Pablo Rosario

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pablo Rosario
Rosario Nice bilan, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pablo Paulino Rosario
Tavallud sanasi 7-yanvar 1997-yil (1997-01-07) (27 yosh)
Tavallud joyi Amsterdam, Niderlandiya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nice
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2008 AVV Swift
2008 Feyenoord
2008—2010 DWS
2010—2014 Ajax
2014—2015 Almere City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Almere City 34 (3)
2016—2021 Jong PSV 43 (7)
2017—2021 PSV 101 (3)
2021— Nice 36 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Niderlandiya U16 3 (0)
2015 Niderlandiya U19 2 (0)
2018 Niderlandiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

Pablo Paulino Rosario (1997-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Liga 1ning Nice klubi yarim himoyachisi. 2018-yilda Gollandiya terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosario oʻzining futbol faoliyatini AVV Swiftning yosh toifadagi jamoasida boshlagan. „Feyenoord“ da qisqa muddat oʻynaganidan keyin mahalliy klub AFC DWSga qoʻshilgan. 2012-yilda Gollandiyaning HUMAN teleradiokompaniyasi Rosario DWSning D1 jamoasi sardori boʻlgan davridan boshlab hikoya qiluvchi „The Price of Heaven“ hujjatli filmini chiqardi[1].

OAV tomonidan boʻlajak Ronaldu sifatida koʻrilgan. 2010-yilda Orlando Trustfull qoʻl ostida „Ajax“ B2 (16 yoshgacha) jamoasiga qoʻshildi[2].

Almere City[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Rosario „Ajax“ning ligadoshi Almere Cityga oʻtdi. 2015-yil 7-avgustda Gollandiya professional futbolining ikkinchi ligasi boʻlgan Eerste Diviziyasida VVV-Venloga qarshi oʻyinning (3:3) 53-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib debyut qildi[3].

PSV[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 25-iyulida Pablo Rosario Gollandiyaning PSV klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[4].

Nice[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 27-iyulida Pablo Rosario Fransiyaning Nice klubi bilan shartnoma imzoladi[5]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosario Gollandiyada tug‘ilgan, kelib chiqishi Dominikandan[6]. 2013-yil 9-fevral kuni Avstriya U-16 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gollandiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida debyut qilgan. 2015-yilning 12-noyabrid Gollandiya U19 terma jamoasi safida 2016-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Angliya U19ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi[7].

Rosarioni ilk bor 2018-yil oktabr oyida Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasiga chaqirdi[8]. Terma jamoadagi debyutini 16-oktabr kuni Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazdi

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-may, 2022-yil[9][10]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Almere City 2015—2016 Eerste Diviziya 34 3 2 0 4[lower-alpha 1] 0 40 3
Jong PSV 2016—2017 Eerste Diviziya 31 7 31 7
2016—2017 Eerste Diviziya 12 0 12 0
Jami 43 7 43 7
PSV Eindhoven 2017—2018 Erediviziya 14 0 1 0 0 0 0 0 15 0
2018—2019 Erediviziya 32 0 0 0 8[lower-alpha 2] 1 1[lower-alpha 3] 0 41 1
2019—2020 Erediviziya 26 2 2 0 12 1 1[lower-alpha 3] 0 41 3
2020—2021 Erediviziya 29 1 3 0 8[lower-alpha 4] 0 0 0 40 1
2021—2022 Erediviziya 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
Jami 101 3 6 0 29 2 2 0 138 5
Nice 2021—2022 Liga 1 36 0 4 0 40 0
Jami faoliyati 214 13 12 0 29 2 6 0 261 15
  1. Appearances in Eerste Divisie promotion play-offs
  2. Appearances in UEFA Champions League
  3. 3,0 3,1 Appearance in Johan Cruyff Shield
  4. Appearances in UEFA Europa League

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

PSV

  • Eredivizion: 2017—2018

Nice

  • Fransiya kubogi sovrindori: 2021—2022[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. De Prijs van de Hemel (Wayback Machine saytida 2017-09-05 sanasida arxivlangan) NPO Gemist, 7 June 2012
  2. Voetbaltalent vindt weg omhoog De Volkskrant, 16 mei 2012
  3. Wedstrijdverslag Almere City FC — VVV-Venlo bij Soccerway
  4. „Rosario joins PSV from Almere City FC“. PSV.nl. Qaraldi: 2016-yil 25-iyul.
  5. „Pablo Rosario leaves PSV for OGC Nice“ (en-US). www.psv.nl (2021-yil 27-iyul). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  6. „Sangre dominicana en la nueva selección de Holanda: el volante Pablo Rosario“ (2018-yil 17-oktyabr).
  7. „Speler: Pablo Rosario“. OnsOranje. 2016-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  8. „Koeman happy with emerging Netherlands talents“. football-oranje.com (2018-yil 9-oktyabr). 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
  9. „Pablo Rosario“. WorldFootball.net. Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  10. Pablo Rosario Soccerway saytida. Qaralgan sana: 17 May 2015.
  11. „Ludovic Blas penalty wins French Cup for Nantes“ (en). BBC Sport (2022-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.