Palu suzuvchi masjidi
Masjid | |
Palu suzuvchi masjidi
Masjid Terapung Palu | |
Masjidning umumiy koʻrinishi | |
Mamlakat | Indoneziya |
Shahar | Palu |
Asosiy sana: 2011-yil
| |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Palu suzuvchi masjidi Vikiomborda |
Suzuvchi Palu masjidi, shuningdek, Arqam Babu Rahman masjidi[1][2] nomi bilan ham tanilgan – Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyati Palu shahrida joylashgan masjid. Masjid Palu koʻrfazida suzib yurishi bilan mashhur boʻlgan, u Paluning ramzidir.
Masjid 2018-yilda Sulavesidagi zilzila va sunamidan zarar koʻrgan va qisman suv ostida qolgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suzuvchi Palu masjidi 2011-yilda 121 kvadrat metr maydonda qurilgan va Talise plyajidagi Palu koʻrfaziga qaraganligi bilan mashhur. Masjid sayyohlik maskani va Palu shahrining timsoli edi[1]. Masjid 17-asrda Gʻarbiy Sumatralik musulmon olimi Datuk Karamaga bagʻishlab qurilgan boʻlib, u Palu mintaqasida islom dinining tarqalishiga katta hissa qoʻshgan[2].
2018-yil Sulavesidagi sunami
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Sulavesidagi zilzila paytida masjid bir necha sunamiga uchragan va koʻrfazda suzib yurgan masjidni tutib turuvchi ustunlar qulab tushgan. Shunday qilib, masjid qisman okeanga botib qolgan. Biroq, bino butunligicha saqlangan. Xabar qilinishicha, toʻlqin orqa eshikdan kirib, old eshikdan oʻtib ketgan va namozgohni suv bosgan. Deraza oynalari ham singan. Azon karnaylariga ziyon yetmagani sababli hamon hech qanday nuqsonsiz ishlamoqda[1].
Sunamidan keyin Palu aholisi, ayniqsa islom tasavvufiga ishonadigan musulmonlar masjidning saqlanib qolganligini uning ilohiy kuchga egaligi bilan bogʻlashadi. Suzuvchi masjid va Alxayrat anʼanaviy islom tashkiloti masjidlari sunamidan keyin saqlanib qolgan kamsonli masjidlardan bir hisoblanadi[2].
2021-yil aprel holatiga koʻra, masjid hamon qisman suv ostida qolgan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bayturrahim masjidi sunamidan omon qolgan yana bir masjid
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Nasib Masjid Apung Palu Setelah Terpapar Tsunami Tempo. Retrieved May 1, 2021.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Nourse, Jennifer. The mosques that survived Palu’s tsunami and what that means. The Conversation. Retrieved May 1, 2021.
- ↑ Ngabuburit di sekitar Masjid Terapung Arkam Babu Rahman. Antara News. Retrieved May 1, 2021.