Kontent qismiga oʻtish

Paduya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

PaduyaItaliyaning shimoliy qismidagi shahar. Paduya viloyatining maʼmuriy markazi. 2001-yil shahar aholisi 203,3 ming kishini tashkil qilgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni, kema qatnaydigan kanal orqali Adriatika dengizi bilan bogʻlangan. Mashinasozlikning turli sohalari, kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Shaharda Galiley ishlagan universitet (1222), botanika bogʻi va muzeylar bor. Shahar miloddan avvalgi 4-asrdan maʼlum. Uygʻonish davrida Paduyada rassomlik sanʼati nihoyatda yuksalgan. 1866-yilda Italiya qirolligiga qoʻshilgunga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlgan. 12—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar (cherkov va saroylar) saqlangan. Paduyada har yili xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.