Kontent qismiga oʻtish

Palingenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palingenez (yun. palin - yana, qayta) — organizm embriogenezida takrorlanadigan mazkur tur filogeneziga moye keladigan jarayonlar. "Palingenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) biogenetik qonun tamoyillarida taklif etgan. Palingenezga misol qilib (Gekkel boʻyicha) yuksak umurtqalilar embrionida ular ajdodlarini voyaga yetgan davri uchun xos boʻlgan, hozirgi tuban xordalilar va tuban umurtqalilarda ham mavjud boʻlgan ektoderma va entoderma, nerv nayi, xorda, jabra yoylari, jabra yoriqlari, ayirish organlarini keltirish mumkin. Palingenez filogenetik oʻzgarishlarning yoʻnalishi toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Gekkel koʻrsatishicha, senogenez (organizmning embrion yoki lichinka rivojlanadigan maxsus muhitga moslanishi) Palingenez izchilligini buzadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil