Kontent qismiga oʻtish

Panfilovchilar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Panfilovchilar - Ikkinchi jahon urushi davrida Moskva mudofaasida jasorat kursatgan I.V.Panfilov qoʻmondonlik qilgan 316-oʻqchi diviziyasi askarlari. Asosan, Oʻrta Osiyo xalkdari (jumladan, oʻzbeklar)dan tashkil topgan diviziya 16-noyabrda Volokolamsk tosh yoʻli orqali Moskvaga yorib oʻtmoqchi boʻlgan fashistlarning bir necha hujumlarini qaytargan. Shu kuni Dubosekovo razʼyezdi yonida turli millat vakillaridan iborat 28 jangchi 50 ta nemis fashistlari tankiga qarshi jang qilgan. 4 soatlik jangda dushmanning 18 ta tanki va koʻplab askarlari yanchib tashlangan, dushman Moskvaga oʻta olmagan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil