Paleolit davri arxeologiyasi
Paleolit davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tosh davri eng uzoq davom etgan tarixiy davr hisoblanib, qadimgi odamlar tomonidan mazkur davrda asosiy mehnat qurollari toshdan yasalgan. Tosh davri milodgacha IV ming yillikkacha davom etgan. Tosh davri arxeologiyada qadimgi (paleolit) va yangi (neolit) tosh davrlariga bo‘linadi. Shuningdek, paleolitdan neolitga o‘tish davrini bir-biriga bog‘lovchi o‘rta tosh davri (mezolit) ga ham bo‘linadi. Tosh davrida insoniyat rivojlanishining natijasi o‘laroq ko‘plab yirik kashfiyotlar qilingan. Ular sirasiga olovni olish va undan foydalanish, kiyim-kechak tayyorlash, uy-joy qurish, kamonning kashf etilishi, turli mehnat, ov va baliqchilik qurollarining yasalishini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tosh davrining oxiriga kelib odamlar turli idishlar yasashni, mato tayyorlashni o‘rganadilar. Shuningdek, turli narsa buyumlar, o‘simliklar va hayvonlarning foydali tomonlarini ham o‘zlashtirdilar. Eng diqqatga sazovor jihati dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi, ya’ni mehnat taqsimoti bo‘ldi. Paleolit davri tosh davrining eng qadimgi davri bo‘lib, bundan 2,5 mln.dan 14 ming yillikkacha bo‘lgan davr kiradi. Paleolit davri o‘z navbatida 3 bosqichga bo‘linadi: quyi yoki ilk paleolit (2,5 mln. – 150 mingyillik), o‘rta paleolit (150 ming yillikdan – 40 ming yillikgacha) va yuqori yoki so‘nggi paleolit (40 – 14 ming yilliklar). Insoniyatning qadimgi davri haqida antik davr mualliflarining asarlarida dastlabki ma’lumotlar keltiriladi. Yunon faylasufi Demokrit (mil.av. 460-370) ibtidoiy davr odamlarining hayotini tasvirlar ekan, ularni boshpanasiz, kiyim kechaksiz, olovni bilmay va tartibsiz hayot kechirganliklarini keltirib o‘tadi.
Arxeologik tadqiqotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aristotel, mil.avv. I asrning 1-yarmida yashab o‘tgan faylasuf Lukretsiyning asarlarida ham qadimgi odamlar hayoti haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. 1813 yilda daniyalik tarixchi Vedel Simonsen qadimgi davr - tosh, bronza va temir davriga bo‘linishini taklif qilgan bo‘lsada arxeologik jihatdan isbot qilib bera olmagan. Buni yana bir daniyalik tarixchi, Kopengagen muzeyining direktori, arxeolog Kristian Yurgensen Tomsen (1788-1865) amalga oshiradi. U topilgan moddiy ashyolarni 3 davr bo‘yicha taqsimlab chiqadi. U aniq bir davrni bermagan bo‘lsada, mehnat qurollarining yasalish uslublaridan kelib chiqib bosqichlargaV bo‘lganligini ko‘rsatadi. Uning bu fikri ko‘pchilik tarixchilar, xususan nemis mutaxasislari tomonidan qattiq tanqid qilinadi. Shved arxeologi Gildebrand Tomsen bilan tanishgach, Lund va Stokgolmdagi muzeylarni uning davrlashtirishi bo‘yicha tuzadi. Keyinchalik buni Germaniyadagi Shverin muzeyi direktori Fredrix Mel ham amalga oshiradi. Shunday qilib Tomsenning arxeologik davrlashtirishi boshqa tarixchilar tomonidan ham qabul qilinadi. 1832 yilda Fransiyaning Somma daryosi bo‘yidagi Abbivil shahri yaqinida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida juda katta, hozirgi biror hayvonga teng kelmaydigan suyak qoldiqlari, kremen toshi topiladi. Bu topilmalar bojxona amaldori, havaskor arxeolog Bushe de Pertda katta qiziqish uyg‘otadi. XIX asrning 50-yillarida Olduvay (Tanzaniya) dan keyin 2-o‘rinda turuvchi qadimgi manzilgoh - Sent Ashel tolpiladi. Bu yerdan juda ko‘plab toshdan qilingan “boltalar” topiladi (800 ga yaqin). Ular ustida 25 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog Rigollo ularni soxta emasligini tasdiqlaydi. Keyinchalik Shell (Fransiya), Ispaniyaning Dordon departamentida Solyutre va Mustye manzilgoh� larining topilishi tosh davri qurollarining yasalish uslubi va texnikasini o‘rganishga yo‘l ochib berdi. 1868 yilda Shimoliy Ispaniyada Altamir g‘oridagi qoyatosh suratlari ovchilar tomonidan topiladi va arxeolog Savtuola tomonidan o‘rganiladi. Bunga o‘xshash qoyatosh suratlari Dordondagi La-Mut g‘orida arxeolog Emil River tomonidan o‘rganiladi. 1892 yilda birinchi marta Brassempuida suyakdan qilingan ayol haykalchasi topiladi. O‘rta Osiyoda paleolit davrining o‘rganilish tarixi 1938 yildan boshlanadi. Bu yilda A.P. Okladnikov tomonidan Teshiktosh g‘ori topiladi va mustye davri madaniyati hamda neandertal tipga mansub odam suyaklari topiladi. Bu esa, O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida ham ilk paleolit davriga oid yodgorliklarini topib o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilk paleolit davri yodgorliklarida D.N. Lev, B.A. Ranov, M.M. Gerasimov, R.H. Suleymanov, M.R. Qosimov, N.X.Toshkanboyev, O‘.I. Islomovlar tomonidan tadqiqotlar olib bordilar.
Ilk paleolit davri arxeologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tosh davri eng uzoq davom etgan tarixiy davr hisoblanib, qadimgi odamlar tomonidan mazkur davrda asosiy mehnat qurollari toshdan yasalgan. Tosh davri milodgacha IV ming yillikkacha davom etgan. Tosh davri arxeologiyada qadimgi (paleolit) va yangi (neolit) tosh davrlariga bo‘linadi. Shuningdek, paleolitdan neolitga o‘tish davrini bir-biriga bog‘lovchi o‘rta tosh davri (mezolit) ga ham bo‘linadi. Tosh davrida insoniyat rivojlanishining natijasi o‘laroq ko‘plab yirik kashfiyotlar qilingan. Ular sirasiga olovni olish va undan foydalanish, kiyim-kechak tayyorlash, uy-joy qurish, kamonning kashf etilishi, turli mehnat, ov va baliqchilik qurollarining yasalishini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tosh davrining oxiriga kelib odamlar turli idishlar yasashni, mato tayyorlashni o‘rganadilar. Shuningdek, turli narsa buyumlar, o‘simliklar va hayvonlarning foydali tomonlarini ham o‘zlashtirdilar. Eng diqqatga sazovor jihati dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi, ya’ni mehnat taqsimoti bo‘ldi. Ilk paleolit paleolit davri tosh davrining eng qadimgi davri bo‘lib, bundan 2,5 mln.dan 14 ming yillikkacha bo‘lgan davr kiradi. Paleolit davri o‘z navbatida 3 bosqichga bo‘linadi: quyi yoki ilk paleolit (2,5 mln. – 150 mingyillik), o‘rta paleolit (150 ming yillikdan – 40 ming yillikgacha) va yuqori yoki so‘nggi paleolit (40 – 14 ming yilliklar). Insoniyatning qadimgi davri haqida antik davr mualliflarining asarlarida dastlabki ma’lumotlar keltiriladi. Yunon faylasufi Demokrit (mil.av. 460-370) ibtidoiy davr odamlarining hayotini tasvirlar ekan, ularni boshpanasiz, kiyim� kechaksiz, olovni bilmay va tartibsiz hayot kechirganliklarini keltirib o‘tadi. Aristotel, mil.avv. I asrning 1-yarmida yashab o‘tgan faylasuf Lukretsiyning asarlarida ham qadimgi odamlar hayoti haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. 1813 yilda daniyalik tarixchi Vedel Simonsen qadimgi davr - tosh, bronza va temir davriga bo‘linishini taklif qilgan bo‘lsada arxeologik jihatdan isbot qilib bera olmagan. Buni yana bir daniyalik tarixchi, Kopengagen muzeyining direktori, arxeolog Kristian Yurgensen Tomsen (1788-1865) amalga oshiradi. U topilgan moddiy ashyolarni 3 davr bo‘yicha taqsimlab chiqadi. U aniq bir davrni bermagan bo‘lsada, mehnat qurollarining yasalish uslublaridan kelib chiqib bosqichlarga bo‘lganligini ko‘rsatadi. Uning bu fikri ko‘pchilik tarixchilar, xususan nemis mutaxasislari tomonidan qattiq tanqid qilinadi. Shved arxeologi Gildebrand Tomsen bilan tanishgach, Lund va Stokgolmdagi muzeylarni uning davrlashtirishi bo‘yicha tuzadi. Keyinchalik buni Germaniyadagi Shverin muzeyi direktori Fredrix Mel ham amalga oshiradi. Shunday qilib Tomsenning arxeologik davrlashtirishi boshqa tarixchilar tomonidan ham qabul qilinadi. Fransiyaning Somma daryosi bo‘yidagi Abbivil shahri yaqinida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida juda katta, hozirgi biror hayvonga teng kelmaydigan suyak qoldiqlari, kremen toshi topiladi. Bu topilmalar bojxona amaldori, havaskor arxeolog Bushe de Pertda katta qiziqish uyg‘otadi. XIX asrning 50-yillarida Olduvay (Tanzaniya) dan keyin 2-o‘rinda turuvchi qadimgi manzilgoh - Sent Ashel tolpiladi. Bu yerdan juda ko‘plab toshdan qilingan “boltalar” topiladi (800 ga yaqin). Ular ustida 25 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog Rigollo ularni soxta emasligini tasdiqlaydi. Keyinchalik Shell (Fransiya), Ispaniyaning Dordon departamentida Solyutre va Mustye manzilgoh larining topilishi tosh davri qurollarining yasalish uslubi va texnikasini o‘rganishga yo‘l ochib berdi. 1868 yilda Shimoliy Ispaniyada Altamir g‘oridagi qoyatosh suratlari ovchilar tomonidan topiladi va arxeolog Savtuola tomonidan o‘rganiladi. Bunga o‘xshash qoyatosh suratlari Dordondagi La-Mut g‘orida arxeolog Emil River tomonidan o‘rganiladi. 1892 yilda birinchi marta Brassempuida suyakdan qilingan ayol haykalchasi topiladi.
O‘rta Osiyoda paleolit davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘rta Osiyoda paleolit davrining o‘rganilish tarixi 1938 yildan boshlanadi. Bu yilda A.P. Okladnikov tomonidan Teshiktosh g‘ori topiladi va mustye davri madaniyati hamda neandertal tipga mansub odam suyaklari topiladi. Bu esa, O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida ham ilk paleolit davriga oid yodgorliklarini topib o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilk paleolit davri yodgorliklarida D.N. Lev, B.A. Ranov, M.M. Gerasimov, R.H. Suleymanov, M.R. Qosimov, N.X.Toshkanboyev, O‘.I. Islomovlar tomonidan tadqiqotlar olib bordilar. Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Inson va uni o‘rab turgan tabiat o‘rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan. Ilk paleolitda biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat jarayonida arxantroplar (dastlabki odamlar) o‘tmishdoshlaridan juda uzoqlashib ketadilar. Mehnat qurollarini yasash, qo‘lning mehnat faoliyati uchun bo‘shashi, uni alohida vazifalar bajarishi, go‘shtli ovqatning iste’mol qilinishi va boshqa ijtimoiy va tabiiy omillar tufayli odamzod rivojlanib borgan. 25Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va O‘rta Yevropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada esa, tropik bo‘lib, issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Masalan, Yevropada fillar, begemotlar, primitiv (Stenon otlar) otlar; Osiyoda esa, ibtidoiy xo‘kizlar, karkidonlar, zebra paydo bo‘lgan. O‘simliklar esa, hamisha yashil rangda bo‘lgan. Janubiy va Markaziy Yevropa hududlarida shamshod, dafna, anjir; Yevropaning boshqa hududlarida esa, qalin, keng bargli daraxtlardan tashkil topgan o‘rmonlar tarqalgan. Osiyo va Afrika hududlarida ham issiqsevar o‘simliklar keng tarqalgan.
Ilk paleolitda dastlabki odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk paleolitda dastlabki odamlar Shimoliy Afrika, Yevropa va Osiyo hududlarida yashagan. Miloddan avvalgi 600-400 ming yilliklarga kelib, ular Markaziy Osiyo, Kavkazorti hududlariga ham o‘rnashadi. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odamlar tosh qurollar yasagan va ulardan o‘zlarining mehnat faoliyatlarida foydalangan. Bu davrning asosiy quroli – cho‘qmor bo‘lib, u 20 sm uzunlikda va 1 kg dan ortiq og‘irlikda, ko‘pincha bodomsimon shaklda bo‘lgan. Cho‘qmor chopqi deb ham ataladi. Cho‘qmor shell davrining asosiy quroli bo‘lib, u ikki tomonlama simmetriyali qilib, urib to‘g‘rilash Cho‘qmorning pastki qismi toshni kertib ishlash texnikasi (usuli) bilan yasalgan bo‘lib, u o‘tkirlangan, chetlari notekis, egri-bugri shaklga ega bo‘lgan. Har qanday tosh shell davri qurolini yasash uchun yaroqli bo‘lmagan. Tosh qattiq va tez uchirmalar hosil qilish imkonini berishi kerak edi. Shuning uchun ham, dastlab qurollar yasash uchun asosiy xomashyo vazifasini daryo va dengiz toshlari bajargan. Dengizdan, daryochalardan kvarts, kremen toshlari olib kelinib, ulardan qurollar yasalgan. Ilk paleolitda chaqmoqtoshlardan ham ko‘plab tosh qurollar yasalgan. Ular boshqa toshlarga nisbatan mo‘rt bo‘lsada turli shaklga keltirilib, o‘tkir, keskir xususiyatga keltirilgan. Ammo chaqmoqtoshlar tabiatda ko‘p uchramagan. Chaqmoq-toshlardan qurollar yasash quyidagicha amalga oshirilgan: dastlab chaqmoqtosh olingan bo‘lib, uning atrofi boshqa bir tosh bilan (u qattiqroq bo‘lgan va tosh uchirgich - bolg‘a vazifasini bajargan) urib uchirilgan. Uning o‘rni esa, keskir va o‘tkir shaklga aylangan. Tosh qurollar yasashning ushbu usuli – toshni kertib ishlash texnikasi deb atalib, ushbu usul bilan shell davrida dastasiz cho‘qmorlar yasalgan . Shuni ta’kidlash kerakki, ashel davri xronologik jihatdan shell davridan katta farq qilmasada, ashel qurollari shell qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma’lum shaklga ega bo‘lgan. Ya’ni bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak shakldagi, uzunchoq, dumaloq va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan. So‘nggi ashelda tabiat keskin o‘zgara boshlaydi. O‘simliklar, hayvonot dunyosi, iqlimning o‘zgarishi ibtidoiy odam xo‘jaligiga ham ta’sir etadi. Iqlimning o‘zgarishi yer yuzini ulkan muzliklar qoplashi bilan xarakterlanadi. Muzlik – odamning paydo bo‘lishi davri bo‘lgan kaynozoy erasining to‘rtlamchi bosqichida siljiy boshlaydi. Muzlik izlarini olimlar mo‘tadil iqlim mintaqalarida o‘rganganlar. Tropik zonalarda muzlikning siljishi plyuvia davrini (plyuvia-yomg‘ir) shakllantirgan. Masalan, bu davrda Sahroi Kabirdan daryolar oqqan. Ashel davrida Shimoliy Amerika hududlari deyarli muzlik bilan qoplangan. Janubiy Amerikada muzlik ancha ichkariga kirib borgan. Yevropaning katta va Osiyoning bir qismini muzlik egallagan. Muzlikning markazi Grenlandiya bo‘lgan. Muzlik paleolit davrida bir necha million kv.km. ni tashkil etgan. Uning balandligi 1– 2 km dan ortiq bo‘lgan. Olimlar to‘rt marotaba muz siljib kelgan degan fikrni ilgari suradi. Muzlikning siljishini gints, mindel, riss va vyurm deb bosqichlarga bo‘lganlar. Bu terminlar Alp tog‘idagi qishloqlar nomidan kelib chiqqan. Bu qishloqlarda muzliklar va muzlik yotqiziqlari birin-ketin qatlamlangan bo‘lib, uning izlari XX asrning o‘rtalarigacha saqlanib qolgan. Gints va mindel muzligi O‘rta Yevropa hududlariga yetib kelgan. Riss esa, yanada kengroq hududlarni qoplagan. So‘nggi ashel davri esa, xronologik jihatdan riss muzligidan oldingi bosqich bo‘lgan. Muzlikning siljib kelishi natijasida sovuqqa chidamsiz hayvonlar qirilib ketadi. Ularning ko‘p qismi janubiy hududlarga qarab siljidi. Muzlik bilan kurashish vositalari kam bo‘lganligi uchun ko‘plab ibtidoiy odamlar sovuqqa bardosh bera olmagan.
Adabiyotlar Ro'yxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]ARXEOLOGIYA. Z.M.Qodirov. T. 2021.y
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |