namoyish etiladi. Musiqa maktabi musiqiy taʼlim beradi, jumladan, bu maktabda „E STuudio“ yoshlar ansambli, cholgʻu ansambli, kichik simfonik orkestr va bir qator xor jamoalari ham faol shugʻullanadi.
Siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil oktyabr oyida, munitsipal saylovlardan soʻng, Põlva yaqinidagi Põlva Vald bilan birlashgan va shuning uchun munitsipalitet maqomini yoʻqotgan.
Bungacha shahar kengashi 2009-yil 18-oktyabrda saylangan 17 aʼzodan iborat boʻlgan. Hukumat 2009-yil 20-noyabrda kengash tomonidan saylangan besh aʼzodan tashkil topgan. 11 yildan ortiq vaqt davomida Põlva meri boʻlgan Tarmo Tamm 2011-yil aprel oyida parlamentga qoʻshilgan[7][8]. 2011-yil 11-maydan beri shahar hokimi Georg Pelisaar edi[9].
Hamkorlik oʻrnatilgan shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobiq Põlva munitsipaliteti quyidagi shaharlar bilan aloqalar oʻrnatgan:
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Valdade rahvastik. 1. III 1934 rahvaloenduse andmed. Vihk I, II rahvaloendus Eestis (et, fr). Tallinn: Riigi Statistika Keskbüroo, 1934 — 45-bet.
- ↑ Население районов, городов и поселков городского типа Эстонской ССР : по данным Всесоюзной переписи населения на 15 января 1970 года (ru). Tallinn: Eesti NSV Statistika Keskvalitsus, 1972 — 77-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Eesti Vabariigi maakondade, linnade ja alevite rahvastik. 1. osa, Rahvaarv rahvuse, perekonnaseisu, hariduse ja elatusallikate järgi : 1989. a. rahvaloenduse andmed (et). Tallinn: Eesti Vabariigi Riiklik Statistikaamet, 1990 — 29, 34-bet. ISBN 978-9949-7193-2-7.
- ↑ „RL222: RAHVASTIK ELUKOHA JA RAHVUSE JÄRGI“ (et). Estonian Statistical Database.
- ↑ „RL0429: RAHVASTIK RAHVUSE, SOO, VANUSERÜHMA JA ELUKOHA JÄRGI, 31. DETSEMBER 2011“. Estonian Statistical Database. Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.
- ↑ „RL21429: Rahvastik Rahvuse, Soo, Vanuserühma Ja ELukoha (Haldusüksus) Järgi, 31. DETSEMBER 2021“ (et). Estonian Statistical Database.
- ↑ Official site of the parliament of Estonia, Retrieved 24.04.11 (estoncha)
- ↑ An interview with Tarmo Tamm, where he states that he worked as mayor for 11,5 years, Retrieved 24.04.11 (estoncha)
- ↑ „Georg Pelisaar was elected as the mayor of Põlva“, Retrieved 12.05.11 (estoncha)