Panenteizm
Qiyofa
Panenteizm (yun. «Hamma narsa Xudoning ichida») ta’limoti ham oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, panenteizm Xudoning ham tabiat ichida (panteistik) ham undan tashqarida (teistik) mavjudligi haqidagi falsafiy qarashlar tizimidir. “Panenteizm” atamasi ilk bor XIX srda Germaniyada muomalaga kiritilgan.Panenteizm panteizmdan xudoning nafaqat tabiat bilan yagonaligi, balki undan tashqarida ham mavjudligi, deizmdan esa uning olamdagi jarayonlarda bevosita ishtirok etishi haqidagi tamoyil bilan ajralib turadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 315.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.