Kontent qismiga oʻtish

Panjhir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panjhir — ilk oʻrta asrlarda Tohariston viloyati shahri (hozirgi Afgʻonistonning Nuriston viloyatidagi Panjshir shahri). 10-asrda Panjhir atrofida boy kumush koni boʻlgan. Panjhir shahri togʻ tepasida joylashgan boʻlib, uning yonidan Andarob va Koson daryolari oqqan. Bu yerda bogʻlar koʻp boʻlsada, yerlar haydalmagan, ishlov berilmagan. Samongshning maʼlumotiga koʻra, urush vaqtida Panjhir 10 ming jangchi yetkazib bera olgan. Panjhirning barcha aholisi Panjhir dokimi egalik qilgan Kumush togʻdagi konda ishlaganlar. Kondan qazib chiqarilgan kumush maʼdani 3 qismga taqsimlangan: bir qismini sulton vakili, 2-qismini uni qazib olgan konchi olgan, 3-qismi esa konchilik bilan mashgʻul boʻlgan mahalliy aholiga tekkan, ular uni savdogarlarga sotishgan. Muqaddasiyning yozishicha, 10-asrda Panjhirda koʻplab dirhamlar zarb qilingan. Panjhir zarbxonasi 8-asrning 2-yarmida ham mavjud edi. 10-asrda somoniylar davrida Panjhirda harbiy qarorgoh joylashgan boʻlib, uning oʻz zarbxonasi boʻlgan.

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharista-na po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XSH vv., T., 1996.

Shamsiddin Kamoliddinov[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil