Kontent qismiga oʻtish

Niccolò Paganini

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Paganini Nik kolodan yoʻnaltirildi)
Nikkola Paganini
italyancha: Niccolò Paganini
Tavalludi 27-oktabr 1782-yil
Genuya
Vafoti 27-may 1840-yil
Janrlar art music
Kasbi Kompozitor
Fuqaroligi Genuya
Turmush oʻrtogʻi
Paganini

Paganini (Paganini) Nikkolo (1782.27.10, Genuya — 1840.27.5, Nitssa) — italyan sozandasi (skripka, gitara) va kompozitor. 1797-yildan boshlab Italiyada, 1828-yildan Yevropaning koʻp mamlakatlarida mukammal mahoratini namoyish qilib, tarixda eng mashhur virtuozlardan biri sifatida nom qoldirgan. Paganini yangi, murakkab ijro usullarini qoʻllab, zamonaviy skripka ijrochiligi asoslarini yaratdi, shuningdek, 19-asr pianino ijrochiligi hamda cholgʻulashtirish sanʼatlari rivojiga taʼsir oʻtkazdi. Paganini sozanda va kompozitor sifatida musiqiy romantizm asoschilaridan. Skripka uchun 24 ta kaprichchio, skripka va orkestr uchun 1- va 2- konsertlari (jami 5 ta), shuningdek, sonatalari (ayniqsa, skripka va gitara uchun), yakka gitara (jami 200 ga yaqin) va boshqa sozlarga moʻljallangan pyesalari, kamer ansambllari, opera, balet va xalq kuylariga yaratgan variatsiyalari kuylarining ravonligi va kuychanligi, garmonik rivoji oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. 1954-yildan Genuyada har yili Paganini nomidagi xalqaro skripkachilar tanlovi oʻtkaziladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil