Pablo Pérez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pablo Javier Pérez (talaffuzi: Pablo Xaver Peres; 1985-yil10-avgustda Argentinaning Rosario shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Newell’s Old Boys“ va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi.

Pablo Pérez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pablo Javier Pérez
Tavallud sanasi 10-avgust 1985-yil (1985-08-10) (38 yosh)
Tavallud joyi Rosario, Argentina
Boʻyi 1.77
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newell's Old Boys
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Newell's Old Boys
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2014 Newell's Old Boys 124 (19)
2009—2010Emelec (ijara) 14 (1)
2010—2011Unión Santa Fe (ijara) 31 (3)
2014—2015 Málaga 11 (1)
2015Boca Juniors (ijara) 14 (2)
2015—2018 Boca Juniors 66 (5)
2019—2020 Independiente 23 (2)
2020— Newell's Old Boys 50 (4)
Milliy terma jamoa
2018 Argentina 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-aprel uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pablo Pérez „Newell’s Old Boys“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2006-yil 2-dekabrda „Godoy Cruz“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Argentina premyer ligasida debyut qilgan. 2007-yil 26- may kuni „Estudiantes“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pablo Pérez xet-trik qayd etgan. 2009-yilda ijara asosida Ekvadorning „Emelec“ jamoasiga oʻtgan. 17-avgust kuni „Olmedo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pablo Pérez Ekvador A seriyasida debyut qilgan[1]. 17-sentabr kuni „ESPOLI“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez yangi klubi safida ilk golini urgan[2]. 2010-yilning yozida Pablo Pérez „Union Santa Fe“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 8-avgust kuni Pablo Pérez „Deportivo Merlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[3]. 11-dekabr kuni „Ituzaingó“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez „dubl“ni amalga oshirgan[4].

2014-yilning qishida Pablo Pérez Ispaniyaning „Málaga“ futbol klubiga oʻtib, uch yarim yillik shartnoma imzolagan[5]. 17-yanvar kuni „Valencia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda debyut qilgan[6]. 25-mart kuni „Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez oʻzining birinchi golini „Málaga“ futbol klubi darvozasiga kiritgan[7].

2015-yil boshida Pablo Pérez „Boca Juniors“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 15-fevral kuni „Olimpo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pablo yangi jamoada debyut qilgan[8]. 3-may kuni „River Plate“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez „Boca Juniors“ safidagi ilk golini urgan[9]. Sentabr oyida klub rahbariyati Pablo Pérezning transferini sotib olgan va Pablo Pérez bilan 2019- yilgacha shartnoma imzolagan.

Pablo Pérez 2019-yildan beri „Independiente“ futbol klubida oʻynamoqda.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 27-mart kuni Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Pablo Pérez Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Ever Banega oʻrniga maydonga tushgan[10].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum
Newell’s Old Boys Argentina bayrogʻi Argentina 2006—2009
Emelec Ekvador bayrogʻi Ekvador 2009—2010
Unión de Santa Fe Argentina bayrogʻi Argentina 2010—2011
Newell’s Old Boys 2011—2013
Málaga Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2014
Boca Juniors Argentina bayrogʻi Argentina 2015—2018
Independiente 2019—2020
Newell’s Old Boys 2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Эмелек VS. Ольмедо 2:1“ (ru). soccerway.com (2009-yil 17-avgust). 2014-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-yanvar.
  2. „Эмелек VS. ЭСПОЛИ 4:0“ (ru). soccerway.com (2009-yil 17-sentyabr). 2014-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-yanvar.
  3. „Унион Санта-Фе VS. Депортиво Мерло 2:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 17-sentyabr). 2014-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-yanvar.
  4. „Унион Санта-Фе VS. Итусаинго 2:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 11-dekabr). 2014-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-yanvar.
  5. „Pablo Pérez joins Málaga CF until 2016/17“. Málaga Club de Fútbol (2014-yil 8-yanvar). 2014-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
  6. „Малага VS. Валенсия 0:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 17-yanvar). 2014-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.
  7. „Малага VS. Эспаньол 1:2“ (ru). soccerway.com (2014-yil 25-mart). 2014-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.
  8. „Бока Хуниорс VS. Олимпо 3:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 15-fevral). 2015-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-noyabr.
  9. „Бока Хуниорс VS. Ривер Плейт 2:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 3-may). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-noyabr.
  10. „Испания VS. Аргентина 6:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 27-mart). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.