Kontent qismiga oʻtish

Panjakent

Koordinatalari: 39°30′11″N 67°36′54″E / 39.50306°N 67.61500°E / 39.50306; 67.61500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Panjikentdan yoʻnaltirildi)
Panjakent
tojikcha: Панҷакент
shahar
39°30′11″N 67°36′54″E / 39.50306°N 67.61500°E / 39.50306; 67.61500
Mamlakat Tojikiston
viloyat Sugʻd viloyati
{{{tuman_turi}}} Panjakent tumani
Hukumat
Ilk eslatilishi miloddan avvalgi V
Qachondan beri shahar 1953
Markazi balandligi 900 m
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
40 000 [1].
Milliy tarkib tojiklar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3475
Pochta indeks(lar)i 735500
Avtomobil kodi 02РТ
Panjakent xaritada

Panjakent, Panjikent (sugʻ. pncyknδh[2], tojikcha: Панҷакент, диал. Панҷакат, forscha: پنجيكند) — Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi shahar (1953-yilacha shaharcha). Zarafshon daryosi vodiysida, Samarqanddan 68 km janubi-sharqda joylashgan. Panjakent tumanining maʼmuriy markazi. Aholisi 40 ming kishiga yaqin (2013).

Oltin ruda kombinati, oziq-ovqat (vino, sut, tamaki fermentatsiya, konserva zavodlari, goʻsht, sholi un kombinattlari) sanoati mavjud. Tarix oʻlkashunoslik muzeyi, pedagogika bilim yurti bor.

Tarixiy obidalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Panjakentdan 1,5 km janubi-sharqda qadimgi Panjakent shahri harobalari joylashgan. Uning maydoni 13,5 ga, shahriston, koʻhandiz, rabod va qabristondan iborat. Panjakentni 1938—40 yillarda arxeolog V. R. Cheylitko tekshirgan. Shahar harobalarini muntazam oʻrganishni A. Yu. Yakubovskiy 1946-yildan boshlab berdi, 1953-yildan tekshirish ishlarini A.M.Belenitskiy davom ettirdi. Shahristondan koʻp koʻcha tarmoqlari, Xom gʻisht va paxsadan qurilgan 2 qavatli ayvonli turar joy binolari, hunarmandchilik ustaxonalari va doʻkonlar qoldigʻi topildi. Shaxriston markazida 5—7-asrlarga oid ibodatxona koʻrinishida 2 ta bino boʻlgan. Shahar devoridan gʻarbda uch qavat istehkom bilan oʻralgan koʻhandiz joylashgan. Shahardan sharqsa esa 2 qavat uyli hovlilar (chorbogʻlar) boʻlgan. Koʻxandizda qamal vaqtida yashashga moʻljallangan mustahkam minora (donjon) va hokim saroyi joylashgan. Arxeologik qazishlar jarayonida Panjakentdan bir necha ming jez va kumush tanga topilgan. Bulardan Panjakentda zarb qilingan sugʻd tangalari alohida qimmatga ega. Sopol parchalariga sugʻd tilida va kamdan-kam arab tilida tush-siyoxda yozuvlar bitilgan. Kupchiligi yongʻin paytida kuyib ketgan sopol haykallar, oʻyib ishlangan yogʻoch shakllar, shuningdek, har xil mazmundagi manzaralar tasviri va naqshgul solingan yogʻoch gʻoʻlalar topildi. Ayniqsa, devorlarga ishlangan rasmlarda — oqsuyaklar bazmlari, diniy marosimlar, ov, janglar manzaralari va mifologik shakllar tasvirlangan. Shahar 5—8-asr oʻrtalarida ravnaq topgan, 8-asr 1-choragida shaharni arab bosqinchilari vayron qilgan. 8-asr 2-yarmida Panjakent butunlay harobaga aylanib, aholi yashamagan. Qadimgi Panjakent asosida muzey qoʻriqxona tashkil etilgan[3].

  • Якубовский А. Ю., Древний Панджиканд, в сборнике: По следам древних культур, М., 1951
  • Беленицкий А. М., Распопова В. И., Древний Пенджикент, Душанбе, 1971
  • Беленицкий А. М., Монументальное искусство Пенджикента. Живопись. Скульптура, М., 1973
  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. Лурье П. Б. Историко-лингвистический анализ согдийской топонимики. Дисс. на соиск. уч. ст. канд. фил. наук. СПб. 2004.— Стр. 91
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil